18.12.2017 yildagi PQ-3438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda metall parchalarini tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qora metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlovchi metallurgiya korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini xom ashyo bilan yanada toʻliq taʼminlash, shuningdek, ikkilamchi resurslardan samarali foydalanish xamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining metall prokatiga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirish, ularni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmlarini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2018-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qora metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va foydalanish balansi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan qora metallar prokatini tayyorlash va sotish balansi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qora metallar prokatini ajratish (yetkazib berish) faqat birja savdolari orqali, shu jumladan, avval qabul qilingan qarorlarda metall prokatini toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha hamda belgilab qoʻyilgan narxlarda yetkazib berish nazarda tutilgan obyektlar orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida sotilmagan qora metallar prokati hajmlari birinchi marta savdoga qoʻyilgan paytdan boshlab bir oy davomida birja savdolariga takroran qoʻyilishi lozim, unga talab boʻlmagan taqdirda esa toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha belgilangan tartibda eksportga sotilishi mumkin boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining quyuv sexlariga ega korxonalar tomonidan qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash, topshirish, shuningdek, foydalanish boʻyicha 2018-yilgi prognoz topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim va tibbiyot muassasalari oldiga qora metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va topshirish vazifalarini qoʻyish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning bankrotligi, tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi davomida hisobdan chiqariladigan jismoniy va maʼnaviy eskirgan uskunalar xamda metall konstruksiyalari majburiy tartibda “Oʻzmetkombinat” AJga qora metall parchalari va chiqindilari sifatida erkin (kelishilgan) narxlarda topshirilishi lozim boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi (A.S. Sultonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda 1- va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlangan balanslar parametrlarini oyma-oy bajarish jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xar oy asosida tasdiqlangan balanslarning asosiy parametrlari bajarilishini, zarur hollarda, metallurgiya korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini xom ashyo bilan yanada toʻliq taʼminlash xamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining metall prokatiga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda tizimli monitoring qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (B.A. Xodjayev) Oʻzbekiston Respublikasi Statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda xar chorak asosida, 3-ilovaga* muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha metall prokatining resurs bazasi, uni ishlab chiqarish va sotish yigʻma koʻrsatkichlari tahlillarini oʻtkazib, keyinchalik bu axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2019-yilning 1-yanvarigacha qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosi hajmlari (TIF TN kodlari 2619, 7203, 7204, 7207) bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3277-sonli qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 49-sonli qarori 1-ilovasi 15-bandining ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3438-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 07/17/3438/0424-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)