Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
“Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2623-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2014-yil 3-oktabrdagi 25-B-son “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2623, 2014-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 44-son, 541-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-noyabr,
36-B-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/2623-1/0358-son)