Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistik axborotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi byulletenlari va har kunlik maʼlumotlari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy matbuot obzorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliy axborotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
3. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) nazorat nusxasini bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
4. Ushbu qarorga ilovaning 1-bandi 2018-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-dekabr,
1005-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organi xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda):
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organi xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
b) muqaddimadagi “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son” soʻzlari “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-bandda:
ikkinchi xatboshiga “Sudyalarga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshidagi “prokuratura organlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
nomiga “Sudyalarga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi”;
ikkinchi xatboshiga “sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi)” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
2, 7 va 71-bandlarga sudyalariga “(keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi)” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
5-bandning birinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarga “sudyaning” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshiga “sudyani” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
21-bandning birinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
23-bandga, 30-bandning birinchi xatboshiga va 32-bandga “sudya”, “sudyaning” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
27-bandga “sudyaga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
28-bandga “sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
d) 2-ilovada:
ilovaning nomiga “Sudyalarga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq sudyalarga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura va organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilaydi”;
ikkinchi xatboshiga “sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi)” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “sudyalarga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Sudyaga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab tayinlangan (saylangan) joyiga kelgandan keyin, notarius tomonidan tasdiqlangan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Sudyaga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga xizmat turar joyi berilgan yoki u Toshkent shahrida turar joy sotib olgan taqdirda u bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ishlar boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda tegishli organ deb ataladi) pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza beradi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
5-bandga va 11-bandning birinchi xatboshiga “sudyalarga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
“sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshiga “sudyani” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “prokuratura” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va prokuratura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga pul kompensatsiyasi tegishli organ tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda toʻlanadi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
9-bandga “sudyaning” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
10-bandga “sudya” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlari qoʻshilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi Nizomning “Toshkent” aeroportida VIP zalida bepul xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar roʻyxati 5-bandining 5.4-kichik bandiga “va uning oʻrinbosarlari” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)