Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
“Kasb-hunarga oʻqitish markazlariga oʻqitishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2860-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-son “Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish, kasb-hunarga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining 2017-yil 27-yanvardagi 3-B-son “Kasb-hunarga oʻqitish markazlariga oʻqitishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2860, 2017-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 124-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-noyabr,
43-B-son
Kelishilgan:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
2017-yil 30-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2860-1/0392-son)