Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-noyabr,
169-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 24-noyabrdagi 169-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. 7 011 400 “Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyati” kichik boʻlimi boʻyicha shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.”.
2. 110-banddagi “targʻibot” degan soʻz “va maʼrifat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 1-ilova 3 011 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 012 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 012 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 013 0 0 Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi;
3 013 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 014 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi;
3 014 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 014 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 014 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 014 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
3 015 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi;
3 015 1 0 Respublika mablagʻlari”.
4. 2-ilovada:
1) 3 422 102 qatordagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 3 422 110 qatordagi “Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni” degan soʻzlar “Tadbirkorlik subyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 3 422 219 qatordagi “Oʻsimliklar karantini bosh” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3 450 973 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 450 974 Asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlar ijarasidan daromadlar”.
5. 3-ilovada:
1) 27 409 qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27 415 Ohangaron shahri”;
2) 27 420 qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27 401 Nurafshon shahri”;
3) 27 426 qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27 424 Yangiyoʻl shahri”.
6. 4-ilovada:
1) 7 011 401 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaharcha, qishloq, ovul va shaharlar mahallalarining fuqarolar yigʻinlarini saqlash xarajatlari”;
2) 7 011 402 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaharlar hududidan tashqarida joylashgan mahallalar fuqarolar yigʻinlarini saqlash xarajatlari”;
3) 7 016 105 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 016 106 Viloyat saylov komissiyasi kotibini saqlash xarajatlari”;
4) 7 017 202 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 017 209 Tashqi qarz bilan bogʻliq boshqa xarajatlar”;
5) 7 018 105 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 018 106 Davlat boshqaruvi sektorining boshqa birliklariga beriladigan ssudalar”;
6) 7 019 700 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 019 800 Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar”;
7) 7 021 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 021 500 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini saqlash xarajatlari”;
8) 7 033 700 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 033 900 Boshqa xarajatlar;
7 033 901 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonini saqlash xarajatlari”;
9) 7 041 901 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 041 902 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini saqlash xarajatlari”;
10) 7 042 105, 7 042 110, 7 042 112 va 7 042 910 qatorlar chiqarib tashlansin;
11) 7 042 125 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 042 130 Davlat veterinariya xizmati;
7 042 131 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi;
7 042 132 Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari;
7 042 133 Tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlari;
7 042 134 Respublika hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tashxis markazi;
7 042 135 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari;
7 042 136 Tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari;
7 042 137 Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi;
7 042 138 Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi”;
12) 7 043 201 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 043 209 Boshqa xarajatlar”;
13) 7 044 303 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 044 901 Boshqa xarajatlar”;
14) 7 049 960 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 049 970 Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazini saqlash xarajatlari”;
15) 7 082 920 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 082 930 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi xarajatlari”;
16) 7 085 500 qatordagi “targʻibot markazi va” degan soʻzlar “va maʼrifat markazini hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 7 085 500 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 085 600 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini saqlash xarajatlari”;
18) 7 094 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 094 400 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi xarajatlari;
7 094 410 Oʻquv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslarini, sport inshootlarini va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish;
7 094 420 Oʻquv-ilmiy laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, jahon taʼlim resurslaridan, ilgʻor ilmiy adabiyotlar elektron kataloglaridan va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishni kengaytirishni moliyalashtirish;
7 094 430 Boshqa xarajatlar”;
19) 7 096 300 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarini saqlash xarajatlari”;
20) 7 098 500 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 098 600 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligini saqlash xarajatlari;
7 098 601 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi xarajatlari;
7 098 602 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalari xarajatlari”;
21) 7 102 416 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 102 417 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining pensiya va nafaqa xarajatlari”;
22) 7 109 120 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 109 130 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasini saqlash xarajatlari”.
7. 5-ilova 42 52 430 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“42 52 440 Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari”.
8. 5a-ilova 42 52 430 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“42 52 440 Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2146-7/0382-son)