Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALARDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BOʻLGAN SIFATNI BOSHQARISH TIZIMLARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshliligini yanada oshirish, respublikaning eksport salohiyatini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 348-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari mazkur qarorga 1-ilovaga* kiritilgan korxonalar boʻyicha sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirish tadbirlarining tarmoq dasturlarini ikki hafta muddatda tasdiqlasinlar.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirishning tahliliga oid masalalarni Komplekslarning har chorakdagi majlislarida muntazam koʻrib chiqish Vazirlar Mahkamasi komplekslari ish amaliyotiga joriy etilsin.
Ish yakunlarini chiqarishda boshqaruvning barcha darajalarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha koʻrsatkichlardan rahbarlar ishini baholash mezonlaridan biri sifatida foydalanilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 348-modda)
Quyidagilar ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va mahsulotlarni oʻz vaqtida sertifikatlash ishlarini muvofiqlashtirish;
ishlab chiqaruvchi korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlash bilan bogʻliq jarayonlarning muntazam monitoringini amalga oshirish;
sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish tadbirlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa donor tashkilotlarning grantlarini jalb etishda ishlab chiqaruvchi korxonalarga koʻmaklashish;
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimini joriy etgan ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga doir takliflar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, daromad (foyda) soligʻini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi va ularni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan investitsiyalar summasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sinov laboratoriyalariga ega boʻlgan korxonalar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq laboratoriyada tekshirish va test sinovidan oʻtkazishda foydalaniladigan texnologiya jihozlari, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni chetdan keltirishda, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona toʻlovlaridan, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 102-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 202-modda)
6. “Oʻzstandart” agentligi xalqaro sifat standartlarini joriy etgan korxonalar reyestrini tashkil etsin va uning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga texnika sohasi oʻquv yurtlarida “sifat menejeri” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash dasturini joriy etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi korxonalarning ishlab chiqarishlarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha tajribasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-iyul,
349-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 34-35-son, 348-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 336-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 34-36-son, 264-modda; 45-son, 341-modda;2006-y., 12-13-son, 105-modda; 34-35-son, 348-modda; 2007-y., 19-20-son, 202-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda, 26-son, 297-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)