Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalarining 93-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2530-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 57-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2530, 2013-yil 26-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 48-son, 628-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalarida pochtani tashish qoidalarining 93-bandidagi “Xoʻjalik sudiga” degan soʻzlar “iqtisodiy sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-noyabr,
159-mh-son
Kelishilgan:
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. ULJAYEV
2017-yil 28-noyabr
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori U. ROZUKULOV
2017-yil 28-noyabr
“Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori Sh. ATAMUXAMEDOV
2017-yil 28-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2530-1/0388-son)