27.11.2002 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-yanvardagi PF-3022-son Farmoniga muvofiq hamda sugʻurta tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, sugʻurtalovchilarning moddiy-texnika bazasini va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining sugʻurta tashkilotlariga boʻlgan ishonchini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-maydagi 105-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 21-son, 215-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxslar uchun sugʻurtaning ixtiyoriy turlari boʻyicha yillik xarajatlar normativi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan tushum yillik hajmining ikki foizi miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi idoraviy normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurtalovchi va sugʻurta brokerining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ talabiga koʻra sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga doir qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori (litsenziat)ning rahbari va bosh buxgalteri sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlishlari kerak;
(5-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 270-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sugʻurta tashkilotlarida rahbar lavozimini egallashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalovchilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi)ning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan oʻz filiallariga ega boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;
(6-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qarori tahririda — 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimining mavjud boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 26-27-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovoni va tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan oʻz filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari mavjud boʻlishi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalovchilar uchun;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 299-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallariga ega boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning mavjud boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta brokerlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta brokerining sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta turlari (klasslari) qoʻshib olib borilganda quyidagi qoidalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalovchi litsenziyasida litsenziat amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurta turlari (klasslari) koʻrsatiladi. Sugʻurta klassi muayyan umumiy belgilar boʻyicha birlashtirilgan sugʻurta turlari yigʻindisini ifodalaydi. Har bir klassning mazmuni va oʻtkazish shartlari boʻyicha talablar mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta turi sugʻurtalovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va sugʻurta qildiruvchiga sugʻurtaning bir yoki bir nechta klassi doirasida koʻrsatiladigan aniq sugʻurta xizmatini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) litsenziat, unda mazkur Nizomda belgilanadigan sugʻurta klasslarini qoʻshib olib borishga doir cheklashlarni hisobga olgan holda sugʻurtaning tegishli klasslari koʻrsatilgan litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda ikki va undan ortiq sugʻurta klassi belgilari va mazmunini jamlovchi sugʻurta turini ishlab chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat — sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini qoʻshib olib borishga haqli emas, umumiy sugʻurtaning 1 va 2-klasslari boʻyicha faoliyat bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalovchilar uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(9-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar — soʻrovnoma, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda mehnat daftarchasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
(9-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitali toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank maʼlumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta faoliyatining iqtisodiy asoslanishi, unga sugʻurtalash operatsiyalarini rivojlantirish prognozini, ehtimol tutilgan qayta sugʻurtalash bitishuvlari rejasini, sugʻurta zaxiralarining hisob-kitob rejasini oʻz ichiga oluvchi litsenziyalanayotgan sugʻurta klassi boʻyicha biznes-reja kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalashning litsenziya talab qilinadigan turlari boʻyicha qoidalar (shartlar), litsenziyada quyidagilar boʻladi: sugʻurtalash subyektlari doirasini belgilash va sugʻurta shartnomasi tuzish boʻyicha cheklashlar, sugʻurta obyektlarini belgilash, sugʻurta hodisalari roʻyxatini belgilash — ushbu holatlar roʻy berganda sugʻurtalovchining sugʻurta toʻlovlari boʻyicha majburiyatlari paydo boʻladi, (asosiy va qoʻshimcha shartlar), olib qoʻyish (tavakkalchilarning yoki mol-mulklarni) bunda sugʻurtalovchi majburiyatlarni bajarmasdan ozod boʻladi, sugʻurta mukofotlari tariflari (stavkalari), sugʻurtalashning eng koʻp (eng kam) muddati, sugʻurta shartnomalarini tuzish va sugʻurta mukofotlarini toʻlash tartibi, tomonlarning sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻzaro majburiyatlari va sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlovni rad etishning mumkin boʻlgan holatlari sugʻurta shartnomasi boʻyicha eʼtirozlarni koʻrib chiqish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarga sugʻurta shartnomalari namunalari ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori rahbari tomonidan tasdiqlangan sugʻurtalash qoidalari (shartlari) ikki nusxada taqdim etiladi, ularning betlari tikilgan va raqamlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat turi faqat qayta sugʻurta qilishdan iborat boʻlgan litsenziya talabgorlari mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni taqdim etadilar, sugʻurtalash qoidalari (shartlari)ga oid xat boshi bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari ushbu kichik bandda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimining nusxasini;
(9-bandning “a” kichik bandi oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchilarning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan filiallari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
(9-bandning “a” kichik bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qarori tahririda — 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati predmeti ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham hisoblanadigan litsenziya talabgorlari ushbu kichik bandda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda qoʻshimcha ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovoni va tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan oʻz filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadilar.
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 299-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati predmeti tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham hisoblanadigan litsenziya talabgorlari ushbu kichik bandda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda qoʻshimcha ravishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasini;
(9-bandning “a” kichik bandi oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallari mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadilar.
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta brokerlari uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;
(9-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(9-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar — soʻrovnoma, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda mehnat daftarchasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
(9-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitali toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank maʼlumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi, litsenziya talabgorining rahbari tomonidan tasdiqlangan sugʻurta qoidalari (shartlari) bundan mustasno.
(9-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 270-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgoridan barcha zarur hujjatlar bilan ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Litsenziyalar berish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va komissiya toʻgʻrisidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlislari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Majlislarning soʻrov yoʻli bilan oʻtkazilishiga va rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilib olingan kunda ekspert komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni oʻn yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya bitimi imzolash uchun yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatiga litsenziyalar belgilangan shakldagi maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankasi namunalari litsenziyalovchi organ tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalar litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan hamda u litsenziya bitimini imzolagandan keyin litsenziyalovchi organ tomonidan ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning asl nusxasi litsenziatga beriladi, litsenziya nusxasi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organda saqlanadi. Litsenziyani yoki litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida uch kun muddatda qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar takroran koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorlaridan yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilgan taqdirda litsenziya berishning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Litsenziyalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dublikat berishning asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlat boji toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatiga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
(VII boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida sugʻurtalovchi va sugʻurta brokerining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining ayrim turlari (toifalari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Litsenziat litsenziyani qayta rasmiylashtirgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining ayrim turlari (toifalari) uchun toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishi, shuningdek eʼlonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi va “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatishga asos boʻlgan litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalovchilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat uchun qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda olingan maxfiy axborotni sugʻurta qildiruvchining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta brokerlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz uchun manfaatli emasligi oldindan maʼlum boʻlgan sugʻurta shartnomasini tuzish va bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtaga doir vositachilik faoliyatini amalga oshirishda olingan maxfiy axborotni sugʻurta qildiruvchining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ uning oldida litsenziat koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining
sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta faoliyati klassifikatori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hayotni sugʻurta qilish tarmogʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klass tartib raqami‎ Klassning nomi‎

Mazmuni va sugʻurta qilish shartlari boʻyicha talablar‎

I klass‎ Hayot va annuitetlar‎

Quyidagi hollarda sugʻurta summalari toʻlash boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sugʻurta qilish turlari jami:
‎— sugʻurta qilinuvchining sugʻurta muddati tamom boʻlgungacha yoki sugʻurta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;
‎— sugʻurta qilinuvchining vafot etishi; shuningdek sugʻurta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy toʻlovlar (annuitetlar), III klass bundan mustasno ‎

II klass‎ Nikoh va tugʻilish‎

Nikohga kirishda yoki bola tugʻilganda sugʻurta summasi toʻlanishini taʼminlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sugʻurta qilish turlari jami‎

III klass‎ Hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish‎ Umrbod renta toʻlanishi bilan birgalikda hayotni sugʻurta qilish turlari jami‎
IV klass‎ Sogʻliqni sugʻurta qilish‎

Koʻrsatib oʻtilgan sugʻurta davri kamida besh yildan kam boʻlmagan muddatga yoki sugʻurta qilinuvchining pensiya yoshiga yetguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yoʻqotganda sugʻurta summalari toʻlanishini taʼminlovchi hayotni sugʻurta qilish turlari jami. Bunda shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta davri sugʻurtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin emas‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy sugʻurta tarmogʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klass tartib raqami‎ Klassning nomi‎

Mazmuni va sugʻurta qilish shartlari boʻyicha talablar‎

1-klass‎ Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish

‎Quyidagi hollarda:
‎a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sogʻliqning qattiq shikastlanishi, yoxud;
‎b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;
‎v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yoʻqotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass boʻyicha sugʻurta shartnomalarini istisno qilgan holda, sugʻurta qilingan shaxsga sugʻurta taʼminotining belgilab qoʻyilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami

2-klass‎ Kasallikdan ehtiyot shart sugʻurta qilish

Sugʻurta taʼminotining belgilab qoʻyilgan pul summasi toʻlanishini yoki kasallik yoki sogʻliqning izdan chiqishi munosabati bilan sugʻurta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni taʼminlovchi sugʻurta turlari jami, biroq hayotni sugʻurta qilish tarmoqlarining IV klassi boʻyicha shartnomalarni istisno qilgan holda

3-klass‎ Yer usti transport vositalarini sugʻurta qilish

Transport vositalari, oʻzi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi bundan mustasno, yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami

4-klass‎ Harakatlanadigan temir yoʻl tarkibini sugʻurta Harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami
5-klass‎ Aviatsiya sugʻurtasi‎ Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami‎
6-klass‎ Dengiz sugʻurtasi‎ Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami‎
7-klass‎ Yoʻldagi mol-mulkni sugʻurta qilish‎ Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami‎
8-klass‎ Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sugʻurta qilish‎ Yongʻin, portlash, boʻron, dovul, jala, koʻchki, tuproqning choʻkishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi taʼsiri natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʻrsatilganlar bundan mustasno) yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami ‎
9-klass‎ Mol-mulkni zarardan sugʻurta qilish‎ 8-klassda koʻrsatilmagan doʻl, qalin qor yogʻishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib oʻgʻirlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʻrsatilgandan boshqa) yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari jami‎
10-klass‎ Avtofuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish‎ Yer usti transport vositalari va boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami‎
11-klass‎ Aviatsiya sugʻurtasi doirasidagi javobgarlikni sugʻurta qilish‎ Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami‎
12-klass‎ Dengiz sugʻurtasi doirasida javobgarlikni sugʻurta qilish‎ Dengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami‎
13-klass‎ Umumiy fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish‎ 10, 11 va 12-klasslarda koʻrsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo boʻlgan taqdirda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami‎
14-klass‎ Kreditlarni sugʻurta qilish‎ Sugʻurta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sugʻurta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami‎
15-klass‎ Kafillikni (kafolatlarni) sugʻurta qilish‎ Sugʻurta qildiruvchining oʻziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami‎
16-klass‎ Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish‎

Quyidagi hollarda:
‎a) sugʻurta qildiruvchining biznesi (xoʻjalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sugʻurta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xoʻjalik faoliyati) koʻlami kamayishi natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda;
‎ b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda (17-klassda koʻrsatilgandan tashqari);
‎v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida koʻrsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami ‎

17-klass‎ Huquqiy himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni sugʻurta qilish‎ Sud muhokamasi bilan bogʻliq koʻrilgan xarajatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining
sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 12-son, 45-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parvozlarda qatnashuvchi uchuvchilar — texnik xodimlar tarkibining davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida” 1993-yil 29-dekabrdagi 612-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Garovga qoʻyilgan mulkni majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta toʻlovlari miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida” 1994-yil 3-maydagi 233-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 5-son, 26-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 14-dekabrdagi 603-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 12-son, 55-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kreditlar qaytarilishi va dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha ishlarni oʻtkazish uchun avans tariqasida beriladigan mablagʻlar qaytarilishi hamda fyuchers kontraktlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalarining javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta toʻlovlari miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 9-apreldagi 179-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 4-son, 16-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 29-iyuldagi 321-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, sut va chorva mahsulotlari xarid qilishga shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblar oʻz vaqtida qilinishi uchun javobgarlikni sugʻurta qilish toʻgʻrisida” 1999-yil 25-martdagi 132-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(I-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan 2015-yil 28-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddimada “sugʻurta toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“shaxsiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita sugʻurtalovchilar hisoblanadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, vakil qilingan sugʻurtalovchi sugʻurta summasi toʻlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sugʻurtalovchining sugʻurta oʻtkazishga ushbu sugʻurta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir sugʻurta qilinuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-banddan “shaxsiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi mazmundagi 4.1 va 4.2-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4.1. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi (vakil qilingan sugʻurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sugʻurtasi oʻtkazishni 2002-yil 31-dekabrgacha davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi (vakil qilingan sugʻurtalovchi) majburiy davlat sugʻurtasi oʻtkazishni mazkur qarorda belgilangan tartibda 2003-yil 1-yanvardan boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi 2003-yil 1-fevralgacha harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sugʻurtasiga tegishli hujjatlar roʻyxati va sugʻurta zaxiralari vositalari “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi hujjatlar roʻyxati va sugʻurta zaxiralari vositalarini qabul qilsin, keyingi har bir yil boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita bilan zarur sugʻurta shartnomalari tuzilishini taʼminlasin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest Interneshnl”, “Oʻz-AIG” qoʻshma sugʻurta kompaniyalarini va “AIG-Oʻzbekinvest” agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddimada “Sugʻurta toʻgʻrisida” soʻzlari “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandda “tijorat tavakkalchiliklarini umumiy sugʻurta qilish hamda chet ellik va mamlakatimiz investorlari hayotini sugʻurta qilish sohasida sugʻurta xizmatlari, shu jumladan erkin muomaladagi valyutadagi toʻlov bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida” 1994-yil 10-dekabrdagi 631-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddimada “Sugʻurta toʻgʻrisida” va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan” soʻzlari “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2—7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Belgilansinki, soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summasi toʻlov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 80 baravarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, sugʻurta mukofoti Davlat soliq qoʻmitasi (sugʻurta qildiruvchi) tomonidan vakil qilingan sugʻurtalovchiga sugʻurta qilinishi kerak boʻlgan sugʻurta qildiruvchining har bir xodimiga toʻlash paytida amal qilgan eng kam oylik ish haqi miqdorining 20 foizi miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi (vakil qilingan sugʻurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sugʻurtasini amalga oshirishni 2002-yil 31-dekabrgacha davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi (vakolatli sugʻurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sugʻurtasi oʻtkazishni 2003-yil 1-yanvardan boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasiga tegishli hujjatlarning nusxalari va sugʻurta zaxiralari mablagʻlari 2003-yil 1-fevralgacha “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi hujjatlarni va sugʻurta zaxiralari vositalarini qabul qilsin hamda har bir keyingi yil boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan zarur sugʻurta shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi qoidalarini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(V band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 26-27-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 77-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 28-fevraldagi 113-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 8-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining raisi” soʻzlari “Makroiqtisodiyot va statistika vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorga ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9.2. Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtaning boshqa turlarini amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bandda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Makroiqtisodiyot va statistika vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi bilan birgalikda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagrosugʻurta” Davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 6-martdagi 125-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari, korxonalar va qishloq joylarda yashovchi aholi mulkiy manfaatlarining sugʻurta himoyasi “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning kreditlari qaytarilmaganligi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalarining javobgarligini sugʻurta qilish, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun avans tariqasida beriladigan mablagʻlarning qaytarilishi sugʻurtasining va fyuchers kontraktlari boʻyicha 1 va 2-ilovalarga muvofiq hamda sugʻurta tariflarining miqdorlari: banklarning kreditlari qaytarilmaganligi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalarining javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha 2,5% miqdorida va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlar boʻyicha beriladigan mablagʻlarning sugʻurtasi sugʻurta summasining 1 foizi miqdorida boʻlgan sxemalarga rozilik berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining, uning ijro etuvchi apparatining tuzilmasi va kompaniya xodimlari soni kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 4, 5 va 5a-ilovalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-ilovalar tegishli ravishda 1 va 2-ilovalar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3317-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 07/17/3317/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 24-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sugʻurta sohasidagi munosabatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi maqsadlarida va “Sugʻurta” faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(X-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaning 3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilishi majburiy boʻlgan toʻlov layoqati normalarini va ularni aniqlash tartibini, alohida tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilarning majburiyatlari cheklangan yoʻl qoʻyiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlarning jami miqdorini, sugʻurtalovchilarning toʻlovga layoqatliligi boʻyicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta bozorining professional qatnashchilari tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, toʻlovga layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga qoʻyiladigan boshqa talablarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralari mablagʻlari shakllantirilishi va joylashtirilishi boʻyicha hisobot yuritish tartibini, hisobotlar tuzishni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalterga qoʻyiladigan bajarilishi majburiy boʻlgan malaka talablarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar tomonidan moliyaviy hisobot berilishi shakllari, tartibi va muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralari hosil qilish va joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta hodisalari boshlanishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha tadbirlar mablagʻ bilan taʼminlanishi tartibi va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta bozori professional qatnashchilarining faoliyatini tekshirish va aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlari litsenziyalari amal qilishini toʻliq yoxud sugʻurtaning ayrim turlari (darajalari)ga nisbatan toʻxtatib turish, shuningdek ularning amal qilishini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir moliyaviy yil tamom boʻlgandan keyin olti oy oʻtgach sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha faoliyat toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sugʻurta bozorining faoliyati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini va ularning hisobotlari ishonchliligini, shuningdek ular uchun belgilangan toʻlovga layoqatlilik koʻrsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari taʼminlanishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida sugʻurtalovchilar ishini metodik taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtaning majburiy turlari boʻyicha sugʻurta qilish qoidalari (shartlari) va sugʻurta tariflari belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab sugʻurta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar tugatilgan va qayta tashkil etilgan taqdirda sugʻurta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada sugʻurta faoliyati rivojlanishining holati va tendensiyalarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta faoliyati boʻyicha mutaxassislarni kasbga tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari orqali sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha fuqarolarning takliflari va soʻrovlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida” 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son 70-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qurilish pudrati shartnomalari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash faqat shartnomalar sugʻurta polislari mavjud boʻlgan taqdirda boshlanadi. Sugʻurta polisi sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta mukofoti toʻlangandan keyin taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshidan “Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida boʻlishining qoʻshimcha shartlari toʻgʻrisida” 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 3-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning toʻrtinchi xatboshiga “yigʻimlarining” soʻzidan keyin “(sugʻurta mukofotlarining)” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandda “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi boshqa sugʻurta tashkilotlarining ... polisi mavjud boʻlgan taqdirda” soʻzlari “qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtaning mazkur turini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchining polisi mavjud boʻlgan taqdirda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ilovaning nomlanishida “sugʻurta toʻlovlari” soʻzlari “sugʻurta mukofotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin, “majburiy” soʻzi esa chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadvalda “sugʻurta toʻlovlari” soʻzlari “sugʻurta mukofotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2.2. “Sugʻurtalovchi” — sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta qoplamasi (sugʻurta summasi) toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oluvchi, tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirishga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2.7. “Sugʻurta mukofoti” — sugʻurta shartnomasi tuzishda sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurtalovchiga toʻlanadigan toʻlov”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1-bandda “sugʻurta toʻlovlari” soʻzlari “sugʻurta mukofotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3-bandda “sugʻurta toʻlovlari” soʻzlari “sugʻurta mukofotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandning nomlanishida va 8.1, 8.2, 8.3-bandlarda “sugʻurta toʻlovlari” soʻzlari “sugʻurta mukofotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4-bandda “hisoblab chiqilgan sugʻurta toʻlovi” soʻzlari “hisoblab chiqilgan sugʻurta mukofoti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tojikiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi avtotransport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldida Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisida” 2000-yil 18-fevraldagi 59-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 2-son, 9-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandda “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi boshqa sugʻurta tashkilotlarining ... polisi mavjud boʻlgan taqdirda” soʻzlari “qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtaning mazkur turini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchining polisi mavjud boʻlgan taqdirda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-bandlarda “sugʻurta toʻlovlari” soʻzlari “sugʻurta mukofotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan “Sarmoya, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvchilarga sugʻurta qoplamasi berish tartibi”da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tijorat tashkilotlari hisoblangan va eksport kontraktlarini sugʻurta qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar sugʻurta tashkilotlari deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi polislardan vakolatli banklar tomonidan eksport-import operatsiyalariga xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sugʻurta qilishga polislar berishga vakil qilingan sugʻurtalovchilar roʻyxatini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“eksport kontraktini amalga oshirishdagi tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib sugʻurta tashkiloti kontrakt majburiyatlarini bajarish boʻyicha xorijiy xaridorning javob tariqasidagi kafolatini yoki kafolatini talab etishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“eksport kontraktini amalga oshirishdagi tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib sugʻurta tashkiloti xorijiy xaridor tomonidan eksport qiluvchiga yoki sugʻurta tashkilotiga kontrakt majburiyatlari bajarilishi boʻyicha kafolat yoki kafillik taqdim etilishini talab etishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirmanchi xatboshida “kafil” soʻzidan keyin “yoki kafilikka oʻtuvchi” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirmanchi xat boshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sugʻurta tashkiloti va oʻzbekistonlik eksport qiluvchi sugʻurta zarari qaytarilishi chora-tadbirlarini koʻradi (sugʻurta tashkiloti tomonidan toʻlangan sugʻurta qoplamasi summasiga muqobil boʻlgan nobudgarchilikni qoplash)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma birinchi xatboshida “xorijiy xaridor bankiga” soʻzlaridan keyin “-Qarz oluvchiga” soʻzi, “toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy xaridorga” soʻzlaridan keyin “-Qarz oluvchiga” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻttizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kredit bitimini amalga oshirishdagi tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib sugʻurta tashkiloti qarz oluvchi tomonidan kreditor bankka yoki sugʻurta tashkilotiga kredit boʻyicha majburiyatlar bajarilishi yuzasidan kafolat yoki kafillik berilishini talab qilishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻttiz uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qarz oluvchi tomonidan eksport kontrakti summasining kamida 15 foizi toʻlanishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirq birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sugʻurta tashkiloti va eksport qiluvchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan zararning qaytarilishi chora-tadbirlari koʻrilishi (sugʻurta tashkiloti tomonidan toʻlangan sugʻurta qoplamasi summasiga muqobil boʻlgan nobudgarchiliklarni qaytarish)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-banddan “soʻmlarda yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Sugʻurta toʻlovi (sugʻurta mukofoti) toʻlash tuzilgan sugʻurta shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-band 13-band deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g”, “d” va “e” kichik bandlarida “3 oy” soʻzi “6 oy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A, B va V-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish sxemasi (bank kreditlari jalb qilinmasdan toʻlovni kechiktirish shartlarida amalga oshiriladigan eksport kontraktlari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahsulot yetkazib beruvchining krediti” tipi boʻyicha eksport kontraktlari boʻyicha tijorat banklari kreditlarini sugʻurta qilish sxemasi

V-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 180-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 21-son, 215-modda; 2008-y., 26-27-son, 251-modda, 28-son, 270-modda; 2009-y., 26-son, 299-modda; 2011-y., 22-23-son, 234-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 37-son, 487-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 52-son, 601-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 07/17/3317/0077-son, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021; 31.01.2020-y., 09/20/46/0095-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 13.08.2020-y., 09/20/477/1166-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)