Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi RAYoSATINING
Qarori
Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2894-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarori)”gi hamda 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori (roʻyxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-noyabr,
245/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisidan “, yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — yurisprudensiya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “, jumladan kamida 2 tadan” degan soʻzlar “kamida 2 ta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “, jumladan kamida 2 tadan” degan soʻzlar “kamida 2 ta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 20-banddagi “16 va 17-bandlarida” degan soʻzlar “18 va 19-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 331-band bilan toʻldirilsin:
“331. Dissertatsiyani Ilmiy kengashda dastlabki koʻrib chiqish, himoyaga qabul qilish va dissertatsiyaning oshkora himoyasini oʻtkazish hamda dissertatsiya va attestatsiya ishini OAKga taqdim etish Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.”.
6. 59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“59. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar OAK tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi).”.
7. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Fan va texnologiyalar agentligi hamda Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2017-yil 27-noyabr
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 27-noyabr
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2017-yil 27-noyabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 27-noyabr
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2017-yil 27-noyabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. VAXABOV
2017-yil 28-noyabr
Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2017-yil 28-noyabr
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2017-yil 28-noyabr
Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV
2017-yil 28-noyabr
Intellektual mulk agentligi bosh direktori A. FAYZULLAYEV
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)