Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IChKI BOZORNI DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYoT BUYuMLARI BILAN TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan toʻldirish, narxlarning asossiz ravishda oʻsib ketishi hollariga barham berish va aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
import boʻyicha keltiriladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari, tovar yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilarning sonidan qatʼiy nazar, sotib olish qiymatining 20 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ulgurji-chakana savdo ustamasi qoʻllangan holda sotiladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ulgurji va chakana dorixona muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalari amaldagi stavkalar boʻyicha yalpi daromaddan amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. 2000-yil 1-avgustdan boshlab import boʻyicha olib kelinayotgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tijorat banklariga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini import qiluvchi ulgurji va chakana dorixona muassasalariga xizmat koʻrsatishda xorijiy valyutani sotishda vositachilik haqi stavkasini sotilgan valyutaning 0,5foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda qoʻllash tavsiya etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishda ulgurji va chakana tashkilotlar tomonidan savdo ustamalarining qoʻllanilishi tartibiga bir hafta muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
dori-darmon vositalari ishlab chiqaruvchi yetakchi chet el kompaniyalarining tovar kreditlarini jalb qilish masalasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va hal etsin.
5. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi Markaziy bankning litsenziyalariga ega boʻlgan, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini import qiluvchi korxonalar tomonidan valyutani faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan tibbiyot preparatlari roʻyxati boʻyicha konvertatsiya qilish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatovlar zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-avgust,
307-son