07.12.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2954
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2954]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli “Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais R. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 26-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 26-oktabrdagi 13-mh-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerlar kengashi — sport turlari boʻyicha bosh (katta) trenerlar va trenerlar, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalarida (uyushmalarida) yoki ular boʻlmagan taqdirda, respublika oliy sport mahorati maktablarida tashkil etiladigan sportchilarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalari — Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishda qonuniylik, tenglik, obyektivlik, adolatlilik hamda oshkoralik prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlari sportchilarning oʻtgan sport mavsumida rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki yakunlariga koʻra shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalarida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha sportchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni tayyorlashda bevosita qatnashgan trenerlar hamda xizmat koʻrsatuvchi va maʼmuriy xodimlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari) kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari nomzodlari roʻyxatiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga hamda mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq sportchilar, shuningdek trenerlar va xizmat koʻrsatuvchi hamda maʼmuriy xodimlar roʻyxatini (bundan buyon matnda roʻyxat deb yuritiladi) shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Roʻyxat trenerlar kengashida muhokama qilinadi va uning natijasi boʻyicha kengash bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Roʻyxat Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda 3 ta nusxada rasmiylashtiriladi va majburiy ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbari tomonidan imzolanadi va sport federatsiyasining (uyushmasining) muhri (muhr mavjud boʻlganda) bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport turi boʻyicha bosh (katta) trener tomonidan imzolanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport turi boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi mavjud boʻlganda, ushbu maktab rahbari tomonidan imzolanadi va maktabning muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxat (3 ta nusxada) sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbari tomonidan imzolangan taqdimnomaga ilova qilgan holda har yili 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (bundan buyon matnda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi deb yuritiladi) taqdim etiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-1, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli sport turi boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi mavjud boʻlganda, taqdimnoma ushbu maktab rahbari bilan kelishilgan holda maktab tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnomaga qoʻshimcha ravishda trenerlar kengashining roʻyxatni muhokama qilganligi haqidagi bayonnomasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan har yili 10-yanvarga qadar koʻrib chiqiladi. Bunda Roʻyxat Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga hamda mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq shakllantirilganligi oʻrganib chiqiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-1, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Roʻyxatda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi asoslantirilgan (kamchiliklar koʻrsatilgan) xati bilan roʻyxatni uni taqdim etgan tashkilotga qaytaradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-1, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (respublika oliy sport mahorati maktabi) Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xatida roʻyxat boʻyicha bildirilgan kamchiliklarni bartaraf etib, roʻyxatni mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda taqdimnomaga (kelishilgan taqdimnomaga) ilova qilgan holda 15-yanvarga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga qayta taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-1, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (respublika oliy sport mahorati maktabi) tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni umumlashtiradi va 31-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatini tasdiqlaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-1, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan asoslarga muvofiq qayta koʻrib chiqish zarurati boʻlganda, Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (respublika oliy sport mahorati maktabi) taqdimnoma (kelishilgan taqdimnoma) bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga murojaat qiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-1, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taqdimnomaga trenerlar kengashi tomonidan roʻyxatni qayta koʻrib chiqish va unga oʻzgartirish kiritish masalasi muhokama qilganligi haqidagi trenerlar kengashi bayonnomasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnomani 30 kun ichida koʻrib chiqadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-1, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyrugʻiga asosan kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-1, 25.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxati Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan shakllantiriladi va har yili 31-yanvarga qadar tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 26-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalarida (oʻtgan sport mavsumida) erishilgan koʻrsatkichlarga (egallagan oʻrinlariga) koʻra sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlariga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sport turlari, sport turlari yoʻnalishlari

Sport terma jamoasi tarkibi

Olimpiya (paralimpiya) oʻyinlari, jahon chempionatlari

Osiyo chempionati,

Osiyo oʻyinlari

Jahon kubogi

(bosqichlar yigʻindisi yoki final)

Osiyo kubogi (bosqichlar yigʻindisi yoki final)

“A” toifasidagi Xalqaro musobaqalar

Oʻzbekiston chempionati

Oʻzbekiston kubogi

(bosqichlar yigʻindisi yoki final)

shaxsiy (jamoaviy)
musobaqalar, jamoaviy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar

jamoaviy musobaqalar, estafetalar

Sport yakkakurashlari, jumladan tennis, stol tennisi, badminton,
ogʻir atletika

asosiy

1 — 8

-

1 — 6

-

1 — 8

-

1 — 4

-

1-2

1 — 3

-

1 — 3

-

zaxira

9 — 16

-

7 — 12

-

9 — 16

-

5 — 8

-

3-4

4 — 6

-

4 — 6

-

Jamoaviy sport oʻyinlari

asosiy

ishtirok etish

-

1 — 4

-

1 — 4

-

1 — 3

-

1-2

1-2

-

1-2

-

zaxira

5 — 8

-

5 — 8

-

4 — 6

-

3-4

3-4

-

3-4

-

Sportning qishki turlari

asosiy

ishtirok etish

ishtirok etish

1 — 6

1 — 4

1 — 6

1 — 4

1 — 3

1-2

1-2

1-3

1 — 3

1-2

1-2

zaxira

7 — 12

5 — 8

7 — 12

5 — 8

4 — 6

3-4

3-4

4-5

4-5

3-4

3-4

Boshqa sport turlari

asosiy

1 — 10

1 — 8

1 — 4

1 — 3

1 — 3

1-2

1 — 3

1-2

1-2

1 — 3

1 — 3

1-2

1-2

zaxira

11 — 20

9 — 16

5 — 8

4 — 6

4 — 6

3-4

4 — 6

3-4

3-4

4-5

4-5

3-4

3-4

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2954/0389-son, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 04.11.2021-y., 10/21/2954-2/1019-son; 05.08.2022-y., 10/22/2954-3/0720-son; 23.11.2023-y., 10/23/2954-4/0878-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)