Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish uchun tuzilgan kontraktlarni (shartnomalarni) roʻyxatdan oʻtkazish yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, birjada tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1006-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1006-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida” va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar kontrakt boʻyicha oʻz majburiyatlarini qisman yoki toʻliq bajargan boʻlsa, bunday eksport kontraktlari vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari eksport kontrakti tuzmasdan va tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksporti uchun bank vositachilik haqi olinmasdan Internet tarmogʻidagi elektron savdo maydonchalari vositasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirishga haqlidir, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha ayrim tovarlar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organda eksport kontraktlari va (yoki) ularga qoʻshimcha kelishuvlar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazishning asosiy maqsadi eksport qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini monitoring qilish, maxsus turdagi tovarlarni va tashqi savdo hisobotini hisobga olishni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organda tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish boʻyicha quyidagi eksport kontraktlari roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida qayd etilgan, tovar-xomashyo birjalarida tuzilgan va tovar-xomashyo birjalarida roʻyxatdan oʻtkaziladigan eksport kontraktlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil qilingan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (litsenziyalanadigan maxsus turdagi tovarlarni eksport qilishdan tashqari) yetkazib berish uchun eksport kontraktlari vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli organda mazkur Nizomning 5-bandiga asosan roʻyxatdan oʻtkazilgan va eksport kontraktlarining asosiy shartlarini oʻzgartiradigan eksport kontraktlariga qoʻshimcha barcha kelishuvlar vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti — ariza beruvchi va xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi oʻrtasida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish uchun tuzilgan kontrakt (shartnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qiluvchi va vakolatli organga eksport kontraktini roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar eksporti — Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishni nazarda tutuvchi eksport bojxona rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar (xizmatlar) eksporti — ariza beruvchi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga, bajarilishidan (koʻrsatilishidan) qatʼi nazar, bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktiga qoʻshimcha kelishuv — eksport kontrakti tomonlari oʻrtasida tuziladigan, avval tuzilgan va ushbu Nizomning 5-bandi talablariga asosan vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilgan eksport kontraktlarining asosiy shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadigan bitim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ruxsat berish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktlari shartlarining ushbu Nizom 18 — 36-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan eksport kontrakti shartlarining umumqabul qilingan xalqaro savdo meʼyorlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt narxlarining xalqaro bozorlar konyunkturasi va mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida talab va taklifning amaldagi holatiga asoslangan narxlar darajasiga, eksport kontraktini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza berilgan vaqtdagi parametr va sifatga muvofiq boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro bozorlar konyunkturasi va mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida talab va taklifning amaldagi holatiga asosan narx darajasi deganda ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki muqobil yetkazib beruvchilar yoxud ishlab chiqaruvchining dilyerlari va/yoki distribyutorlarining tijorat takliflari yoxud prays-varaqlari asosida shakllantiriladigan narxlar darajasi yoki ochiq axborot manbalari, shu jumladan axborot nashrlari, Internet axborot tarmoqlarida koʻrsatilgan hamda faks, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali olingan (ariza beruvchi tomonidan raqobat varagʻiga tasdiqlovchi hujjatlar sifatida taqdim etilgan yoki vakolatli organ tomonidan kontraktni koʻrib chiqish davrida olingan) narxlar darajasi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Eksport kontraktini va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktini ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza beruvchining nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, hukumatlararo bitim rekvizitlari (agarda eksport kontrakti hukumatlararo bitim asosida tuzilgan boʻlsa) koʻrsatilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktining xaridor va sotuvchi tomonidan imzolangan asl nusxasi va uning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktini tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan boʻlsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktni tuzish vaqtida amalda boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlar (soʻrovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar boʻyicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bogʻlanish rekvizitlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varagʻi yoki kontrakt narxining shakllanishi asoslab berilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan boʻlsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomning 5-bandiga asosan avval roʻyxatdan oʻtkazilgan eksport kontraktiga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza beruvchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktiga qoʻshimcha bitimni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza beruvchining nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, hukumatlararo bitim rekvizitlari (agarda eksport kontrakti hukumatlararo bitim asosida tuzilgan boʻlsa) koʻrsatilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktiga qoʻshimcha bitimning asl nusxasi va uning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktiga qoʻshimcha bitimning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktiga qoʻshimcha bitimni tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan boʻlsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar miqdori oshganda, uning nomenklaturasi, tovarlarning kelib chiqish mamlakati, narxi va toʻlov shartlari oʻzgarganda, kontraktni tuzish vaqtida amalda boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlar (soʻrovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar boʻyicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bogʻlanish rekvizitlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varagʻi yoki eksport kontraktiga qoʻshimcha kelishuv boʻyicha narx asoslab berilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan boʻlsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni vakolatli organga topshirish muddati kontrakt va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuv imzolangan vaqtdan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organ kontraktni va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish uchun boshqa davlatlar organlari va tashkilotlardagi mavjud zarur hujjatlar va axborotni oʻzaro axborot hamkorligi orqali, shu jumladan elektron shaklda belgilangan tartibda mustaqil oladi, ushbu Nizomning 9 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 9 va 10-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni vakolatli organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kontrakt va unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish uchun bevosita taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Eksport kontraktiga qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Eksport kontrakti ushbu Nizomning 18 — 36-bandlarida koʻrsatilgan quyidagi asosiy boʻlim va maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kirish qismi (preambula) — eksport kontraktining kirish qismi kontrakt raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, tomonlarning toʻliq nomi, eksport kontraktini tuzuvchi shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismini oʻz ichiga olishi va unda ushbu shaxslar faoliyat yuritishi uchun asos boʻladigan hujjatlar (ustav, nizom, kontraktni imzolash uchun ishonchnoma) koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kontrakt predmeti — mazkur boʻlimda tovarning (ishlar, xizmatlarning) nomi, texnik xususiyatlari, soni va sifati, shuningdek, bitim turi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ishlar, xizmatlar) miqdori oʻlchovlari metrik tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifoda etiladi. Son, meʼyor va vaznni Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibga muvofiq oʻlchov birliklarida aniqlash mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning (ishlar, xizmatlarning) sifat xususiyatlari tovarning undan foydalanishga yaroqliligini aks ettiruvchi xususiyatlarini belgilaydi. Tovarning TIF TN boʻyicha kodiga havola koʻrsatilishi lozim. Agar xalqaro tasnif boʻyicha tovarning (ishlar, xizmatlarning) nomi maʼlum boʻlmasa, bunda tovarning texnik oʻziga xos xususiyatlarini (ishlar, xizmatlarning oʻziga xos xususiyatlari) koʻrsatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashinalar, uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish boʻyicha kontraktda ularning yangi ekanligi, chiqarilgan yili va ulardan amalda foydalanish mumkinligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Etkazib berishning asosiy shartlari. Xalqaro “Inkoterms” qoidalari boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inkoterms” qoʻllanilganda (qisqartma soʻz bilan birgalikda) yetkazib berish joyini (temir yoʻl stansiyasi, bandargoh, aeroport va boshqalarning nomi) koʻrsatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) muddati. Kontraktda yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) muddati yoki sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) muddati va jadvali tovar yoki uning (ishlar, xizmatlar) bir qismi totuvchi tomonidan koʻrsatilgan joyga yetkazib berilishi (bajarilishi, koʻrsatilishi) lozim boʻlgan vaqtni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) sanasi kontraktning asosiy shartlariga muvofiq sotuvchining oʻz majburiyatlarini bajarish sanasi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kontraktning narxi va umumiy qiymati. Tovar (ishlar, xizmatlar) narxini belgilashda kontraktda tovarning (ishlar, xizmatlarning) oʻlchov birligi, asosiy narxi, qayd etish uslubi, TIF TN kodiga binoan tovar birligining narxi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy narxlar “Inkoterms”ga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish uslubiga koʻra, narx qatʼiy (oʻzgarmas, bozor konyunkturasiga bogʻliq boʻlmagan), oʻzgaruvchan (tomonlarning kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi mumkin), moslashuvchan (bozor konyunkturasiga va inflatsiya darajasiga bogʻliq) boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar (ishlar, xizmatlar) birligining narxi chet el valyutasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktning umumiy qiymati kontrakt boʻyicha sotiladigan (bajariladigan, koʻrsatiladigan) tovarning (ishlar, xizmatlarning) chet el valyutasida koʻrsatiladigan toʻliq qiymatini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toʻlov shartlari. Ushbu boʻlimda toʻlov shartlari koʻrsatiladi, shu jumladan toʻlov valyutasi, shakli va muddati belgilanadi. Agar toʻlov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, valyutaning qayta hisob-kitob kursi va mazkur kursni belgilash manbasi (kontraktni imzolash sanasida, tovarni yetkazib berish sanasida, toʻlov sanasida) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo kontraktlarida toʻlov valyutasi chet el valyutasida koʻrsatiladi (qonunchilikda koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tovarni qadoqlash va tamgʻalash. Qadoqlash yukni tashish vaqtida uning jismonan saqlanishini taʼminlashi shart. Agar tovarning turi boʻyicha qadoqlash va taralash zarur boʻlsa, kontraktda qadoqlash va tara turi, ularning oʻlchami va sifati koʻrsatiladi. Agar qadoqlash vositalari va taralar sotuvchiga qaytarilsa va ularning narxi tovarning umumiy qiymatiga kiritilmagan boʻlsa, qadoqlash vositalari va taralar kimning hisobidan va qanday muddatlarda qaytarilishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar markirovkasi odatda, kontrakt raqami, joʻnatuvchi (sotuvchi, yetkazib beruvchi), oluvchini (xaridor, buyurtmachi), tovarning brutto va netto ogʻirligi, hajmlari, oʻrinlar soni, ishlab chiqarilgan mamlakati, yuqori va past oʻrinlar, namdan himoyalangani va boshqa axborotni oʻz ichiga oladi. Markirovkaning aniq mazmuni kontraktda kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tovarni yuklab joʻnatish tartibi. Mazkur boʻlimda sotuvchining tovar joʻnatishga tayyorligi va joʻnatilgan yuklar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish boʻyicha majburiyatlari belgilanadi, bu haqda xaridorni xabardor qilish muddati va usuli koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish-qabul qilish tartibi. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish deganda kontrakt shartlariga muvofiq tovarning sotuvchi tomonidan xaridorga mulk sifatida topshirilishi tushuniladi. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish-qabul qilish miqdor, vazn va sifat boʻyicha amalga oshiriladi. Eksport kontraktida ushbu majburiyatni amalga oshirish tartibi koʻrsatiladi (uchinchi shaxslar jalb etilgan yoki jalb etilmagan holda, joy koʻrsatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Reklamatsiya. Etkazib berilgan tovarning sifati va (yoki) miqdori, vazni, shuningdek ishlar, xizmatlar sifatining eksport kontrakti shartlariga nomuvofiqligi munosabati bilan xaridor tomonidan sotuvchiga bildiriladigan eʼtirozlar. Eksport kontraktida reklamatsiyani bildirish tartibi koʻrsatiladi: uni bildirish, sotuvchi tomonidan uning koʻrib chiqilishi va unga javob yoʻllash muddatlari, shuningdek, uni bartaraf etish muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kafolatlar. Muvofiqlik boʻyicha sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlarni (ish, xizmatlarni) yetkazib berish kontraktlarida sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan hajmlar, kafolat muddatlari belgilanadi. Sotuvchi zimmasiga muayyan kafolat muddatida tovar (ishlar, xizmatlar) sifati uchun javobgarlik yuklanadi va sotuvchining oʻz kafolat majburiyatlarini bajarish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontrakti shartlariga muvofiq sotuvchi kafolat majburiyatining amal qilishi boshlanadigan vaqt aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tovarning (ishlar, xizmatlarning) kelib chiqishi. Eksport kontraktida tovarni yetkazib beruvchi mamlakat va uning ishlab chiqaruvchisi, xizmatlar, ishlar bajaruvchisi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sanksiyalar. Tomonlarning qabul qilingan majburiyatlarni bajarishini taʼminlovchi shartlar sifatida, eksport kontraktida odatda tomonning kontrakt majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun penya va (yoki) jarima shaklidagi moliyaviy sanksiyalar koʻzda tutiladi. Aybdor tomon zimmasiga jabrlangan tomon talabiga koʻra unga jarima toʻlash majburiyati yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontrakti shartlarida moliyaviy sanksiyalarni toʻlash aybdor tomon kontrakt majburiyatlarini tegishli darajada bajarishdan ozod etilmasligini belgilovchi qoidalar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Fors-major shartlari. Mazkur boʻlimda majburiyatlarni bajarishga toʻsqinlik qiladigan va tomonlar xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holda paydo boʻlgan yengib boʻlmas kuch holatlari yuzaga kelishi munosabati bilan tomonlarni kontrakt majburiyatlarini bajarishdan ozod etish imkoniyati nazarda tutiladi. Kontraktda shunday holatlarga duch kelgan tomonning boshqa tomonni ular yuzaga kelgani toʻgʻrisida maʼlum muddatda xabardor qilish majburiyati koʻrsatiladi. Mazkur holatlar yuzaga kelgan mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan tegishli hujjatlar fors-major holatlari yuzaga kelganining tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Mazkur shart eksport kontraktida ham koʻrsatiladi. Bundan tashqari, eksport kontraktida belgilangan fors-major holatlarining amal qilish muddati tugagandan soʻng tomonlar harakatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Arbitraj. Eksport kontraktida tomonlar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan va muzokaralar oʻtkazish orqali bartaraf etib boʻlmaydigan nizolarni hal etish tartibi belgilanadi. Bunda mazkur kontrakt boʻyicha nizolarni koʻrib chiqish joyi va koʻrib chiqadigan organ aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Eksport kontraktini kuchga kiritish sharti va uning amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Taraflarning rekvizitlari. Eksport kontrakti matni tomonlar rekvizitlarini koʻrsatish bilan yakunlanadi. Unda yuk joʻnatuvchining joylashgan joyi (pochta manzili), bank rekvizitlari va yuklab joʻnatish rekvizitlari koʻrsatiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Eksport kontraktining tili. Davlat tili yoki rus tilida tuzilgan eksport kontrakti roʻyxatdan oʻtkaziladi. Boshqa hollarda davlat tili yoki rus tiliga tarjima qilinadi. Tarjimaning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odatda, eksport kontrakti ikki tilda tuziladi, kontrakt uning sahifasini chap va oʻng tomonida paralel ravishda tarjima qilgan holda rasmiylashtiriladi va har bir tildagi matn bir xil huquqiy kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Eksport kontraktini tasdiqlash. Eksport kontrakti va unga qoʻshimcha kelishuvning har bir sahifasi eksport kontrakti tomonlarining vakolatli shaxslari tomonidan imzolanishi (tasdiqlanishi) lozim. Eksport kontraktining har bir sahifasi, uning matniga kiritiladigan har qanday tuzatish, oʻzgartirishlar ikki tomonlama tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu bob talablariga rioya etilishi uchun javobgarlik eksport kontrakti shartlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi boʻyicha huquqiy xulosa bergan shaxs zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qoʻshimcha kelishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 9 va 10-bandlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar vakolatli organ tomonidan ariza qabul qilib olingandan soʻng besh ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Eksport kontraktlarini va (yoki) ularga qoʻshimcha kelishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Koʻrib chiqish natijasiga koʻra, eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuv ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan ruxsat berish talablari va shartlariga mos kelgan taqdirda, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Guvohnoma maxsus blankada beriladi va vakolatli organ rahbari tomonidan imzolanadi hamda unga identifikatsiya raqami beriladi va berilgan guvohnomalar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Eksport kontrakti asl nusxasining har bir varagʻi vakolatli organning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma berilgan eksport kontrakti ariza beruvchi tomonidan shaxsni va uning vakolatni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma va ishonchnoma) taqdim etilgandan soʻng uning vakiliga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgan toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati eksport kontraktining amal qilish muddati doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Quyidagilar eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish uchun kerakli hujjatlarni toʻliq hajmda topshirmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ushbu Nizomning 9 va 10-bandlariga muvofiq taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan muvofiqsizlik sabablari tufayli rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Rad etish uchun asoslar boʻlgan taqdirda, vakolatli organning vakolatli mansabdor shaxsi imzolagan, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rad etish sabablari va qonunchilikning aniq qoidalari koʻrsatilgan asosli xulosa rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan asosli xulosa ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi qayd etilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda, bir ish kuni davomida yozma ravishda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Vakolatli organning eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishi ariza beruvchiga kontrakt shartlarini bajarish huquqini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomda koʻrsatilmagan boshqa shakldagi xulosalar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etganidan soʻng vakolatli organga, ushbu Nizomda koʻrsatilgan hujjatlarni va rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni vakolatli organ tomonidan rad etish xulosasi berilgan kundan boshlab, oʻn besh ish kuni ichida takroran koʻrib chiqish uchun topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, vakolatli organ rad etish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va ular bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab, uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi, eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazadi yoki ularni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Arizani qayta koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda koʻrsatilmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq sabablar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Belgilangan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan hujjatlar qayta taqdim etilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ariza beruvchilar eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgani, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Roʻyxatdan oʻtkazilgan eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuv, eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuv roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma ariza beruvchiga vakolatli organ tomonidan ariza beruvchi uning shaxsini va vakolatini tasdiqlovchi hujjatni (pasport yoki guvohnoma va ishonchnoma) taqdim etgandan soʻng beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini va ushbu guvohnoma boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuv roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Amal qilish muddati yakunlanmagan eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, ariza beruvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ariza va guvohnomaning asl nusxasini olgandan soʻng eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini berish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish vakolatli organ tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini toʻxtatib turishi, toʻxtatish va bekor qilishga sabab boʻlgan maʼlumotlar tegishli qarori qabul qilingandan soʻng besh kun ichida vakolatli organ tomonidan tegishli choralar koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat bojxona qoʻmitasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qoʻshimcha kelishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida berilgan guvohnomalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Vakolatli organ eksport kontraktlari va (yoki) ularga qoʻshimcha kelishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida berilgan guvohnomalar reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qoʻshimcha kelishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida berilgan guvohnomalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuv roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning berilgan vaqti va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti va (yoki) qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma berilishiga sabab boʻladigan maʼlumotlar — eksport kontrakti raqami va sanasi, tovar nomi, eksport kontraktining qiymati, sotib oluvchining nomi va mamlakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini berish uchun asos va sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qoʻshimcha kelishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilish boʻyicha tuzilgan shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻraymiz. Kontraktning umumiy summasi ____________ ni tashkil qiladi. Ushbu kontrakt boʻyicha mahsulotni eksport qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining _______ dagi _______-son qarori asosida amalga oshiriladi (agar kontraktda litsenziyalanadigan maxsus turdagi mahsulot eksport qilinsa yoki kontrakt Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo shartnomalar asosida tuzilgan boʻlsa). Hukumatlararo bitim rekvizitlari _____________________________________________________________________
(agar kontrakt Hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan boʻlsa)
Taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxati: 1. Eksport kontraktining sotuvchi va xaridor tomonidan imzolangan asl nusxasi va uning nusxasi; 2. eksport kontraktining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi; 3. Agar shartnoma tomonlar oʻrtasida ishonchnoma asosida tuzilgan boʻlsa, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi; 4. Kontraktni tuzish vaqtida amalda boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlar (soʻrovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar boʻyicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bogʻlanish rekvizitlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varagʻi yoki kontrakt narxining shakllanishi asoslab berilgan hujjat; 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan boʻlsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
Tashkilot rahbari
____________(imzo)��
______________________F.I.O.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilish boʻyicha avval roʻyxatdan oʻtkazilgan kontraktga ___________________ dagi ____ -son qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻraymiz. Qoʻshimcha kelishuvga asosan kontraktning umumiy summasi ________ni tashkil qiladi. Ushbu kontrakt boʻyicha mahsulotni eksport qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining _______dagi ________-son qarori asosida amalga oshiriladi (agar kontraktda litsenziyalanadigan maxsus turdagi mahsulot eksport qilinsa yoki kontrakt Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo shartnomalar asosida tuzilgan boʻlsa). Hukumatlararo bitim rekvizitlari _____________________________________________________________________
(agar kontrakt Hu�umatlararo bitimlar asosida tuzilgan boʻlsa)
Taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxati: 1. Eksport kontraktiga qoʻshimcha kelishuvning asl nusxasi va uning nusxasi; 2. Eksport kontraktini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi; 3. Eksport kontraktiga qoʻshimcha bitimning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi; 4. Eksport kontraktiga qoʻshimcha bitimni tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan boʻlsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi; 5. Tovar miqdori oshganda, uning nomenklaturasi, tovarlarning kelib chiqish mamlakati, narxi va toʻlov shartlari oʻzgarganda, kontraktni tuzish vaqtida amalda boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlar (soʻrovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar boʻyicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirg�n firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bogʻlanish rekvizitlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varagʻi yoki eksport kontraktiga qoʻshimcha kelishuv boʻyicha narx asoslab berilgan hujjat; 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan boʻlsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
Tashkilot rahbari
____________(imzo)
______________________F.I.O.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
EKSPORT KONTRAKTINI RO`YXATGA OLISN
GUVONNOMASI (raqami va sanasi)
Eksport kontrakt
raqami va sanasi
�
Ariza beruvchi tashkilot (eksporter)
Kontraktor (importer) va mamlakat
Tovar (xizmat) nomi
Eksport kontrakt summasi
Ro`yxatga olish uchun asos
Guvohnoma
da berildi
gacha amal qiladi
Vazir o'rinbosari
Imzo
______________(F.I.Sh.)
�
M.O'.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi EKSPORT KONTRAKTLARINI ROʼYXATDAN OʼTKAZISN NAQIDAGI GUVONNOMANI BERISNNI RAD ETISN XULOSASI
Eksport kontrakt boʼyicha xulosa raqami va sanasi