Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada koʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-sonli qaroriga, “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini koʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-sonli qaroriga hamda “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 6-noyabrdagi PK-3377-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-dekabr,
PF-5287-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PF-5287-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandida:
a) oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet ellardan xorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yoʻl qoʻygan eksportyorlar, shuningdek, tovarlarning respublikaga olib kirilishini va ularning “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va xizmatlar koʻrsatish 30 bank kunidan koʻproq muddatda (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kunida) bajarilishini taʼminlamagan importyorlar belgilangan muddatlar tugagandan soʻng respublika budjeti daromadiga jarima toʻlaydilar:”;
b) mazmuni quyidagicha xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Eksport shartnomasining sugʻurta polisi boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining hisobvaragʻiga sugʻurta tovon puli (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) kelib tushganida ushbu eksport shartnomasi boʻyicha debitor qarzdorligi summasi, moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlarida, kelib tushgan sugʻurta tovon puli miqdorida kamaytiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-sonli qarorining 3-bandida:
a) oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish eksportyorlar tomonidan ortib joʻnatilayotgan mahsulot qiymatining 100 foizi oldindan xorijiy valyutada toʻlangan haqini olganida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda “Oʻzagroeksport” AJga hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini quyidagi shartlarda eksport qilishga ruxsat beriladi:
ortib joʻnatilayotgan meva-sabzavot qiymatining kamida 30 foiz haqi oldindan toʻlanadi, qolgan qismiga esa tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoki birinchi darajali xorijiy bankning kafolati rasmiylashtiriladi;
oldindan haq toʻlamasdan, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan — “Oʻzagroeksport” AJning chet ellarda ochilgan savdo uylariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, ishonchli va uzoq muddatli hamkor sheriklar boʻlmish yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlarga.
Tadbirkorlik subyektlari ham ushbu bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shartlarda, “Oʻzagroeksport” AJ bilan komissiya shartnomasini tuzish yoʻli bilan hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishlari mumkin”;
b) oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-sonli qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish eksportyorlar tomonidan ortib joʻnatilayotgan mahsulot qiymatining 100 foizi oldindan xorijiy valyutada toʻlangan haqini olganida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda “Oʻzagroeksport” AJga hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini quyidagi shartlarda eksport qilishga ruxsat beriladi:
ortib joʻnatilayotgan meva-sabzavot qiymatining kamida 30 foiz haqi oldindan toʻlanadi, qolgan qismiga esa tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoki birinchi darajali xorijiy bankning kafolati rasmiylashtiriladi;
oldindan haq toʻlamasdan, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan — “Oʻzagroeksport” AJning chet ellarda ochilgan savdo uylariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, ishonchli va uzoq muddatli hamkor sheriklar boʻlmish yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlarga.
Tadbirkorlik subyektlari ham ushbu bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shartlarda, “Oʻzagroeksport” AJ bilan komissiya shartnomasini tuzish yoʻli bilan hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishlari mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PF-5287-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining “2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarorining 6-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-sonli qarorining 4-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-sonli qarorining 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzsanoateksport” AJ faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3220-sonli qarorining 4-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)