Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2259-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 26-iyundagi 21-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2259-3, 10.07.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 25-iyuldagi 227-son (roʻyxat raqami 2259, 2011-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizalar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qarori, sud ajrimi (sudya qarori) asosida oʻtkaziladi”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-oktabr,
114-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2259-1/0304-son)