1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ–42-sonli “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“muallif” — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yozuv” — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biron-bir moddiy shakldagi mujassami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ijrochi” — aktyor, qoʻshiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol oʻynaydigan, oʻqiydigan, ifodali oʻqiydigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki sanʼat asarini (shu jumladan estrada, sirk yoki qoʻgʻirchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissori va dirijyori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“eʼlon qilish (oshkor qilish, chop etish)” — ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chiqqan holda asar, fonogramma nusxalarini muomalaga yetarli miqdorda chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“manzarali-amaliy sanʼat asarlari” — amalda foydalaniladigan buyumlarga koʻchirilgan ikki oʻlchovli yoki uch oʻlchovli sanʼat asari, shu jumladan badiiy xunarmandchilik asari yoki sanoat yoʻli bilan tayyorlanadigan asar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“fonogramma” — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“asar nusxasi” — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan koʻchirmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“fonogramma nusxasi” — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jo boʻlgan ovozlarning hammasini yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma koʻchirmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari fan, adabiyot va sanʼat asarlarini (mualliflik huquqi), sahna asarlarini, ijrolarni, fonogrammalarni, efir va kabel orqali koʻrsatuv hamda eshittirishlar beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuv va eshittirishlarini yaratish hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MUALLIFLIK HUQUQI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflarning va ularning huquqiy vorislarining fuqaroligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi xududida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tadbiq qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning fuqarosi boʻlgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti asar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida birinchi marta eʼlon qilingan sanadan soʻng oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida eʼlon qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida eʼlon qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻriqlanishi lozim boʻlsa, uning muallifi hududida mualliflik huquqini olish uchun asos boʻlib xizmat qilgan yuridik fakt sodir boʻlgan davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Mualliflik huquqi bilan qoʻriqlanadigan asarlar (mualliflik huquqi obyektlari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qatʼi nazar, tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asar ogʻzaki, yozma shaklda yoki uni idrok etish imkonini beradigan boshqa obyektiv shaklda ifodalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma shakldagi yoki moddiy jismda oʻzgacha usulda ifodalangan asar (qoʻlyozma, mashinka yozuvi, notali yozuvlar, texnika vositalari yordamidagi yozuv, shu jumladan audio yoki videoyozuv, ikki oʻlchovli yoki hajmiy-fazoviy shaklda yaratilgan tasvir va hokazo), undan uchinchi shaxslarning foydalanish imkoniyati bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, obyektiv shaklga ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki yoki moddiy jismda ifodalanmagan boshqa asar, basharti u uchinchi shaxslar idrok eta oladigan holga kelgan boʻlsa (omma oldida soʻzlash, ommaviy ijrochilik va hokazo), obyektiv shaklga ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi eʼlon qilingan asarlarga nisbatan ham, eʼlon qilinmagan asarlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi gʻoyalar, konsepsiyalar, prinsiplar, tizimlar, taklif qilinayotgan yechimlar, obyektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqining yuzaga kelishi uchun asarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki boshqa biron-bir rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Mualliflik huquqi obyektlarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dramatik va ssenariy asarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musiqali-dramatik asarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audiovizual asarlar (kino, tele va videofilmlar, slayd-filmlar, diafilmlar va boshqa xil kino, tele hamda video asarlar), radioasarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy sanʼat asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli, tarxlar, eskizlar va asarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qoʻyilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Asarning qismlari va hosila asarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qoʻyilgan talablarni qanoatlantiruvchi asarlarning qismlari, ularning nomi va hosila asarlar mualliflik huquqi obyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosila asarlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa asarlarni qayta ishlash natijasida yaratilgan asarlar (ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar hamda fan, adabiyot va sanʼat sohasidagi shunga oʻxshash boshqa asarlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarjimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga koʻra ijodiy mehnat natijasi boʻlgan toʻplamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, maʼlumot bazalari) va boshqa jamlama asarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosila asarlarning yaratilishi uchun asos boʻlgan yoki ular oʻz ichiga olgan asarlar mualliflik huquqi obyektlari boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, hosila asarlar mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydigan asarlar va ularga oʻxshash faoliyat natijalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, toʻxtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ijodiyoti asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalariga boʻlgan huquqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga boʻlgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaxslar, basharti bunday loyihani ishlab chiqish toʻgʻrisida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagan boʻlsa, oʻzlari yaratgan loyihalarni eʼlon qilishga haqlidir. Loyihani eʼlon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar oʻz ism-shariflarini koʻrsatishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan eʼlon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan boʻlsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chogʻida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga koʻra loyihaga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ loyihani maʼqullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini koʻrsatmagan holda foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Asar muallifi. Mualliflik prezumsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ana shu fuqaro asar muallifi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asar birinchi marta eʼlon qilinganda muallif sifatida koʻrsatilgan shaxs, basharti oʻzga hol isbotlanmagan boʻlsa, asar muallifi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asar imzosiz yoki taxallus ostida eʼlon qilingan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarda ismi-sharifi yoki nomi koʻrsatilgan noshir, basharti boshqa dalillar boʻlmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash huquqiga ega boʻladi. Bu qoida bunday asar muallifi oʻz shaxsini oshkor etgunicha va oʻzining muallif ekanligini maʼlum qilgunicha amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Hammualliflik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi, mazkur asar boʻlinmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qatʼi nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bogʻliq boʻlmagan holda foydalanish mumkin boʻlsa, bu mustaqil mazmunga ega boʻlgan qism deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hammualliflarning har biri, basharti ularning oʻrtasidagi bitimda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, asarning oʻzi yaratgan, mustaqil mazmunga ega boʻlgan qismidan oʻz xohishiga koʻra foydalanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hammualliflar oʻrtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, bitim asosida belgilanadi. Bunday bitim boʻlmagan taqdirda, asarga boʻlgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti hammualliflarning asari boʻlinmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar boʻlmay turib taqiqlab qoʻyishga hammualliflardan hech biri haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Film mualliflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar kinofilm, telefilm va videofilmning toʻliq mualliflari (hammualliflari)dir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahnalashtiruvchi rejissor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ssenariy muallifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asarining muallifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahnalashtiruvchi operator.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday asarning hammualliflari jumlasiga aytib oʻtilgan mualliflar bilan kelishuvga binoan filmda foydalanilgan boshqa asarlarning mualliflari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam mavjud boʻlib, shuningdek film ustida ish olib borish jarayonida yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga boʻlgan mualliflikdan qatʼi nazar, mustaqil mazmunga ega boʻlgan oʻz asariga mualliflikni saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Hosila asarlarning mualliflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, toʻplamlar va boshqa jamlama asarlarning tuzuvchilari hosila asarlarning mualliflari deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan yoki jamlama asarga kiritilgan asar muallifining huquqlariga rioya etgan taqdirdagina hosila asarga boʻlgan mualliflik huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosila asarlar yaratuvchilarining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning muqaddam foydalanilgan asarlar asosida oʻz hosila asarlarini yaratishlariga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Intervyu mualliflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intervyu yozuviga boʻlgan mualliflik huquqi hammualliflar tariqasida intervyu bergan shaxs bilan intervyu oʻtkazgan va uni yozib olgan shaxsga, basharti ular oʻrtasidagi kelishuvda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intervyu yozuvini eʼlon qilish, koʻrsatish va eshittirishga intervyu bergan shaxsning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (ensiklopediyalarning noshirlari, filmlarning tayyorlovchilari, prodyuserlar va shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb eʼtirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonun yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shunday asarlardan foydalanishda alohida huquqlarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ensiklopediyalardan, ensiklopedik lugʻatlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli toʻplamlaridan, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlardan foydalanishning alohida huquqlari ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday nashrdan har qanday tarzda foydalanilganida ham noshir oʻz nomini koʻrsatishga yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, basharti asar yaratishga doir shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, toʻliq nashrdan qatʼi nazar, oʻz asarlaridan foydalanishga boʻlgan alohida huquqlarini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audiovizual asar, shu jumladan film yaratish xususida shartnoma tuzish, basharti bunday shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, mazkur asar mualliflarining asarni takrorlashga, uni tarqatishga, omma oldida ijro etishga, barchaning eʼtiboriga yetkazish uchun kabel orqali berishga, efirga uzatish yoki asardan boshqa har qanday tarzda ommaviy foydalanishga, film matnini subtitrlash va dublyaj qilishga boʻlgan alohida huquqlarining asarni tayyorlovchiga oʻtishiga olib kelmaydi. Mazkur huquqlar audiovizual asarga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddati davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Film tayyorlovchisi bu asardan har qanday tarzda foydalanilganida ham oʻz ismi-sharifi yoki nomini koʻrsatishga yoxud ismi-sharifi yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Film omma oldida namoyish etilganida musiqa asarining muallifi oʻzining musiqa asari (matnli yoki matnsiz) omma oldida ijro etilganligi uchun haq olish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Film muallifi va filmga boʻlgan mulkiy huquqning boshqa egalari roziligisiz filmning oxirgi variantini (yozuvning asl nusxasini) yoʻq qilib yuborish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida mualliflik huquqining egasi oʻz huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida mualliflik huquqlari egasining ism-sharifi (nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asar birinchi marta eʼlon qilingan yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqining himoya belgisida koʻrsatilgan shaxs, basharti oʻzga hol isbotlanmagan boʻlsa, huquq egasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik nomiga boʻlgan huquq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarning daxlsizligiga boʻlgan huquq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish toʻgʻrisida biron-bir shaxs bilan tuzgan bitim va muallifning bu haqdagi arizasi ahamiyatsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Mualliflik huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif (hammualliflar)ning oʻzi yaratgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ayni shu asarga mualliflik huquqi eʼtirof qilinishini istisno etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Mualliflik nomiga boʻlgan huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif asardan oʻz ism-sharifi, taxallusini koʻrsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruxsat berish borasidagi alohida huquqda (mualliflik nomiga boʻlgan huquqda) egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Asarning daxlsizligiga boʻlgan huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif oʻz asariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda asarga oʻzining roziligisiz biron-bir shaxs tomonidan oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning daxlsizligiga boʻlgan huquqqa) egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish chogʻida asarning oʻziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi koʻrsatilishiga ham biron-bir oʻzgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, soʻzboshi, xotima, sharh yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallifning vafotidan keyin asarning daxlsizligini himoya qilish vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxs tomonidan, bunday koʻrsatma boʻlmagan taqdirda esa muallifning merosxoʻrlari, shuningdek qonunga muvofiq zimmasiga mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Asarni eʼlon qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishiga imkon yaratib berish huquqi (asarni eʼlon qilish huquqi)ga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga namoyish etish yoʻli bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki uning roziligi bilan nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishi uchun birinchi bor imkon yaratib berilsa, asar eʼlon qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif asarni eʼlon qilish toʻgʻrisida ilgari qabul qilgan qaroridan asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli koʻrgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplash sharti bilan voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Basharti asar eʼlon kilingan boʻlsa, muallif oʻz asarini chaqirib olganligini ommaga maʼlum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab qoʻyilgan nusxalarini oʻz hisobidan muomaladan olib qoʻyishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu qoidalar, basharti muallif bilan tuzilgan shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, xizmat asarlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Muallifning asardan foydalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish borasida alohida huquqlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarni takrorlash va uni tarqatish, boshqa yoʻllar bilan realizatsiya qilish, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarni omma oldida namoyish etish (koʻrgazmaga qoʻyish, eksponat sifatida koʻrsatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarning moddiy jismini tashkil etuvchi nusxasini ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarni omma oldida ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarni efirga uzatish (radio yoki televideniye orqali translatsiya qilish), shu jumladan kabel yoki aloqa yoʻldoshi orqali berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarni texnika yordamida yozib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarning texnikaviy yozuvini eshittirish yoki koʻrsatish, shu jumladan radio yoki televideniye orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asardan keyinchalik foydalanish maqsadida uni tarjima qilish yoki qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik, arxitektura, dizayn loyihasini amaliy roʻyobga chiqarish asardan foydalanish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarga uning obyektiv shaklini, aqalli asl nusxasida qanday boʻlsa, shu holdagi shaklini qayta berish (asarni nashr etish, audio yoki videoyozuvlardan nusxa koʻpaytirish va shu kabilar) asarni takrorlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asar nusxalarini sotish, almashtirish, ijaraga berish yoki ular ishtirokida boshqa amallarni bajarish, shu jumladan ularni import qilish asarni tarqatish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti asarning nusxalari qonunan boshqa shaxsga berilgan boʻlsa, ularni keyinchalik muallifning roziligisiz va haq toʻlamagan holda tarqatishga yoʻl qoʻyiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼi nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi yechimlarni) amaliy qoʻllash asardan mualliflik huquqi maʼnosida foydalanganlikni anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti asar saqlash uchun har kim foydalanishi mumkin boʻlgan saqlov joyiga (depozitariyga) topshirilgan boʻlsa va depozitariy bilan tuzilgan shartnomaga koʻra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning asar nusxasini olishiga yoʻl bersa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning qoʻlyozmalarini, moddiy jismdagi boshqa asarlarni, shu jumladan mashina yordamida tayyorlangan asarlarni saqlash uchun topshirish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarni saqlash uchun topshirish asardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxsning (huquq egasining) depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish shartlarini belgilab beruvchi shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha qoʻlyozma ishlarini deponentlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyxat № 355, 15.07.1997-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Asardan foydalanish huquqini tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif yoki huquqqa ega boʻlgan boshqa shaxs shartnomaga, shu jumladan ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha huquqlarni oʻzga shaxsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asardan foydalanish huquqi bir shaxsdan boshqa shaxsga universal huquqiy vorislik tartibida oʻtadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 82-moddasiga muvofiq fuqarolik huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada boʻlishi cheklab qoʻyilmagan boʻlsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi boshqa shaxsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) berishi mumkin. Bunday ruxsatnoma asardan uning dastlabki shaklida foydalanish uchun ham, qayta ishlangan shaklida, xususan tarjima, aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asardan foydalanishning har bir usuli uchun huquq egasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Tasviriy sanʼat asarlaridan foydalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasviriy sanʼat asarining muallifi asar mulkdoridan oʻzining asarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkonini berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga yetkazib berishni talab qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi alohida huquqlarini cheklashga ushbu Qonunning 17—21-moddalarida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Begona asarni shaxsiy maqsadlarda takrorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanilishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va shunga oʻxshash inshootlar shaklidagi arxitektura asarlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumot bazalari yoki ularning muhim qismlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitoblarni (toʻliq) va notali matnlarni reproduksiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan istisno tarzda, qonunda audio va videoyozuvlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda tegishli yozuvning muallifi, ijrochisi va ishlab chiqaruvchisi tegishli haq olish huquqiga ega boʻlishi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarni takrorlaganlik uchun haq ishlab chiqaruvchilar yoki asarni takrorlash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar (audio apparatlar, videomagnitofonlar va shu kabilar) hamda asar moddiy jismining (audio va (yoki) video plyonkalar, kassetalar, lazer diskalar, kompakt diskalar va shu kabilarning) importchilari tomonidan ajratmalar (foizlar) shaklida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Asardan muallifning ismi-sharifini koʻrsatgan holda erkin foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar yetmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan quyidagi tarzda erkin foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chop etilgan asarni ulardan olingan tsitatalar tarzida (asl nusxa tilida va tarjimada), shu jumladan gazeta va jurnallarning maqolalaridan olingan parchalar tarzida tsitatadan koʻzlangan maqsadga mos hajmda ilmiy, tadqiqot, tanqid va axborot maqsadlarida takrorlash hamda tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chop etilgan asarlarni taʼlim va oʻquv tusidagi nashrlarda, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarda, audio va videoyozuvlarda misol tariqasida qoʻyilgan maqsadga loyiq hajmda takrorlash, texnika yordamida yozib olish va efir orqali berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy masalalar yuzasidan gazeta va jurnallarda eʼlon qilingan maqolalar yoki efir orqali berilgan shu tusdagi asarlarni gazetalarda takrorlash, efirga uzatish, bunday foydalanish muallif tomonidan atayin taqiqlangan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omma oldida soʻzlangan siyosiy nutqlar, murojaatlar, maʼruzalar va shunga oʻxshash asarlarni qoʻyilgan maqsadga mos hajmda gazetalarda takrorlash, efirga uzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik voqealar jarayonida koʻrish yoki eshitish mumkin boʻlgan asarlarni ana shunday voqealarning sharhlarida axborot maqsadiga mos hajmda takrorlash, omma oldida namoyish etish, efirga uzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda olishni koʻzlamagan holda koʻzi ojizlar uchun qabariq nuqtali harflar yoki boshqa usullar bilan chop etilgan asarlarni takrorlash, foydalanishning ana shunday usullari uchun atayin yaratilgan asarlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Asarlardan reproduksiya qilish yoʻli bilan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta koʻrsatib, quyidagilardan foyda olishni koʻzlamay reproduksiya qilishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asardan, yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek oʻz fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yoʻqotgan boshqa kutubxonalarga asarlarning nusxalarini taqdim etish uchun kutubxonalar va arxivlar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda qonuniy ravishda eʼlon qilingan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlardan, qonuniy ravishda eʼlon qilingan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalar fuqarolarning oʻquv va tadqiqot maqsadlaridagi soʻrovlari asosida kutubxonalar va arxivlar tomonidan, shuningdek auditoriya mashgʻulotlari uchun taʼlim muassasalari tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan asarlardan erkin foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan arxitektura, fotografiya, tasviriy sanʼat asarlarini muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda takrorlash, efirga uzatishga yoki hammaning eʼtiboriga yetkazish uchun kabel orqali uzatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu qoida asarning tasviri shunday takrorlashning, efirga uzatishning yoki hammaning eʼtiboriga yetkazish uchun kabel orqali uzatishning asosiy obyekti boʻlgan hollarga nisbatan, shuningdek asarning ifodasidan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunan eʼlon qilingan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning xususiyatiga mos hajmda muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda omma oldida ijro etishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Sudlov maqsadlarini koʻzlab, asarlarni erkin takrorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov va maʼmuriy ish yuritish maqsadlarini koʻzlab, foydalanish maqsadiga mos hajmda asarlarni muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda ijro etishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilotlar tomonidan asarlarni qisqa muddat foydalanish maqsadida erkin yozib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilot oʻzi efirga uzatish huquqini olgan asarni muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va qoʻshimcha haq toʻlamagan holda qisqa muddat foydalanish maqsadida yozib olishga haqlidir, bunda efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilot yozuvni oʻz uskunalari yordamida hamda oʻz koʻrsatuv va eshittirishlari uchun amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti bunday yozuvni saqlab turishning uzoqroq muddati muallif bilan kelishilgan boʻlmasa, u tayyorlanganidan keyin olti oy ichida yoʻq qilib yuborilishi shart. Agar bunday yozuv butunlay hujjatli ruhda boʻlsa, u asar muallifining roziligisiz rasmiy arxivlarda saqlab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. EHM uchun yaratilgan dasturning yoki maʼlumotlar bazasining nusxasiga ega boʻlgan shaxs huquqlarining cheklanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturning yoki maʼlumotlar bazasining nusxasiga ega boʻlgan shaxsning EHM uchun yaratilgan dasturni va maʼlumotlar bazasini keyingi shaxsiy foydalanish maqsadida takrorlashga va qayta ishlashga boʻlgan huquqi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni yaratish, ulardan foydalanish va ularni huquqiy himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Xizmat asariga boʻlgan huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat topshirigʻini bajarish tartibida yaratilgan asarga (xizmat asariga) boʻlgan mualliflik huquqi shu asar muallifiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etgan usulda va topshiriqdan kelib chiqadigan doirada foydalanish huquqi, basharti ish beruvchi bilan muallif oʻrtasidagi shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, asar yaratish haqida topshiriq bergan va muallif mehnat munosabatlari oʻrnatgan shaxsga (ish beruvchiga) tegishlidir. Ish beruvchi bunday foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi bilan muallif oʻrtasidagi shartnomada xizmat asaridan foydalanganlik uchun muallifga haq toʻlash nazarda tutilgan va asardan foydalanishning boshqa shartlari qamrab olingan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qatʼi nazar, muallif asar taqdim etilgan vaqtdan eʼtiboran oʻn yil oʻtganidan keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa, undan ham oldinroq asardan foydalanish va mualliflik haqini olish huquqini toʻliq hajmda qoʻlga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallifning xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Mualliflik huquqining Oʻzbekiston Respubliqasi xududida amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi xududida chop etilgan yoki chop etilmagan boʻlsada, asl nusxasi biron-bir obyektiv shaklda uning hududida turgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday holda mualliflik huquqi muallifga va uning merosxoʻrlariga, shuningdek fuqaroligidan qatʼi nazar, muallifning boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asarlari birinchi marta chet davlat hududida chop etilgan yoki biron-bir obyektiv shaklda ana shu davlat hududida turgan boʻlsa, bunday asarga boʻlgan mualliflik huquqi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, xuddi shuningdek ularning merosxoʻrlari va boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallifga xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqiy himoya berilishi vaqtida asarning chet davlat hududida chop etilganligi tegishli xalqaro shartnoma qoidalariga binoan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida himoya qilish maqsadida asarning muallifi deb eʼtirof etiladigan shaxs asar birinchi marta qaysi davlatning hududida himoya qilina boshlagan boʻlsa, shu davlatning qonunlariga binoan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Mualliflik huquqi amal qilishining boshlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarga boʻlgan mualliflik huquqi chop etilganligi yoki etilmaganligidan qatʼi nazar, asarga uchinchi shaxslar idrok eta oladigan obyektiv shakl berilgan vaqtdan boshlab amal qiladi. Ogʻzaki asarga boʻlgan mualliflik huquqi bu asar uchinchi shaxslarga maʼlum qilingan vaqtdan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti asar ushbu Qonunning 36-moddasi qoidalarining taʼsir doirasiga kirmasa, bunday asarga boʻlgan mualliflik huquqi, basharti u Oʻzbekiston Respublikasida eʼlon qilingan boʻlsa, birinchi marta eʼlon qilingan vaqtdan boshlab himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran ellik yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hammualliflikda yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr koʻrgan shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi marta taxallus ostida yoki imzosiz chop etilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran ellik yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ana shu muddat ichida imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan asar muallifining shaxsi maʼlum boʻlib qolsa, ushbu moddaning birinchi qismida aytilgan muddatlar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida aytib oʻtilgan muddatlar davomida mualliflik huquqi muallifning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan boshqa shaxsga oʻtadi. Ayni ana shu muddatlar ichida mualliflik huquqi muallif bilan, uning merosxoʻrlari va keyingi huquqiy vorislari bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha bu huquqni olgan huquqiy vorislarga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif vafotidan keyin ellik yil ichida birinchi marta chop etilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran ellik yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik, muallifning ism-sharifi va asarning daxlsizligi muddatsiz himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Asarning ijtimoiy mulkka aylanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asarga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xududida hech qachon himoya bilan taʼmin etilmagan asarlar ijtimoiy mulk hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda asarga boʻlgan mualliflik huquqiga, mualliflik nomiga boʻlgan huquqda va asarning daxlsizligiga boʻlgan huquqqa rioya etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Mualliflik shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif yoki uning merosxoʻri mualliflik shartnomasi tuzish orqali oʻz asaridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin. Mualliflik shartnomasi uchun haq toʻlash talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik shartnomasi tayyor asar uchun yoki muallif yaratishni oʻz zimmasiga olgan asar uchun (buyurtma shartnomasi) tuziladi. Asardan u yoki bu doirada foydalanishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi muallif yoki uning merosxoʻrlari tuzadigan shartnoma ham (mualliflik litsenziya shartnomasi) mualliflik shartnomasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Mualliflik shartnomasining shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida beriladigan konkret huquqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asardan foydalanishning har bir usuli uchun toʻlanadigan haq miqdori va (yoki) toʻlanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni toʻlashning tartibi va muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga berilishi toʻgʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil oʻtganidan keyin, basharti foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan boʻlsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi toʻgʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnomaga binoan berilayotgan huquqning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tuzilgan vaqtda asardan foydalanish haqidagi hali maʼlum boʻlmagan huquqlar mualliflikka doir shartnoma mavzusi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asardan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori taraflarning kelishuviga binoan mualliflik shartnomasida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi mualliflik shartnomasida haq toʻlash qatʼiy summa tarzida belgilansa, shartnomada asarning eng koʻp tiraji belgilab qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif yoki uning merosxoʻrlarining haq olishga boʻlgan huquqni rad etishi ahamiyatsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik shartnomasi boʻyicha berilgan huquqlarni shartnomadagi istalgan taraf shartnomada bevosita nazarda tutilgan taqdirdagina boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Mualliflik shartnomasining shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Mualliflik shartnomasi boʻyicha javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni umuman yoki tegishli darajada bajarmagan tomon boshqa tomonga yetkazilgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani ham qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Mualliflik litsenziya shartnomasining amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik litsenziya shartnomasi unda nazarda tutilgan, ammo mualliflik huquqining amal qilish muddatidan koʻp boʻlmagan muddat davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asar muallifi yoki uning merosxoʻrlari, mualliflik litsenziya shartnomasiga muddat toʻgʻrisidagi shart kiritilganligi yoki kiritilmaganligidan qatʼi nazar, shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil oʻtganidan keyin oʻz kontragentini kamida olti oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir. Muallif yoki uning merosxoʻrlarida bunday huquq har oʻn yilda vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada asardan foydalanish muddatlari nazarda tutilishi mumkin, bu muddatlarni buzganlik huquq egasining shartnomani bekor qilish huquqiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Mualliflik huquqlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi oʻziga tegishli huquqni oʻe xohishiga koʻra shaxsan amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasidan boshqa shaxslar mualliflik huquqlarini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin, vakillikni qonuniy vakil amalga oshiradigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning egalari zimmasiga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Bunday tashkilotlar huquq egalari bilan tuzilgan shartnoma asosida oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida va oʻz huquqlari doirasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini ifoda etadilar. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab qoʻyilgan davlat organi bergan litsenziyalar asosida va shu organning nazorati ostida ish olib boradilar. Ular tijorat faoliyati bilan shugʻullanishga va asarlardan foydalanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar oʻzlariga murojaat qilgan mualliflik huquqi yoki turdosh huquq egasining topshirigʻini oʻz zimmalariga olishlari shart. Bunday tashkilotlar topshiriqni oʻzlari ishlab chiqqan qoʻshiluv shartnomasi asosida bajarishlari mumkin. Shartnomada tashkilotning qilgan xarajatlari huquq egasi tomonidan qoplanishi nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar shartnomalarga muvofiq oʻzlari olgan vakolatlar asosida boshqa shaxslarga (foydalanuvchilarga) asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanishning tegishli usullari uchun litsenziyalar beradilar. Bunday litsenziyalarning shartlari bir toifadagi barcha foydalanuvchilar uchun bir xil boʻlmasligi kerak va yetarli asoslar boʻlmay turib litsenziya berishni rad etib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlardan boʻlak har qanday shaxslar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini umumiy asoslarda ifoda etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi bilan shartnoma tuzmagan holda asardan foydalanilgan takdirda qoidabuzar huquq egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashi shart. Huquq egasi qoidabuzardan oʻzi koʻrgan zarar oʻrniga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asardan mualliflik shartnomasida nazarda tutilmagan usulda yoki bunday shartnomaning amal qilishi toʻxtaganidan keyin foydalanish asardan shartnoma tuzmagan holda foydalanish deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.03.00 Turdosh huquqlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. TURDOSh HUQUQLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Turdosh huquqlar obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turdosh huquqlar sahna asarlariga, ijroga, ijroning audio va videoyozuviga (ijro yozuviga), efir va kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuv va eshittirishlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Turdosh huquqlarning subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etish huquqi ijrochilarga — artistlarga, sahnalashtiruvchi rejissorlarga, dirijyorlarga, shuningdek ularning merosxoʻrlariga tegishlidir. Bunday ijrodan foydalanish huquqi boshqa huquqiy vorislarga oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro yozuviga boʻlgan huquq ana shunday yozuvni amalga oshirgan shaxsga yoki uning huquqiy vorislariga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Translatsiya qilish huquqi koʻrsatuv va eshittirishni yaratgan efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotga yoki uning huquqiy vorislariga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Turdosh huquqlarning himoya belgilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijroni yozib olgan shaxs va ijrochi oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning himoya belgisidan foydalanishlari mumkin, audio yoki videoyozuvning har bir nusxasida va (yoki) ular saqlanadigan gʻilofda aks ettiriladigan bu belgi quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylana ichidagi lotincha “R” harfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida turdosh huquqlar egasining ismi (nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuv birinchi marta eʼlon qilingan yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Ijrochining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro vaqtida, ijro yozuvining nusxalarida, ijro translatsiya qilinayotganda yoki takrorlanayotganida uning ismini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarni buzib ijro etishdan ximoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrodan foydalanishni amalga oshirish yoki foydalanishga ruxsat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrodan foydalanish huquqi quyidagilarga ruxsat berish huquqini qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijroni efir va kabel orqali translatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijroni texnika vositalari yordamida yozib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozib olingan ijroni translatsiya qilish va omma oldida takrorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro yozuvini koʻpaytirish va uning nusxalarini tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochilar oʻz huquqlarini ijro etilayotgan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda roʻyobga chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrodan foydalanish huquqini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat topshirigʻini bajarish tartibida amalga oshirilgan ijroga (xizmat ijrosiga) boʻlgan huquqqa nisbatan tegishincha ushbu Qonun 35-moddasining qoidalari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Ijrochi huquqlarining amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochining Oʻzbekiston Respublikasi hududida birinchi marta amalga oshirilgan ijroga boʻlgan huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday hollarda, fuqaroligidan qatʼi nazar, huquq ijrochiga, uning merosxoʻrlariga, shuningdek ijrochining boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi. Ijrochining huquqi ijro birinchi bor chet davlat hududida amalga oshirilgan hollarda ham unga, shuningdek uning huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochining huquqlari birinchi yozuv yoki birinchi ijro (sahnalashtirish) paytidan eʼtiboran ellik yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochining nomga boʻlgan huquqi va ijroni buzishlardan himoya qilish huquqi muddatsiz qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Ijrodan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi va ijro etish huquqining boshqa egasi bu huquqdan oʻz xohishiga koʻra mustaqil ravishda foydalanishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrodan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat ijrochining ruxsati bilan yoki boshqa huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida uning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Ijrodan foydalanish huquqini tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi oʻzining ijrodan foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish, shu jumladan ijrodan u yoki bu doirada foydalanish uchun boshqa shaxsga ruxsatnoma (litsenziya) berish yoʻli bilan oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi yoki uning huquqiy vorisi ijrodan foydalanishga ruxsat etganlik uchun haq olish huquqiga ega. Foydalanishning har bir turi uchun alohida haq toʻlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haq olish huquqidan voz kechish ahamiyatsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Ijroni yozib olgan shaxsning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijroning audioyozuvini, videoyozuvini, audio-videoyozuvini amalga oshirgan shaxs va uning huquqiy vorisi ana shu yozuvga nisbatan alohida huquqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday yozuvdan boshqa shaxslarning foydalanishiga ana shu yozuvni amalga oshirgan shaxs yoki uning huquqiy vorisining ruxsati bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijroni yozib olgan shaxs yoki uning huquqiy vorisi quyidagilarni amalga oshirishga yoki quyidagilarga ruxsat berishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvni omma oldida takrorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvga tuzatishlar kiritish yoki uni oʻzga tarzda qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvning nusxalarini tarqatish (sotish, ijaraga berish va shu kabilar), shu jumladan chet elga berib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvlardan nusxa koʻchirish;
(54-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 15-dekabrdagi 175–II-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuv nusxalarini import qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ijro yozuvining nusxasiga egalik qilish huquqi ijroni yozib olgan shaxsga tegishli boʻlmasa, yozuvdan foydalanish, shu jumladan uni tijorat maqsadida ijaraga berish sohasidagi alohida huquq yozuvni amalga oshirgan shaxsda saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijroni yozib olgan shaxsning huquqlarini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro yozuviga boʻlgan huquqning egalari oʻz huquqlarini asarlar mualliflarining huquqlarini va ijrochilarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Ijrochining yozuvidan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foyda olish maqsadida eʼlon qilingan ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning va ijrosi yozilgan ijrochining roziligisiz, lekin haq toʻlagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvni omma oldida ijro etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvni efir orqali koʻrsatish va eshittirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvni hammaning umumiy maʼlumoti uchun kabel orqali yuborishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haqni toʻplash, taqsimlash hamda toʻlash mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanadigan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi (ushbu Qonunning 45-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq miqdori va uni toʻlash tartibi, bir tarafdan, yozuvdan foydalanuvchi yoki bunday foydalanuvchilar birlashmasi hamda, ikkinchi tarafdan, mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi bitimda belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haq miqdori yozuvdan foydalanishning har bir turi uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxs huquqlarining amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning huquqi, agar bu yozuv birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasida omma oldida takrorlangan yoki uning nusxalari omma orasida tarqatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxs huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi yoki joylashgan manzili boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslarga ham tegishli deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari kuchiga yoki hamjihatlik prinsipiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar.
(56-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 15-dekabrdagi 175—II-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning huquqlari yozuv amalga oshirilgan paytdan boshlab ellik yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot oʻz koʻrsatuv va eshittirishlaridan istalgan shaklda foydalanish va uchinchi shaxslarga bunday koʻrsatuv va eshittirishlardan foydalanish uchun ruxsat berish borasida alohida huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuv va eshittirishlardan uchinchi shaxslarning foydalanishi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Huquq egasi foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot quyidagilarga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatuv va eshittirishni translatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlarni beruvchi boshqa tashkilotlarga va kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarga oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini bir vaqtning oʻzida translatsiya qilishga hamda retranslatsiya qilishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini yozib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz koʻrsatuv va eshittirishlari yozuvini takrorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takrorlangan yozuv nusxalarini tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini translatsiya qilishga va bir vaqtning oʻzida kabel orqali translatsiya, retranslatsiya qilishga hamda bu koʻrsatuv va eshittirishlar yozuvini translatsiya qilishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish pullik boʻlgan joylarda ommaviy translatsiya qilish va takrorlash, boshqa shaxslarga shunday translatsiya qilish va takrorlashga ruxsat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning huquqlarini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot oʻz huquqlarini asar mualliflarining huquqlari va ijrochilarning huquqlarini, zarur hollarda esa, ijro yozuviga boʻlgan huquq egalarining hamda efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi boshqa tashkilotlarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot huquqlarining amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi, basharti tashkilotning ushbu hududda joylashgan manzili boʻlsa hamda unda joylashtirilgan uzatkichlar yordamida koʻrsatuv va eshittirishlarni amalga oshirayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuv va eshittirishga boʻlgan huquqi uni birinchi marta efirga translatsiya qilish paytidan boshlab ellik yil mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ushbu Qonunda belgilangan huquqlariga tatbiqan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan ijrochi, ijro yozuvini amalga oshirgan shaxs huquqlarining cheklanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning roziligisiz va haq toʻlamasdan ijrodan, sahna asaridan, efir orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan, kabel orqali berilgan eshittirish va koʻrsatuvdan hamda ularning yozuvidan foydalanishga, shuningdek yozuvni takrorlashga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik voqealar sharhiga ijrodan, sahna asaridan, yozuvdan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan unchalik katta boʻlmagan parchalar qoʻshish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat oʻquv yoki ilmiy tadqiqot maqsadlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrodan, sahna asaridan, yozuvdan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan uncha katta boʻlmagan parchalar keltirish shaklida, faqat bunday parchalar keltirish axborot maqsadlarida amalga oshirilishi va bunda efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan tijorat maqsadida eʼlon qilingan yozuv nusxalaridan istalgan shaklda foydalanish ushbu Qonunning 55-moddasi qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda adabiyot, fan va sanʼat asarlari muallifining mulkiy huquqlarini cheklash borasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fonogramma ishlab chiqaruvchining, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning roziligisiz efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan hamda uning yozuvidan shaxsiy maqsadda foydalanishga va fonogrammani takrorlashga yoʻl qoʻyiladi. Fonogrammani takrorlashga ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq haq toʻlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qisqa muddat foydalanish uchun yozish yoki takrorlash efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan uning oʻz asbob-uskunalari yordamida hamda uning oʻz koʻrsatuvi va eshittirishi uchun amalga oshirilayotgan boʻlsa, ushbu Qonun 50, 54, 58 va 59-moddalarining ijroning, sahna asarining yoki koʻrsatuv va eshittirishning qisqa muddat foydalaniladigan yozuvlarini amalga oshirish, tijorat maqsadida eʼlon qilingan yozuvni takrorlash uchun ijrochining, ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning hamda efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ruxsatini olish haqidagi qoidalari quyidagi shartlar bilan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot ushbu modda qoidalariga muvofiq qisqa muddat foydalaniladigan yozuv yoki bunday yozuvni takrorlash amalga oshiriladigan sahna asarining oʻzini, ijroni yoki koʻrsatuv va eshittirishni efirga berish uchun oldindan ruxsat olgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddat foydalaniladigan yozuv adabiyot, fan va sanʼat asarlarining bunday yozuvlariga nisbatan belgilangan muddat doirasida yoʻq qilib yuborilgan taqdirda (ushbu Qonunning 33-moddasi), basharti yozuv butunlay hujjat ruhida boʻlsa, rasmiy arxivlarda saqlanishi mumkin boʻlgan yagona nusxa bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan cheklashlar ijrodan, ijro yozuvidan, sahna asaridan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan hamda ularning yozuvidan normal foydalanishga zarar yetkazmagan holda va ijrochining, ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning hamda koʻrsatib oʻtilgan asarlar mualliflarining qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻymagan holda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Turdosh huquqlardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmaganlik va asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turdosh huquqlardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmagan yoxud asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalangan shaxs shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi yoxud ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarga muvofiq javobgar boʻladi.
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1041—1081-moddalari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 30-avgust.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 135-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda)