Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-noyabr,
938-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 938-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) 4-bandi “a”-kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “oʻzlari ishlab chiqargan tovarlar eksport qilingan” soʻzlari “oʻz tovarlari eksport qilingan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 14-bandining uchinchi xatboshidagi “oʻzlari ishlab chiqargan tovarlar eksport qilingan” soʻzlari “oʻz tovarlari eksport qilingan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulotning (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur hujjatlar (sinov protokollari, tadqiqot dalolatnomalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza xulosasi) berilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim”;
b) 23-bandga quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Maʼlum turdagi mahsulotni sertifikatlash maqsadida sinovlar protokolini rasmiylashtirish va berish muddati ushbu turdagi mahsulotni texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan uslublarga muvofiq sinovlardan oʻtkazishning umumiy davom etish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi”;
birinchi va ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi hamda uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 27-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish organidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.”;
g) Nizomga ilovada:
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sxemasidagi “muvofiqlik sertifikati”, “Muddat: 10 kungacha” va “Sertifikatlashtirish tartibotining umumiy muddati 10 kundan 30 kungachani tashkil etadi” soʻzlari tegishli ravishda “muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish”, “Muddat: 3 ish kunigacha”, va “Sertifikatlashtirish tartibotining umumiy muddati ushbu turdagi mahsulotni texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan uslublarga muvofiq sinovlardan oʻtkazishning umumiy davom etish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Izohlarning 6-bandidagi “15 ish kunidan” soʻzlari “3 ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “eksportchining oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar” soʻzlari “eksportchining oʻz mahsulotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“eksportchilarning oʻz mahsulotlari (yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlaridan tashqari) ustav jamgʻarmasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda, ushbu bandning oltinchi xatboshi bundan mustasno”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)