Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Qarori
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2879-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 515-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3085, 06.11.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaror qiladi:
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 14-martdagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 2879, 2017-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 348-modda) bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovasi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatilganda.”.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika kengashi raisi A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-dekabr,
236-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2879-3/0438-son)