05.12.2017 yildagi PF-5273-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni taʼminlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzmilliybank):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi chegarasi doirasida “Chorvoq” erkin turistik zonasini (keyingi oʻrinlarda — erkin turistik zona) tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar qurish, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda oʻziga xos turistik yoʻnalishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining arzonligini taʼminlash, hududda transport harakatining yangi (poyezd, elektropoyezd, avtobus), shu jumladan, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yoʻlovchi transporti yoʻnalishlarini kengaytirish, uning toʻxtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlar xavfsizligining qoʻshimcha sharoitlarini, shu jumladan turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, mintaqa hududiga keluvchi turistlar haqida yagona maʼlumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yoʻli bilan yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zona erkin iqtisodiy zona hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zona va erkin turistik zona ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalari, shu jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va ular ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zonaning faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent viloyatining erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengash) zimmasiga erkin turistik zona boʻyicha maʼmuriyatchilik funksiyalari yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakili hamda Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti direktori maʼmuriy kengash tarkibiga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent viloyati hokimligi maʼmuriy kengash, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda tashkil etilayotgan erkin turistik zonaning aniq chegaralarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, erkin turistik zona Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi doirasida yaxlit hudud koʻrinishida, shuningdek, alohida hududlar koʻrinishida belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda erkin turistik zonaga kiruvchi hududlar chegaralarini belgilash, shuningdek “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zonaning bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib — Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan (quyosh, shamol, geotermal) foydalangan holda muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish, shuningdek, erkin turistik zonaning ekologiyasini saqlash uchun zamonaviy tozalash inshootlari va issiqlik bilan taʼminlash obyektlarini qurish boʻyicha bosh loyiha, bosh pudratchi va foydalanuvchi tashkilot etib — “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyiha tashkiloti etib — “ToshkentboshplanLITI” DUK belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “ToshkentboshplanLITI” DUK olti oy muddatda xalqaro maslahatchilarini jalb qilgan holda erkin turistik zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin hamda maʼmuriy kengash bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Erkin turistik zona hududida yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har yili kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda erkin turistik zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun haq toʻlash, erkin turistik zonaning ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi asosida erkin turistik zonaning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, maʼmuriy kengash bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga erkin turistik zonada amalga oshirish va joylashtirish uchun loyihalarni tanlash mezonlari boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) erkin turistik zonada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 100 mln. AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit liniyasi ochilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi mablagʻlarini qayta moliyalashtirish Oʻzmilliybank, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka” ATB tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi doirasida xorijiy valyutadagi kreditlar 2 yillik imtiyozli davr, yillik 2 foiz qoʻshilgan 6 oylik LIBOR va bankning yillik 0,5 foiz miqdoridagi marjasiga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan 7 yilgacha muddatga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kredit liniyasi mablagʻlari zamonaviy import jihozlari va texnologiyalarini xarid qilish uchun investitsiya loyihasi qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmagan summada ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzmilliybank, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka” ATBga:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zona hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida 100 foizgacha bank ulushi bilan, shu jumladan banklarning tegishli investitsiya kompaniyalari orqali ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy banklar va boshqa investorlar — yuridik va jismoniy shaxslar (shu jumladan, xorijiy), davlat va nodavlat jamgʻarmalar, korxona va tashkilotlarning grantlari, kredit liniyalari va investitsiyalarini, begʻaraz moliyaviy yordamlarini hamda tijorat banklarining kreditlarini jalb qilish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda erkin turistik zona hududida intellektual transport, geoinformatsiya tizimi va boshqa shu kabilarni nazarda tutuvchi xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda turistlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, shu jumladan, tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin, bunda erkin turistik zonaning tibbiyot muassasalari, xususan sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini muassasalari bilan taʼminlanishiga, ularning zamonaviy jihozlar va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Toshkent — Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi (va ortga) yoʻnalishi boʻyicha, zarur holda yangi qulay yoʻnalishlarni joriy etgan holda, kombinatsiyalashgan yoʻlovchi tashish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qarori bilan tashkil etilgan Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda maishiy chiqindilarni erkin turistik zona hududidan eng yaqin chiqindilarni qayta ishlash korxonalariga olib chiqib ketishni tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha choralar koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzmilliybank bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvoq erkin turistik zonasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini va uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda ularni maʼmuriy kengash va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5273-son