Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻpisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini taʼminlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar “Oʻzstandart” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini taʼminlash;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
standartlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, oʻlchovlar, sertifikatlashtirishning, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishning yagonaligini, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, oʻlchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil etish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni taʼminlash.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 159-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. “Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 7-ilovaga muvofiq korxonalarning ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketi (ulushlar) ular belgilangan tartibda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga berilgunga qadar Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga ishonchli boshqaruvga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-avgust,
373-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzstandart” agentligi deb ataladi) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish boʻyicha milliy organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzstandart” agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari;
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi;
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;
“Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi;
“Axborot-maʼlumot markazi” davlat korxonasi;
“Oʻzbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” davlat korxonasi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Agentlikka va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga hisob beradilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
3. “Oʻzstandart” agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “Oʻzstandart” agentligi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzstandart” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish “Oʻzstandart” agentligiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar va mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
6. “Oʻzstandart” agentligi, uning hududiy boshqarmalari, mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan unga qarashli boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega boʻladilar.
II. “Oʻzstandart” agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar “Oʻzstandart” agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini taʼminlash;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-sentabrdagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
standartlashtirish, oʻlchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, oʻlchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil etish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni taʼminlash.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;
mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika hududida paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash joylarida hamda respublika tashqarisida saqlash joylarida paxta tolasi sifatiga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paxta mahsulotlarining sifatini nazorat qilish va sertifikatlashni belgilangan tartibda amalga oshirish;
paxta chigitining ishlab chiqarilishi va sifati, ulardan oqilona maqsadli foydalanish, ularning sifatli saqlanishini taʼminlash, texnik paxta chigiti resurslari yoʻqotilishini kamaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
8. “Oʻzstandart” agentligi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini taʼminlash sohasida:
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-sentabrdagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihalari boʻyicha umumlashgan takliflar kiritadi;
oʻz vakolati doirasida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va oʻlchash metodlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatlarini tasdiqlaydi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-sentabrdagi 289-sonli qaroriga asosan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 415-modda)
oʻz vakolati doirasida umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarga va ularga oʻzgartirishlarga standartlarni, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish boʻyicha normalar va qoidalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
(8-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga koʻmaklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspeksiya oʻtkazish sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik shaxslarning sinov, oʻlchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish laboratoriyalarini attestatsiyadan oʻtkazadi va akkreditatsiya qiladi;
(8-bandning “a” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
b) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga oʻz vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilishni rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi;
(8-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantiradi va rivojlantiradi, milliy etalonlarni xalqaro etalonlar bilan solishtiradi va boshqa davlatlarning milliy etalonlari;
(8-bandning “b” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan Standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda uning ishlarini tashkil etish Reglamentini tasdiqlaydi, ularga muvofiq standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnika qoʻmitalari tomonidan, amaldagi standartlardagi talablar darajasidan past boʻlmagan yangi talablar joriy etilishini taʼminlash shartlariga rioya etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari va tashkilotlar standartlari ishlab chiqiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnika qoʻmitalarining, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvi organlari, standartlashtirish boʻyicha texnika qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlarini, tashkilotlar standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning har yilgi jadvalini tasdiqlaydi;
amaldagi standartlarni, maxsus texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqadi hamda mahsulotlarning raqobatbardoshliligini va sifatini taʼminlamaydigan, shuningdek qonunchilik talablariga zid boʻlgan standartlarning, maxsus texnik reglamentlarni bekor qilish, amal qilishini cheklash toʻgʻrisida davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi.
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi akkreditatsiya qilish milliy tizimining faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi guvohnomani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, tasdiqlaydi, amal qilishini toʻxtatib turadi, toʻxtatadi va uni bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini va xodimlarni sertifikatlashtirish, oʻlchash va sinash vositalarini qiyoslash, sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, oʻlchashlarni bajarish metodikalari, metrologik ekspertizadan oʻtkazish, oʻlchov birliklarini taʼminlash boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni roʻyxatga olish hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
(8-bandning “b” kichik bandi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
broshyuralar, jurnallar nashr etadi, ommaviy axborot vositalarida yoki rasmiy veb-saytda akkreditatsiya qilish masalalariga oid maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
doimiy ravishda xalqaro amaliyotni oʻrganib boradi, uning natijalari boʻyicha akkreditatsiya qilishning ilgʻor usullarini joriy etishga doir takliflar kiritadi;
muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-tamoyillarini qoʻllaydi;
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga toʻsiqlar yaratilishiga va ular oʻrtasidagi raqobatni cheklashga yoʻl qoʻymaydi.
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qaroriga asosan oʻninchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash borasida:
respublikada ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish boʻyicha ishlari natijalarini eʼtirof etish ishlarini tashkil etadi;
oʻz vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va roʻyxatdan oʻtkazadi;
shtrixli kodlashtirishni joriy etish siyosatini amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reyestrini yuritadi;
manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va oʻlchov usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar bilan taʼminlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targʻibotini amalga oshiradi;
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yaratadi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, oʻlchovlar yagonaligini taʼminlash va menejment tizimlarini joriy etish ishlarini amalga oshirishning umumiy talablari va qoidalarini belgilaydi;
(8-bandning “v” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
menejment tizimlarini joriy etish sohasida muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish;
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatini va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
(8-bandning “v” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
etalonlarni saqlaydi, qoʻllaydi hamda oʻlchamlar miqdorlarini beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, menejment tizimlari, oʻlchash vositalari, sinash vositalari va oʻlchashlarni bajarish metodikalari, sifat boʻyicha ekspert-auditorlar, akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari davlat reyestrlarini yuritadi;
(8-bandning “v” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida — texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi ilmiy, muhandis-texnik kadrlarni va boshqa manfaatdor shaxslarni oʻqitishni amalga oshiradi.
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
d) mahsulotlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligi va sifati, oʻlchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash borasida:
oʻz vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi boʻyicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik reglamentlarga, standartlarga rioya qilish, oʻlchovlar va sertifikatlash qoidalarining yagonaligini taʼminlash masalalari boʻyicha nazorat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
(8-bandning “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-sentabrdagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 415-modda)
normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, oʻlchovlarning yagonaligi va ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari taʼminlanishini tashkil etadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;
davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
e) mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish borasida:
xalqaro amaliyotni doimiy oʻrganib boradi, oʻrganishlar natijasiga koʻra mahalliy mahsulotlarni zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash sohasida va ularni tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirishda ilgʻor metodlarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining xalqaro standartlarni joriy etish, texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini oʻz vakolati doirasida boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etishda amaliy yordam beradi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni taʼminlaydi;
j) mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish borasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlar bilan birgalikda korxonalarda xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish jadvallarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat olib boradi;
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlar talablari asosida, shu jumladan xalqaro darajada tan olingan muvofiqlikni baholash organlarini jalb etgan holda sertifikatlashtirilishini tashkil etadi;
xalqaro standartlar asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning afzalliklari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borishni amalga oshiradi;
z) eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish borasida:
mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilinishida mamlakatlararo talablar haqida maʼlumot berilishida respublika korxonalariga amaliy yordam koʻrsatadi;
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifoda etadi, milliy sertifikatlarni va muvofiqlikni baholash natijalarini chet davlatlarda tan olinishiga erishish boʻyicha choralar koʻradi;
xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlarga qoʻshilish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
i) texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish borasida:
realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish, ularni samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan choralarni amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarining samaradorligini oshirish boʻyicha faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
k) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish borasida:
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shu jumladan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish va sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha dasturiy taʼminotlarini ishlab chiqadi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida yagona informatsion maʼlumotlar bazani tashkil etadi;
tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmat turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida elektron davlat reyestr bazasini shakllantiradi va yuritadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan “e” — “k” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
l) respublika hududida paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash joylarida hamda respublika tashqarisida saqlash joylarida paxta tolasi sifatiga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paxta mahsulotlarining sifatini nazorat qilish va sertifikatlashni amalga oshirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning hududiga olib kiriladigan sertifikatlangan mahsulotlarga qoʻyiladigan sifat talablarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paxta mahsulotlarining sifatini nazorat qiladi va sertifikatlashni tashkillashtiradi;
sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan belgilangan tartibda inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;
paxta tolasi va lintning toyi massasini nazorat qiladi;
paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalariga, paxta mahsulotlarining xaridorlariga va boshqa tashkilotlarga sertifikatlanadigan paxta mahsulotlari tashqi koʻrinishining standart namunalarini tayyorlash, restavratsiya qilish va taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
paxta tolasi shiradorligini aniqlash xizmatlari koʻrsatadi;
respublika hududidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizoli va hakamlik holatlarida, shuningdek, eksport-import operatsiyalarida oʻz vakolatlari doirasida paxta mahsuloti sifati boʻyicha sinovlar oʻtkazadi va xulosalar beradi.
m) paxta chigitining ishlab chiqarilishi va sifati, ulardan oqilona maqsadli foydalanish, ularning sifatli saqlanishini taʼminlash, texnik paxta chigiti resurslari yoʻqotilishini kamaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
paxta chigitini ishlab chiqarish, saqlash va sifati, undan maqsadli oqilona foydalanish ustidan tizimli davlat nazoratini amalga oshiradi;
paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilgan texnik paxta chigitining har bir partiyasini sinovlar bayonnomasini bergan holda belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazadi;
paxta chigitining miqdor-sifat hisobi toʻgʻri yuritilishi, korxonalarda saqlashda tabiiy kamayish normalari qoʻllanilishining asoslanganligi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;
paxta chigiti sifatiga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi, shuningdek, ishlab chiqarish, saqlash, joʻnatish, qabul qilish, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinovdan oʻtkazish usullarini doimiy nazorat qiladi;
paxta chigitining sifatini oshirishni va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
paxta chigiti va ularni qayta ishlash mahsulotlari balanslarini tuzishda qatnashadi, sotib olish moʻljallanayotgan xomashyo sifati, shu jumladan, eksport-import operatsiyalariga doir takliflar kiritadi;
paxta chigiti resurslarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash, ularning sifati, ularni saqlash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlarining hisoblarini eshitadi;
paxta chigitining sifati yomonlashishi, yoʻqotilishi holatlari va sabablarini bartaraf etish boʻyicha zaruriyatga koʻra, koʻrsatma bergan holda ularning holatlari va sabablarini aniqlaydi hamda paxta chigiti resurslari saqlanishi va ulardan oqilona foydalanishini taʼminlash sohasidagi ishlarning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga axborot beradi;
har yili paxta tozalash korxonalari bilan birgalikda yangi hosil paxta chigitining sifatini, ularning texnologik tavsiflarini tahlil qilgan holda tekshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan “l” va “m” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
9. “Oʻzstandart” agentligi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻz hududiy boshqarmalari, oʻziga qarashli organlar va muassasalar orqali amalga oshiradi.
III. “Oʻzstandart” agentligining huquqlari va javobgarligi
10. “Oʻzstandart” agentligi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sinash sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish masalalarini hal etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-sentabrdagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish hamda mahsulotlar sifatini boshqarish masalalari boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-sentabrdagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert komissiyani tashkil etish;
oʻz vakolati doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertiza qilish;
oʻz vakolati doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tashkilotlardan “Oʻzstandart” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va materiallarni belgilangan tartibda olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh yigʻilishlarida davlat boshqaruv organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy sheriklar bilan birgalikdagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining standartlashtirish, metrologiya, mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish masalalari boʻyicha axborotlarini tinglash;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish boʻyicha tarmoq va tarmoqlararo texnika qoʻmitalari tashkil etishda qatnashish;
davlat nazorati natijalarini tahlil qilish asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshliligini oshirish hamda sifat tizimlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar kiritish;
standartlashtirish, metrologiya, respublika iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish muammolarini koʻrib chiqish boʻyicha vaqtinchalik ilmiy-texnika komissiyalari tuzish;
nazorat qilinayotgan mahsulotlar koʻrsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida sotish va saqlash korxonalarida nazorat xaridini oʻtkazish yoʻli bilan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat nazoratini amalga oshirish;
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maxsus jamgʻarmani shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish uchun foydalanish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllash;
mahsulotning raqobatbardoshliligini va sifatini taʼminlamaydigan hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan normativ hujjatlarni bekor qilish, ularning amal qilish muddatini cheklash yoki qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqiy taʼsir koʻrsatish chorasi sifatida akkreditatsiya qilish va attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish, koʻrsatib oʻtilgan guvohnomalarni bekor qilish yoki oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish.
(10-bandning oʻn uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar, yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiya organlari, sinov, oʻlchash, tekshirish va kalibrlash laboratoriyalari faoliyati ustidan oʻz vakolatlari doirasida inspeksiya nazorati oʻtkazish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro (davlatlararo) standartlar va boshqa mamlakatlarning milliy standartlarini, shu mamlakatlar bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq, rasmiy eʼlon qiladi, tarqatadi va nashr etadi va qayta nashr etadi;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish boʻyicha xalqaro va davlatlararo tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qilish;
“Oʻzstandart” agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. “Oʻzstandart” agentligi belgilangan tartibda oʻz vakolati doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
“Oʻzstandart” agentligi, zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
12. “Oʻzstandart” agentligi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
IV. “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Oʻzstandart” agentligini maqomiga koʻra vazirga tenglashtiriladigan Bosh direktor boshqaradi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh direktorning bir nafar oʻrinbosari boʻladi. Bosh direktorning oʻrinbosari maqomiga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzstandart” agentligining bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. “Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Bosh direktor va Bosh direktor oʻrinbosari ayni bir vaqtda lavozimiga koʻra tegishli ravishda Standartlar va oʻlchovlarning yagonaligi taʼminlanishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat bosh inspektori va davlat bosh inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
15. “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori:
“Oʻzstandart” agentligi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
“Oʻzstandart” agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va “Oʻzstandart” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz oʻrinbosari vakolatini belgilaydi, “Oʻzstandart” agentligi tizimi boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, oʻz oʻrinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning “Oʻzstandart” agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli organlar va muassasalarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
“Oʻzstandart” agentligi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida “Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati, shuningdek Agentlikka qarashli organlar va muassasalar shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
“Oʻzstandart” agentligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, shuningdek “Oʻzstandart” agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
“Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar rahbarlarini, Oʻzstandart” agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, sifat va davlat nazorati boʻyicha organlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan idoralararo tusdagi xalqaro, davlatlararo shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;
(15-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzstandart” agentligida bosh direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), bosh boshqarma boshligʻiga tenglashtirilgan bosh metrolog (lavozimiga koʻra), shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Bosh direktorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Agentlik faoliyatining standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, shuningdek standartlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, oʻlchovlar, sertifikatlashtirishning, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishning yagonaligini, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
“Oʻzstandart” agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun “Oʻzstandart” agentligi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat “Oʻzstandart” agentligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hayʼat majlisiga “Oʻzstandart” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda bosh direktor paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
17. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
“Oʻzstandart” agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari lavozimiga koʻra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va oʻlchovlar yagonaligi taʼminlanishi ustidan nazorat boʻyicha davlat bosh inspektorlari hisoblanadilar.
18. “Oʻzstandart” agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda boʻlimlarining zimmasiga davlat nazoratini amalga oshirish yuklangan boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, mutaxassislari lavozimiga koʻra ayni bir vaqtda standartlar va oʻlchovlar yagonaligi taʼminlanishi ustidan nazorat boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
19. Standartlar va oʻlchovlar yagonaligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
V. “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini toʻxtatish
20. “Oʻzstandart” agentligini qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 159-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 159-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlari investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga berilgungacha “Oʻzstandart” agentligiga ishonchli boshqaruvga beriladigan korxonalar roʻyxati
(7-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
|
T/r |
Korxonalar nomi |
Davlat ulushi, % |
|
1. |
Andijon “Etalon” zavodi AJ |
25 |
|
2. |
Buxoro “Etalon” zavodi AJ |
25 |
|
3. |
Qoʻqon “Etalon” zavodi AJ |
25 |
|
4. |
Namangan “Etalon” zavodi AJ |
25 |
|
5. |
Nukus “Etalon” zavodi AJ |
25 |
|
6. |
Samarqand “Etalon” zavodi AJ |
25 |
|
7. |
Urganch “Etalon” zavodi AJ |
25 |
|
8. |
Fargʻona “Etalon” zavodi AJ |
25 |
Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. 13-bandda:
oltinchi xatboshidagi “daromadlaridan” soʻzi “yalpi foydasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, maxsus jamgʻarma mablagʻlari:
ilmiy-texnika ishlanmalarini moliyalashtirishga;
qonun hujjatlarini va normativ hujjatlarni ishlab chiqishga;
Davlat reyestrlarini yuritishga;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga;
milliy etalon bazani, “Oʻzstandart” agentligi tizimidagi sinov va oʻlchov laboratoriyalarini rivojlantirishga;
oʻzaro hamkorlik tadbirlariga hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga badallar toʻlashga;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga;
binolar, inshootlar va muhandislik tarmoqlarini mukammal taʼmirlash va saqlashga, asbob-uskunalar sotib olishga;
standartlarni hamda normativ hujjatlarning majburiy talablariga rioya qilinishi oʻlchovlarining yagonaligi taʼminlanishini davlat tomonidan nazorat qilishga;
mahsulotlarning solishtirish sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishga yoʻnaltiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 31-32-son, 319-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 18-son, 178-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2015-y., 42-son, 534-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 2016-y., 36-son, 415-modda; 2017-y., 23-son, 473-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son; 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)