20.12.2017 yildagi 1004-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish maqsadida ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, shuningdek, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazir Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻyida ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli “Suv qurilish invest” DUK — buyurtmachilar etib;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihachi tashkilotlar — eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi tashkilotlar — qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishga yoʻnaltirish yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan budjet mablagʻlarini qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qarorining 11-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishda daraxtlar va butazorlarni sanitariya maqsadida kesish ishlarining toʻlovlarsiz amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda — tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlari barpo etilishiga, rekonstruksiya qilinishiga hamda hududlarning obodonlashtirilishiga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda, tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun daraxtlar turlarini aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida pudratchi tashkilotlarni zarur turdagi va miqdordagi koʻchatlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda — qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan ihota va koʻkalamzorlashtiriladigan hamda obodonlashtiriladigan hududlarni yer uchastkalari bilan taʼminlash, ularning saqlanishi va foydalanilishi yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini parvarish qilish, shuningdek, belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilgan obodonlashtirish obyektlari va yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota hamda koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini muhofaza qilish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev hamda viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1004-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1004-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlari rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlarning nomi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi obyektlarini modernizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini tahlil qilish.

Budjet mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari kreditlarining amalda tejalishini belgilash.

Investitsiya loyihalarining komponentlari va tasdiqlangan tarmoq jadvallari yakunlanishiga koʻra

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(A. Axmedxodjayev), Moliya vazirligi

(Y. Tursunov),

Iqtisodiyot vazirligi (S. Bekenov)

2.

Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan tejalgan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlarini Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, shuningdek, moliyalashtirayotgan xorijiy banklar mablagʻlarini yoʻnaltirishni kelishish.

Tejalgan mablagʻlar aniqlangandan soʻng ikki oy muddatda

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(A. Axmedxodjayev), Moliya vazirligi

(Y. Tursunov),

Iqtisodiyot vazirligi (S. Bekenov)

3.

Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlash.

Tejalgan mablagʻlar aniqlagandan soʻng ikki oy muddatda

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

Iqtisodiyot vazirligi (S. Bekenov)

“Suvqurilishinvest” DUK

4.

Amalga oshirilgan investitsiya loyihalari doirasida suv xoʻjaligi obyektlarida qurilgan va rekonstruksiya qilingan uchastkalarni tekshirish va ishchi guruh tuzish.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mavjud daraxtlar
va butalarni, shu jumladan tabiiy omillardan yoki zararkunandalardan, oʻsimlik kasalliklaridan quriyotgan, inson hayotiga va sogʻligʻiga xavf soladigan, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning
mol-mulki, shuningdek, maxsus yetishtirilayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblangan, yogʻoch va mevalar olish uchun daraxt va butalarni xatlovdan oʻtkazish.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev, Sh. Xamrayev),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

(M. Ruzmetov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

5.

Xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab joylashgan yer maydonlarini aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

6.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

7.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlash va loyiha smetalarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotini aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

(M. Ruzmetov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari

“Suvqurilishinvest” DUK

8.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun ishlab chiqilgan loyiha smetalarini texnik, davlat va ekologik ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

“Suvqurilishinvest” DUK

9.

Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda pudratchi tashkilotni aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

(M. Ruzmetov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

“Suvqurilishinvest” DUK

10.

Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

“Suvqurilishinvest” DUK

11.

Ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish uchun zarur boʻlgan tur va miqdordagi koʻchatlarni shartnoma asosida yetishtirish va sotish.

Tuzilgan shartnomalar boʻyicha

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov)

12.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning tarmoq jadvallarini tasdiqlash.

Pudratchi bilan shartnoma tuzilgandan soʻng

10 kun muddatda

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

“Suvqurilishinvest” DUK,

Bosh pudratchi tashkilotlar

13.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar va kuchli shikastlangan va quriyotgan, kasallangan daraxtlar va butalarni kesish uchun tegishli qarorlarni toʻlovsiz, oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish.

Belgilangan muddatlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

14.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va daraxtzorlarni barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvallari boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

“Suvqurilishinvest” DUK,

Bosh pudratchi tashkilotlar

15.

Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari sifati va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash.

Loyihalarni amalga oshirish mobaynida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev,

Sh. Xamrayev),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

Bosh pudratchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

“Suvqurilishinvest” DUK

16.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha qurilishi tugallangan obyektlarni ishga tushirish uchun davlat qabul qilish komissiyasini shakllantirish.

Loyihalar tugallangandan soʻng bir oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

“Suvqurilishinvest” DUK

17.

Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini hamda obodonlashtirilgan hududlarning yer maydonlarini va yaxshi saqlangan hududlarni yer maydonlari bilan taʼminlashni va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Loyihalar tugallagandan soʻng bir oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

(O. Mustafayev),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (M.Ruzmetov),

“Suvqurilishinvest” DUK

18.

Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab belgilangan daraxtzorlarni barpo etish va himoyalashga, shuningdek, obyektlardan maqsadli foydalanishga yoʻnaltirish orqali foydalanish tashkilotlari tomonidan sugʻorish va boshqa qishloq xoʻjaligi agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida olib borish yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash.

Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan ihota va daraxtzorlar saqlanishini nazorat qilish.

Har oyda jadval boʻyicha

Har oyda jadval boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va uning irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan birgalikda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev) va uning hududiy organlari

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1004/0450-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)