21.12.2017 yildagi 1009-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ–3286-son qarorini ijro qilish, shuningdek, daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1009-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom daryolar, soylar, jilgʻalar oʻzanlarini tozalash, shuningdek, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash (keyingi oʻrinlarda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash deb ataladi) boʻyicha ishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari — daryolar, soylar va jilgʻalar qirgʻoqlarini yuvilib ketish va oʻpirilishdan himoya qilish maqsadida mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimi — oʻzanida umumiy nishablik yoʻnalishi boʻylab suvlar doimiy yoki vaqtinchalik oqadigan suv obyekti (daryolar, soylar, jilgʻalar). Suv oqimi doimiy — suv yil boʻyi yoki vaqtincha oqadigan (quriydigan, muzlaydigan) boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin — qorlarning intensiv, qisqa vaqt erishi va koʻplab yomgʻirlar yogʻishi natijasida vujudga keladigan suv oqimining biror-bir tarmogʻida suv sathining jadal, nisbatan qisqa vaqtda va nodavriy koʻtarilishi va suv sarfining koʻpayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlari — toshqinlar davrida suv oqimlari oʻzanida oqadigan suvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel — juda katta (umumiy oqim massasi 75 foizgacha) buzish kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli toshqin, uning tarkibida kichik togʻ va togʻoldi daryolari havzalarida hamda ancha (kamida 0,10) qiya yonbagʻirli quruq soylarda kuchli yomgʻirlar yoki qorlarning jadal erishi natijasida paydo boʻladigan mineral zarrachalar va togʻ jinslari parchalari mavjud boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel oqimlari — sellar roʻy beradigan davrda suv oqimlari boʻylab oʻtadigan suvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz oʻtkazish — suvlarni suv oqimlari boʻylab aholi punktlari, sugʻoriladigan yerlar, suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun salbiy oqibatlarsiz oʻtkazib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqimni barqarorlashtirish — suvlarni suv oqimlari boʻylab xavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida toshqin suvlariga va sel oqimlariga texnogen taʼsir koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalash ishlari — himoyalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlari, gidrotexnika inshootlari, koʻpriklar, suv quvurlari, gaz quvurlari va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlardagi himoyalash ishlari, toshqin suvlarini va sel oqimlarini halokatsiz oʻtkazib yuborish, aholi punktlari, sugʻoriladigan yerlar, suv xoʻjaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv toʻplagichlarda va suv oqimlari oʻzanlarida daraxtlar oʻtqazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalash inshootlari — dambalar, shporalar, shalolalar, chuqurlar, oʻyiqlar va oʻzanlarni tartibga soluvchi boshqa inshootlar, shuningdek, toshqin suvlarini va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlaydigan nishabliklarni mustahkamlash boʻyicha konstruksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish — himoyalash inshootlarini toʻliq yoki qisman qayta qurish va qurish. Himoyalash inshootlari rekonstruksiya qilingandan keyin ularning boshlangʻich loyiha parametrlari va tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki toʻliq oʻzgarishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalash inshootlarini taʼmirlash va tiklash — himoyalash inshootlarining, suv xoʻjaligi va suv oqimlarida joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlarning loyihadagi parametrlarini saqlash uchun moʻljallangan, shu jumladan, inshootlarni va ularning ayrim buzilgan joylarini choʻkindilardan tozalash, taʼmirlash ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihasi — toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida suv oqimlarida joylashgan himoya inshootlarini, suv xoʻjaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish, qurish, taʼmirlash va tiklash tadbirlarini nazarda tutuvchi loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari oʻzanlarini tozalash — daryolar, soylar va jilgʻalar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shagʻalli materiallar va suv ostidagi choʻkmalardan mexanik yoki gidromexanik usulda tozalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer koʻchkisi xavfi boʻlgan tumanlarda qirgʻoqlarni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlari (keyingi oʻrinlarda FVV ixtisoslashtirilgan otryadlari deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qarorlariga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqat toshqin suvlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborishning imkoniyati yoʻqligi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv oqimlarida suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha ishlar belgilangan tartibda ushbu obyektlar tasarrufida boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida Komissiya qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda FVV deb ataladi), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) daryolar, soylar, jilgʻalar oʻzanlarini tekshirish va suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazish imkoniyatlarini baholash natijalari boʻyicha birgalikdagi xulosalari asosida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha har yilgi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan Yigʻma manzilli dastur (keyingi oʻrinlarda Yigʻma manzilli dastur deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryolar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalash FVV, Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Davlat geologiya qoʻmitalari xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-noyabrdagi 981-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha loyihalar quyidagi asosiy talablarga muvofiq tuziladi va amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi aholi yashaydigan joylar, sugʻoriladigan yerlar, suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar himoya qilinishini nazarda tutishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlar majmui texnik-muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar (geologik-muhandislik, topogeodeziya, gidrometeorologik, laboratoriya, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy), shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha texnik-muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar majmui, shu jumladan, suv oqimlari oʻzanlari, himoya inshootlari, suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar holatini oʻrganish ularning oʻzanlarida oʻtkazilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha himoyalash ishlari suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlari, suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor tajriba natijalari tatbiq etilishini nazarda tutishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlarga haqiqiy suv xoʻjaligi va gidrometeorologik vaziyat hisobga olingan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirish ustuvorligi va ketma-ketligi ularning ijtimoiy ahamiyatliligi, shuningdek, gidrometeorologik prognozlar hamda suv oqimlari va ulardagi inshootlarning haqiqiy holati hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yigʻma manzilli dastur quyidagilar boʻyicha loyihalarning prognoz koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyiha-tadqiqot ishlarini, shuningdek, suv oqimlarida boshqa himoyalash ishlarini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yigʻma manzilli dastur suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlardan (keyingi oʻrinlarda hududiy manzilli dasturlar deb ataladi) shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududiy manzilli dasturlar suv oqimlarining amaldagi suv xoʻjaligi, gidrologik va boshqa tabiiy-xoʻjalik sharoitlari hisobga olingan holda suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha vazifalarni hal etishga kompleks va tizimli yondashuv asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalar, shuningdek, boshqa himoyalash ishlarining manzilli roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyiha-tadqiqot ishlari, shuningdek, boshqa himoyalash ishlarining manzilli roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududiy manzilli dasturlarni tuzish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hududiy ishchi guruhlar rahbarlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hududiy ishchi guruh tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi deb ataladi), Davlat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzgidromet” markazi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davsuvxoʻjaliknazorat” DI deb ataladi) hududiy boʻlinmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimlik organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda hududiy ishchi guruhlar tarkibiga boshqa manfaatdor vazirliklar, muassasalar va tashkilotlar vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda hududiy ishchi guruhlar tomonidan koʻrib chiqilishi uchun quyidagi materiallarni tayyorlaydi va taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha asosiy suv obyektlari qayd etilgan sxematik xaritalar, shuningdek, suv obyektlari va ulardagi inshootlarning texnik tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp yillik gidrologik maʼlumotlar, shuningdek, toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazish boʻyicha boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hududiy ishchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-martgacha boʻlgan muddatda joylarga chiqish orqali gidrografik tamoyil asosida suv oqimlari va boshqa suv obyektlari, suv oqimlari boʻylab joylashgan suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar, aholi yashaydigan joylar va sugʻoriladigan yerlarning batafsil tekshiruvini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvlar yakunlari boʻyicha himoya inshootlari buzilishlari, suv oqimlari oʻzanlari yuvilib ketishi va loyqa bilan toʻlib qolishi, suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlardagi buzilishlar, aholi yashaydigan joylar va boshqa ijtimoiy obyektlarni suv bosishi xavfi mavjudligining asosiy sabablarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlari boʻylab joylashgan suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha ustuvor himoyalash ishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazish imkoniyatlarini baholaydi hamda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish joyini, hajmini va boshqa shart-sharoitlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-aprelgacha muddatda kelgusi yil uchun hududlarning suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqadi va hududiy komissiyalarga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar tegishli hududiy komissiyaning qarori bilan 10-aprelgacha muddatda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur belgilangan tartibda har yili 15-aprelgacha muddatda FVVga koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. FVV, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va boshqa manfaatdor vazirliklar va muassasalar bilan birgalikda hududiy manzilli dasturlar asosida kelgusi yil uchun Yigʻma manzilli dasturni ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. FVV kelgusi yil uchun Yigʻma manzilli dasturni 1-maygacha muddatda tegishli xulosalar bilan birga belgilangan tartibda Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya 15-maygacha muddatda Yigʻma manzilli dasturni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni manfaatdor vazirliklar va muassasalarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga belgilangan tartibda amalga oshirish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Suv oqimlarining suv xoʻjaligi, gidrometeorologik va boshqa tabiiy-xoʻjalik sharoitlarining boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlari, himoyalash ishlari asoslanishi va ustuvorligi hisobga olingan holda Komissiya qaroriga muvofiq Yigʻma manzilli dasturga tegishli oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tegishli himoyalash ishlarini bajarish buyurtmachilari hisoblangan, tasarrufida suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar boʻlgan vazirliklar va muassasalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Yigʻma manzilli dastur va tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida belgilangan tartibda qurilish, taʼmirlash, oʻzanlarni tozalash, qirgʻoqlarni mustahkamlash va loyiha-tadqiqot ishlarining alohida manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yigʻma manzilli dasturni amalga oshirish doirasida buyurtmachilar tomonidan inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash, shu jumladan, suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha loyiha hujjatlari (keyingi oʻrinlarda loyiha hujjatlari deb ataladi)ni ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun vazifalar belgilangan tartibda “Davsuvxoʻjaliknazorat” DI bilan kelishilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Loyiha hujjatlari qayd etilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyiha hujjatlari belgilangan tartibda “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi va Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha pudrat ishlari loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq tender savdolari oʻtkazilmasdan Komissiya qarori asosida FVV ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu ishlarni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda (moddiy-texnik baza imkoniyatlari yoʻqligi yoxud yetarli emasligi, moliya mablagʻlari yetishmasligi va shu kabilar) ushbu ishlar Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov asosidagi savdolar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan belgilangan tartibda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv oqimlari boʻylab joylashgan suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalar ular tasarrufida boʻlgan vazirliklar va muassasalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo oʻzanlari barqarorligini hamda irrigatsiya va boshqa inshootlarga barqaror suv olishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutash aholi punktlarini suv bosishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi inshootlari, koʻpriklar, ichimlik suv tarmoqlari va boshqa ijtimoiy obyektlarning xavfsiz faoliyat yuritishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlashda loyiha koʻrsatkichlariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni vaqtincha saqlash, texnikaning toʻxtab turishi va ularga xizmat koʻrsatish joylarini joylashtirish, shuningdek, foydalaniladigan texnikaga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni daryolarning suvni qoʻriqlash zonalaridan tashqarida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlar yakuniga yetkazilgandan keyin daryolar boʻyini maishiy va ishlab chiqarish chiqindilaridan, shuningdek oʻzan tozalash ishlari koʻrsatkichlarini nazorat qilish uchun kapital balandlik jihozlari, uchastka chegaralari joylaridagi ajratish belgilaridan tozalashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalanish orqali amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻz tasarrufidagi obyektlar boʻyicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital quyilmalar va ekspluatatsion xarajatlar limitlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yuridik shaxslar oʻz balansidagi ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazishni taʼminlash chora-tadbirlarini belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash yer uchastkalari ajratilmasdan amalga oshiriladi. Bunda FVV ixtisoslashtirilgan otryadlariga va boshqa tashkilotlarga oʻzan tozalash ishlarini amalga oshirish joylarida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar olish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnoma bilan oldindan kelishib olingan boshqa funksiyalarga rioya etilishi ustidan nazorat, obyekt qurilishi ustidan texnik kuzatuv va texnik nazorat yuzasidan — buyurtmachilar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar qurilishi va yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishning butun davri mobaynida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining loyiha qarorlariga muvofiqligi ustidan mualliflik nazorati yuzasidan — loyiha tashkilotlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati hamda qurilish meʼyorlari va qoidalariga, normativ-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, qurilish obyektida pudrat tashkilotlari tomonidan ijro hujjatlari yuritilishi ustidan nazorat yuzasidan — “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi hududiy organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. FVV Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda obyektlar boʻyicha Yigʻma manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilish jarayonining monitoringi oʻtkazilishini taʼminlaydi va har oyda Komissiyaga tegishli axborotni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzanlarni tozalash boʻyicha ishlar amalga oshirilishi natijasida hosil boʻladigan materiallardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. FVVning ixtisoslashtirilgan otryadlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son qarori bilan tashkil etilgan idoralararo guruh bilan oʻzaro kelishgan holda suv oqimlari oʻzanlarini tozalashda hosil boʻlgan noruda materiallar hajmini aniqlash uchun joylarda ularning uskunalar yordamida oʻlchovlari amalga oshiriladi, suvni muhofazalash qonun hujjatlari talablariga muvofiq ularni alohida joylashtiriladi, shuningdek, zarur hollarda, ularning realizatsiya qilinishini tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va realizatsiya qilingan taqdirda FVVning ixtisoslashtirilgan otryadlari va boshqa tashkilotlar belgilangan tartibda yer osti boyliklaridan foydalanilganlik uchun soliq toʻlaydi. Bunda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish noruda foydali qazilmalar realizatsiya qilinishidan olingan daromadlar summasiga kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalar materiallariga narxlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-martgacha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash uchun FVVning ixtisoslashtirilgan otryadlari va jalb etiladigan boshqa tashkilotlar hosil boʻlgan noruda materiallar miqdori toʻgʻrisida yilning har choragida idoralararo guruhga hisobot taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishi FVV tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat idoralararo guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻtkaziladigan tizimli tekshirishlar Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi bilan kelishmasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, shuningdek, suv oqimlarida suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha ishlar natijalarini qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ochiq suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha loyihalarni tuzish, ishlab chiqish, ekspertiza oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 29-maydagi 135-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 53-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof qilish toʻgʻrisida” 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 36-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 52-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1009/0455-son, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)