Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish” aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-71) muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2194-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-son “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 9-dekabrdagi 136-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2194, 2011-yil 10-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish” aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-71) muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish tartibini belgilaydi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. ULJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-noyabr,
99-N-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Bosh direktori U. ROZUQULOV
2017-yil 3-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2194-3/0288-son)