Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining
Qarori
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2604-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 429-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2604-3, 25.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2014-yil 7-iyuldagi k-3 va k-1-son qarori (roʻyxat raqami 2604, 2014-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 387-modda) bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Gazni hisobga olish priborlari ekspert tekshiruvidan oʻtkazish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari, yoxud sudning qarori yoki ajrimiga asosan yechib olinishi mumkin.”.
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ hamda Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori A. KARIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-dekabr,
K-9-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi N. AGZAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-dekabr,
A-2-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi A. SULTANOV
2017-yil 11-dekabr
“Oʻztransgaz” AJ raisi A. MUSTAFAYEV
2017-yil 6-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 7-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2604-2/0439-son)