Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi hamda Adliya vazirligiga qoʻshimcha funksiyalar yuklanishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
a) II boʻlim 7-bandning 8-kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan davlat mablagʻlarini ular oʻrtasida taqsimlaydi”;
b) III boʻlim 9-bandning 28-kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-iyul,
343-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 334-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda)