03.11.2017 yildagi PQ-3351-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarning eksport hajmlari va turlarini koʻpaytirish, tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017-yil 1-dekabrdan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish operatsiyalari boʻyicha — bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab, tovarlarni eksport qilish operatsiyalari boʻyicha esa — bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlishini hisoblashning yagona muddati 120 kun etib belgilanadi, quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — muassislar tomonidan chet eldagi tashkilotlariga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shoʻba korxonalari, firma doʻkonlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlariga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining aʼzolari tomonidan — Palataning savdo-investitsiya uylariga olib chiqib ketiladigan tovarlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik subyektlariga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqi beriladi, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan tovarlar (keyingi oʻrinlarda xom ashyo tovarlari deb ataladi) bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda eksportga bojxona rasmiylashtiruvi, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda TSOYAEA tizimi deb ataladi) hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiz amalga oshiriladi, ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan xom ashyo tovarlari, shuningdek, invoys asosida eksport qilinadigan tovarlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti faqat oldin amalga oshirilgan eksport operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik subyektida muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud boʻlmaganda ushbu kichik band shartlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Bunda eksport qiluvchilarga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, shuningdek, xaridor banklarining kafolati yoki eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlishi shartlarida eksport qilish huquqi saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlganligi uchun bevosita tadbirkorlik subyektlari javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) import operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlganligi uchun import qiluvchilarga nisbatan eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) taʼsiri yuzaga kelgan holatda xorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu taʼsir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qiluvchining hisob raqamiga eksport kontraktini sugʻurtalash polisi boʻyicha sugʻurta qoplamasi summasi (milliy va/yoki xorijiy valyutalarda) tushganda, ushbu eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlari uchun sugʻurta qoplamasi summasiga kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun import qiluvchilar tomonidan eksport bojxona yuk deklaratsiyasi majburiy taqdim etilishi boʻyicha talab bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi ostidagi tovarlarni qayta eksport qilishga davlat bojxona xizmatlari organlari tomonidan ruxsatnoma berilishi boʻyicha talab bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2017-yil 1-dekabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni (maxsus tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlarni eksport kontrakti tuzmasdan, invoyslar asosida, eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga oldindan toʻlov 100 foiz tushgandan soʻng va TSOYAEA tizimiga maʼlumotlarni kiritish sharti bilan, eksport qilish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilishga qonun hujjatlariga muvofiq alohida talablar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilinadigan tovarlarning asosiy turlari boʻyicha tashqi bozorlarning joriy va istiqbolli konyunkturasiga doir doimiy ravishda chuqur marketing tadqiqotlari oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining eksport qilinadigan mahsulotlari turlarini kengaytirish uchun yangi salohiyatli imkoniyatlar aniqlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yil 1-yanvardan boshlab TSOYAEA tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash va undan foydalanish boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yil 1-yanvarga qadar TSOYAEA tizimi, uning texnik hujjatlari va maʼlumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan dasturiy vositalarning birlamchi kodlari bilan birgalikda qabul qilinishini — berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi TSOYAEA tizimi ishini takomillashtirish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tuzsin, unga 2018-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda eksport va import qiluvchilar tomonidan maʼlumotlar TSOYAEA tizimiga kiritilishi tartibini soddalashtirish vazifalarini yuklasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” Veterinariya davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishni tezlashtirish, tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilishi samaradorligini oshirish maqsadida berilgan sertifikatlar va ruxsat berish tusidagi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona darcha” unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazishga moʻljallangan tovarlarni (mahsulotlarni) olib chiqib ketish tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan kiritilgan normalarning samaradorligi monitoringi doimiy ravishda olib borilishini taʼminlasin va, zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev, Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Tohiriy zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3351-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan haqi toʻlanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, bank kafolati rasmiylashtirilmasdan va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovar nomi

TIF TN boʻyicha tovar kodi

1.

Paxta tolasi

5201 00,5203 00 000 0

2.

Ip kalava

5205, 5206

3.

Paxta linti

1404200000

4.

Xom neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari

2709 00,2711, (2710 12 410 0 — 2710

12 590 0,2710 19 290 0 dan tashqari)

5.

Tabiiy gaz

2711210000

6.

Elektr energiyasi

2716000000

7.

Qimmatbaho metallar

7106, 7108, 7110, 7112

8.

Rangli metallar, rangli metallar prokati, rangli metallar parchalari va chiqindilari

74 (7403110000, 7403120000, 7403130000,

7403190000, 7411, 7412 dan tashqari), 7501 —
750400000, 7601 — 7603 (7601209100,

7601209900 dan tashqari), 7801 — 7802000000

(7801100000 dan tashqari), 7804200000,

7902000000-7903, 8001 — 8002000000,

8101970000, 8102970000, 8103200000,
8103300000, 8104110000 — 8104300000,

8105200000 — 8105300000, 8106001000,

8107200000 — 8107300000, 810820000 —

8108300000, 8109200000 — 8109300000,

8110100000 — 8110200000, 8111001100 —

8111001900, 8112120000 — 8112130000,

811221 — 8112220000, 8112510000 —

8112520000, 811292

9.

Qora metallar, qora metallar prokati, qora metallar parchalari va chiqindilari

7201 — 7213 (7213100000, 7213914900 dan

tashqari), 7214 (7214200000, 7214911000,

7214991000, 7214993100, 7214993900,

7214995000 dan tashqari), 7215, 7216

(7216100000, 7216210000, 7216220000,

7216501000 dan tashqari), 7217 7229

Keyingi tahrirga qarang.