Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari O. UMAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-noyabr,
157-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2017-yil 16-noyabrdagi 157-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 22-banddagi “dorilar” degan soʻz “dori vositalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 63-bandning “b” va “v” kichik bandlari chiqarib tashlansin.
3. 99-bandda:
a) birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“99. Oddiy pochta joʻnatmasi joʻnatuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftari kvitansiyasi berilmasdan qabul qilinadi, ilova hujjatlariga qoʻshimcha yozuvlar yozilmasdan joʻnatiladi va adresatga tilxatsiz topshiriladi.
Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasini qabul qilishda joʻnatuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftaridan olinadigan kvitansiya beriladi. Kvitansiya daftaridan olinadigan kvitansiya berilganda, kvitansiyaning orqa tomonida taqvim shtempeli izi qoʻyiladi. Roʻyxat boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilingan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalariga bitta kvitansiya beriladi. Bitta joʻnatuvchi tomonidan joʻnatiladigan, bir vaqtda bir nechta roʻyxat boʻyicha qabul qilinadigan pochta joʻnatmalari, pul oʻtkazmalariga bitta umumiy yoki har bir roʻyxatga alohida kvitansiyalar yoziladi.”;
b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 101-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“101. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan oʻsimliklar va hayvonlar karantini eʼlon qilingan joylarda sabzavotlar, mevalar, urugʻlar, koʻchatlar va oʻsimliklar, goʻshtdan qilingan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari solingan posilkalar qabul qilinmaydi. Bu haqdagi axborot pochta aloqasi obyektlarida joylashtiriladi.”.
5. 103-bandda:
a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yuridik shaxslardan qabul qilingan pul oʻtkazmalari, oluvchining arizasiga binoan oluvchining plastik kartochkasiga oʻtkazib berilishi mumkin.”;
b) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Quyidagi mazmundagi 1041-band bilan toʻldirilsin:
“1041. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida, harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan, ogʻirligi 20 grammgacha boʻlgan oddiy xatlari belgilangan namunadagi maxsus markalangan pochta konvertlarida joʻnatiladi.”.
7. 157-bandning ikkinchi xatboshisida “xizmatchilarga va” degan soʻzlardan keyin “rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida, shuningdek” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 182-band quyidagi mazmundagi “j1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j1) pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasida adresatning manzili toʻliq koʻrsatilmaganda yoki notoʻgʻri koʻrsatilganda;”.
9. 186-bandda:
a) ikkinchi xatboshidagi “prokurorning sanksiyasi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) uchinchi xatboshidagi “qaror yoki ajrim” degan soʻzlar “ajrim” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) toʻrtinchi xatboshidagi “qaror yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 3-ilovaning 3-bandida:
uchinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Tabiatni” degan soʻz “Ekologiya va atrof-muhitni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yigʻish va ov qilish cheklangan yoki vaqtinchalik taqiqlangan oʻsimliklar va hayvonlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli taqiqlar va cheklovlar amal qilishi davrida.”;
b) oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madaniy boyliklar boʻlgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatishda, joʻnatuvchi pochta aloqasi obyektiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ruxsatnomasini taqdim etishi kerak, bu ruxsatnoma pochta, kuryerlik joʻnatmasining ichiga qoʻyiladi.”.
11. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2219-7/0412-son)