OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2956]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 7-mb-sonli “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2956-4, 31.10.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1 — 105-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 20-fevraldagi 1-mb sonli qarori (roʻyxat raqami 2956-1, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2956-1/0882-son)
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2016-yil 1-noyabrdagi 3-mb-son “2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2843, 2016-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 553-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 10-avgustdagi 4-mb-son “2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2843-1, 2017-yil 17-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 870-modda).
3. Ushbu qaror 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-noyabr,
6-mb-son
Ishlab chiqaruvchilarning sanoat tovarlari narxlari toʻgʻrisida hisobot (1-ilova)
Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida hisobot (2-ilova)
Transportda yuk tashish (uzatish) tariflari toʻgʻrisida hisobot (3-ilova)
Aloqa xizmati tariflari toʻgʻrisida hisobot (4-ilova)
Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari toʻgʻrisida hisobot (5-ilova)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy soha obyektlari qurilishi toʻgʻrisida hisobot (6-ilova)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 3-mb sonli qarori (roʻyxat raqami 2956-2, 03.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 10/18/2956-2/1150-son)
Qurilish ishlarining bajarilishi, qurilish mashina va mexanizmlarining mavjudligi toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (7-ilova)
Tugallanmagan qurilish holati toʻgʻrisida hisobot (8-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (9-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi toʻgʻrisida hisobot (10-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (11-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot (12-ilova)
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot (13-ilova)
Birja faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (14-ilova)
Tovarlar sotish va qoldiqlar toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (15-ilova)
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (16-ilova)
Sanoat korxonalarining mahsulot yetkazib berish va moddiy resurslarni olishga shartnomalar tuzishining borishi yuzasidan hisobot (17-ilova)
Oldingi tahrirga qarang.
Import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot (18-ilova)
(18-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 20-fevraldagi 1-mb sonli qarori (roʻyxat raqami 2956-1, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2956-1/0882-son)
2017-yil paxta xom-ashyosi hosilining qayta ishlash natijalari toʻgʻrisida hisobot (19-ilova)
Suv quvuri inshootlari ishi toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (20-ilova)
Kanalizatsiya ishi toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (21-ilova)
Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (22-ilova)
Yoqilgʻi yetkazish va uning kelib tushish manbalari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (23-ilova)
Yoqilgʻi va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (24-ilova)
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish hamda taqsimoti toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (25-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (26-ilova)
“Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ korxonalarining elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (27-ilova)
Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish boʻyicha 2017-yil uchun hisobot (28-ilova)
Paxta xomashyosi xaridi toʻgʻrisida hisobot (29-ilova)
Don ekinlari xaridi toʻgʻrisida hisobot (30-ilova)
Pilla xaridi toʻgʻrisida hisobot (31-ilova)
Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (32-ilova)
Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (33-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (34-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (35-ilova)
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot (36-ilova)
Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi toʻgʻrisida hisobot (37-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (38-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻyicha 2017-yil uchun hisobot (39-ilova)
Yerlarni yaroqli holga keltirish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (40-ilova)
Oʻrmon parvarishi ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (41-ilova)
Ovchilik xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (42-ilova)
Tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida 2018-yil uchun hisobot (43-ilova)
2017-yil uchun mehnat hisoboti (44-ilova)
Mehnat hisoboti (45-ilova)
Mehnat sharoitlari ahvoli va ishlab chiqarishda shikastlanganlik toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (46-ilova)
Boshqaruv organi xodimlari soni toʻgʻrisida hisobot (47-ilova)
Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida 2018-yil noyabr oyi hisoboti (48-ilova)
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (49-ilova)
Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (50-ilova)
Ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (51-ilova)
Xususiy uy–joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (52-ilova)
Avtomobil transporti va xoʻjalik avtomobil yoʻllari uzunligi toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (53-ilova)
Avtomobil transporti ishi toʻgʻrisida hisobot (54-ilova)
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti xizmatlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (55-ilova)
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti xizmatlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (56-ilova)
|
___________________________________________________Transporti toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot1) (57-ilova) | ||||
|
(tramvay, metropoliten, trolleybus) |
||||
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (59-ilova)
Quvur yoʻli transporti xizmatlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (60-ilova)
Quvur yoʻli transporti faoliyati toʻgʻrisida hisobot (61-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida hisobot (62-ilova)
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (63-ilova)
Aloqa vositalari va xizmatlari toʻgʻrisida hisobot (64-ilova)
Maktabgacha taʼlim muassasasining 2018-yil 1-yanvariga hisoboti (65-ilova)
Umumtaʼlim muassasasining 2018/2019 oʻquv yili boshiga hisoboti (66-ilova)
2018/2019 oʻquv yili boshiga akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hisoboti (67-ilova)
2018/2019 oʻquv yili boshiga oliy taʼlim muassasasining hisoboti (68-ilova)
Maktabdan tashqari taʼlim muassasasining 2018-yil 1-yanvariga hisoboti (69-ilova)
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar uchun taʼlim muassasasining 2017-yil uchun hisoboti (70-ilova)
Kutubxona faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (71-ilova)
Filmlar ishlab chiqarish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (72-ilova)
Muzey faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (73-ilova)
Teatr faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (74-ilova)
Konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (75-ilova)
Hayvonot bogʻi, botanika bogʻi, madaniyat va istirohat bogʻi faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (76-ilova)
Madaniyat va aholi dam olish markazlari faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (77-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va ketgan shaxslar toʻgʻrisida hisobot (78-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (79-ilova)
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 2017-yil uchun hisobot (80-ilova)
Sport taʼlimi muassasalari boʻyicha 2017-yil uchun hisobot (81-ilova)
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajarilishi hamda oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (82-ilova)
Innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil hisoboti (83-ilova)
Pensionyerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida 2018-yil 1-yanvariga hisobot (84-ilova)
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha 2017-yil uchun hisobot (85-ilova)
Turar joyga muhtojlar sifatida hisobga qoʻyilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda turar joy uchun berilgan ordyerlar toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (86-ilova)
Nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironlik sabablari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (87-ilova)
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (88-ilova)
Homilador, tugʻadigan va tuqqanlarga tibbiy yordam koʻrsatish, homiladorlikni toʻxtatish va kontratsepsiya toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (89-ilova)
Bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (90-ilova)
Odam immun tanqisligi virusi bilan kasallangan bemorlar va qonni oivga tekshirish natijalari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (91-ilova)
Profilaktik emlashlar toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (92-ilova)
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (93-ilova)
Yuqumli va parazitar kasalliklar toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (94-ilova)
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (95-ilova)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (95/1-ilova)
Notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (96-ilova)
Tijorat banki faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (97-ilova)
Sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (98-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisobot (99-ilova)
Keyingi tahrirga qarang.
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (100-ilova)
Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (101-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning 2017-yil uchun hisoboti (102-ilova)
Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlar toʻgʻrisidagi 2017-yil uchun hisobot (102/1-ilova)
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (102/2-ilova)
Eksport-import toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (102/3-ilova)
Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korxonalarning 2017-yil uchun hisoboti (102/4-ilova)
Yoqilgʻi va energiya sarfi toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (102/5-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisoboti (102/6-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning 2017-yil uchun hisoboti (102/7-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (102/8-ilova)
Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi mikrofirma va kichik korxona faoliyati toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (102/9-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning 2017-yil uchun hisoboti (102/10-ilova)
Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot (103-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot (103/1-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot (103/2-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot (103/3-ilova)
Erkin iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark, paxtachilik-toʻqimachilik klaster tarkibiga kiruvchi tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot (103/4-ilova)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot (104-ilova)
Respublikadagi madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (105-ilova)
(104-105-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 20-fevraldagi 1-mb sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2956-1, 12.03.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2956-1/0882-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2956-1/0882-son, 03.05.2018-y., 10/18/2956-2/1150-son; 25.06.2018-y., 10/18/2956-3/1388-son)