Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Qarori
Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2949]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 28-avgustdagi 6-mh-sonli ““Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2949-3, 11.09.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-oktabr,
12-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 24-oktabrdagi 12-mh-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sport pasporti toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq sport pasportlarini yuritish, berish, almashtirish (yangisini berish), ularni hisobga olish yagona tizimining amal qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Sport pasporti yagona namunadagi hujjat boʻlib, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning sport malakasini tasdiqlaydi.
2. Sport pasportida:
sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jinsi;
tugʻilgan sanasi;
sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi;
tanlangan sport turi yoki sport turlari va sport turining tarmoqlari;
sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur normalar hamda talablar bajarilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
sportchi tibbiy tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi;
sport musobaqalarida erishilgan natijalar;
sportchining sport diskvalifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
davlat mukofotlari va boshqa shakldagi ragʻbatlantirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
trenerning familiyasi, ismi, otasining ismi;
tanlangan sport turi yoki sport turlarining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
3. Sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi sportchi va jismoniy tarbiya-sport tashkiloti oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida va (yoki) sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga aʼzoligi asosida aniqlanadi.
4. Sport pasportidan:
sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga oʻtishida;
sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyxatga olishda;
sportchining tibbiy tekshiruvdan oʻtishida;
sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur boʻlgan normalar hamda talablar bajarilishida;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalaniladi.
2-bob. Sport pasportini yuritish
5. Sport pasporti mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq kitobcha shaklida rasmiylashtiriladi. Sport turlari boʻyicha respublika sport terma jamoalari aʼzolari hamda respublika sport terma jamoalari zaxiralari aʼzolari boʻlgan sportchilar uchun qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq plastik karta shaklidagi sport pasporti rasmiylashtiriladi.
6. Plastik karta shaklidagi sport pasportining amal qilish muddati 3 yil, kitobcha shaklidagi sport pasportining amal qilish muddati esa, cheklanmagan hisoblanadi.
7. Sport pasportini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sport pasporti rasmiylashtirilganda Markaz tomonidan sportchi haqidagi boshlangʻich maʼlumotlar “Sport pasporti” Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini hisobga olishning yagona axborot-maʼlumot tizimiga (bundan buyon matnda yagona axborot-maʼlumot tizimi deb yuritiladi) kiritiladi.
9. Sport pasportida tegishli maʼlumotlar sportchi mansub boʻlgan tegishli jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan kiritib (yangilab) boriladi.
Jismoniy tarbiya-sport tashkiloti sportchining sport pasportidagi yangilangan maʼlumotlarni (shu jumladan sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi yoʻqolganligi haqidagi maʼlumotni) yagona axborot-maʼlumot tizimiga kiritilishi uchun 1 oy ichida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga (bundan buyon hududiy boshqarmalar) taqdim qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Yagona axborot-maʼlumot tizimiga kiritilishi uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun masʼuliyat jismoniy tarbiya-sport tashkiloti zimmasiga yuklatiladi.
3-bob. Sport pasportini berish
11. Sport pasporti oʻsmirlar uchun ikkinchi sport razryadidan past boʻlmagan razryadga ega boʻlgan, tegishli sport turi bilan muntazam ravishda shugʻullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.
12. Sport pasportini olish uchun sportchi (uning qonuniy vakili) yoki sportchi mansub boʻlgan jismoniy tarbiya-sport tashkiloti (tashkilot vakili) (bundan buyon matnda murojaat etuvchi deb yuritiladi) tegishlicha hududiy boshqarmaga sport pasportini berish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) bilan bevosita yoki pochta orqali yoxud elektron aloqa vositalari orqali elektron shaklda murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizaga sportchining maʼlumotnoma-anketasi, pasporti (tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi (agar pasport olmagan boʻlsa) nusxasi hamda 3 x 4 oʻlchamdagi oq fondagi 2 ta rangli fotosurati ilova qilinadi. Bunda sportchi (uning qonuniy vakili) tomonidan beriladigan arizaga sportchi hamda uning treneri tomonidan imzolangan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan maʼlumotnoma-anketa, jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan beriladigan arizaga esa, tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (agar muhr mavjud boʻlsa) mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan maʼlumotnoma-anketa ilova qilinadi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 21-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2949-1, 11.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 10/20/2949-1/0294-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Kitobcha shaklidagi sport pasportiga ega boʻlgan sportchi respublika sport terma jamoasi yoki respublika sport terma jamoasi zaxirasiga aʼzo sifatida qabul qilinishi munosabati bilan plastik shakldagi sport pasportini olish uchun murojaat qilganda arizaga qoʻshimcha ravishda sportchining respublika sport terma jamoasi yoki respublika sport terma jamoasi zaxirasi aʼzoligiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ham ilova qilinadi.
Elektron aloqa vositalari orqali taqdim qilingan elektron shakldagi ariza murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanishi shart.
13. Arizaga ilova qilingan hujjatlar va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi hududiy boshqarmaning masʼul xodimi tomonidan tekshiriladi. Murojaat etuvchi bevosita murojaat qilganda unga ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisida tilxat beriladi.
14. Arizaga ilova qilingan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda va (yoki) ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri rasmiylashtirilmagan taqdirda, ariza murojaat etuvchiga kamchiliklar boʻyicha tushuntirish berilgan holda qaytariladi (pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali kamchiliklar koʻrsatilgan xat yuboriladi).
15. Kelib tushgan arizalar hududiy boshqarmalarda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan jurnalda (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) qayd qilinadi.
Jurnalning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan boʻlishi kerak. Jurnalning oxirgi betida uning nechta betdan iborat ekanligi koʻrsatilishi va ushbu maʼlumot hududiy boshqarma rahbarining imzosi hamda hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
16. Hududiy boshqarmalar sport pasportini berish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan boshlab 1 kun ichida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Markazga yuborilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Markazga kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida Markaz tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
sportchining maʼlumotnoma-anketasida koʻrsatilgan maʼlumotlar tekshiriladi;
sportchi haqidagi tegishli maʼlumotlar yagona axborot-maʼlumot tizimiga kiritiladi;
sportchining sport pasporti rasmiylashtiriladi;
rasmiylashtirilgan sport pasporti yagona axborot-maʼlumot tizimida qayd qilinadi;
sport pasportini murojaat etuvchiga berish uchun tegishli hududiy boshqarmaga yuborilishini taʼminlaydi.
18. Sportchining maʼlumotnoma-anketasida koʻrsatilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi (soxtaligi) aniqlangan taqdirda, Markaz tomonidan sport pasportini berish rad etilishi mumkin. Bunda Markaz tomonidan rad etish sabablari koʻrsatilgan xat tegishli hududiy boshqarmaga keyinchalik murojaat etuvchiga maʼlum qilish uchun yuboriladi.
19. Hududiy boshqarma tomonidan sport pasporti (rad etish sabablari koʻrsatilgan xat) kelib tushgan kundan boshlab 1 kun ichida murojaat etuvchiga aloqa vositalari orqali maʼlum qilinadi.
20. Sport pasporti murojaat etuvchiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma) asosida jurnalga imzo qoʻydirib olish orqali topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Jismoniy tarbiya-sport tashkiloti vakili sport pasportini olgandan soʻng uni sportchiga topshiradi va 10 kun ichida sport pasporti topshirilganligi haqida hududiy boshqarmani yozma ravishda xabardor qiladi.
Hududiy boshqarma masʼul xodimi jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan sport pasporti sportchiga topshirilganligi haqidagi tegishli maʼlumotni jurnalga kiritadi.
22. Sportchi respublika sport terma jamoasi hamda respublika sport terma jamoasi zaxirasidan chiqarilganda (aʼzoligi tugatilganda) plastik shakldagi sport pasportini bevosita yoki u mansub boʻlgan jismoniy tarbiya-sport tashkiloti orqali hududiy boshqarmaga topshirilishini taʼminlaydi.
Hududiy boshqarma topshirilgan plastik shakldagi sport pasportini uning topshirilganligi haqida maʼlumotni yagona axborot-maʼlumot tizimida qayd qiladi va uni Markazga yuborilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sport pasportini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
231. Sport pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yigʻim pul toʻlovi amalga oshirilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi hamda Markaz hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 21-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻigʻa asosan kiritilgan (roʻyxat raqami 2949-1, 11.03.2020-y.) — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 10/20/2949-1/0294-son)
4-bob. Sport pasportini almashtirish
24. Sport pasporti quyidagi hollarda almashtiriladi (yangisi beriladi):
sportchining familiyasi, ismi va (yoki) otasining ismi oʻzgarganda;
sport pasportining amal qilish muddati tugaganda (plastik shakldagi pasportlar uchun);
sport pasporti yoʻqotilganda;
sport pasportining eskirishi, yaroqsiz holga kelishi (undan foydalanish imkoni boʻlmaganda);
sport pasportining tegishli maʼlumotlar qayd qilinadigan varaqlari (betlari) toʻlib qolganda.
25. Sport pasportini almashtirish (yangisini berish) sport pasporti qanday tartibda berilsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
26. Sport pasportini almashtirish (yangisini berish) toʻgʻrisidagi arizaga sport pasportini nima sababdan almashtirilayotganligi (yangisi olinayotganligi) koʻrsatiladi va mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga sport pasportining oʻzi ham (sport pasporti yoʻqotilgan hollar bundan mustasno) ilova qilinadi. Bunda sportchining familiyasi, ismi va (yoki) otasining ismi oʻzgarganda yoxud sport pasporti yoʻqotilganda arizaga tegishlicha sportchining familiyasi, ismi va (yoki) otasining ismi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi yoki sport pasporti yoʻqotilganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida berilgan eʼlonning (yoʻqotilgan sport pasportining berilgan yili, tartib raqami koʻrsatilgan holda) nusxasi ham ilova qilinadi.
5-bob. Yagona axborot-maʼlumot tizimining amal qilishi
27. Yagona axborot-maʼlumot tizimi markazlashtirilgan holda Markaz tomonidan yuritiladi.
28. Markaz yagona axborot-maʼlumot tizimini ishlashini taʼminlash maqsadida:
tizimning maʼlumotlar bazasini shakllanishini nazorat qiladi;
avtomatlashtirilgan holda maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash, umumlashtirish va foydalanuvchilarga tizimdan maʼlumotlarni taqdim qilinishini taʼminlaydi;
tizimdagi maʼlumotlarning yangilab borilishini taʼminlaydi;
tizimdagi maʼlumotlarning himoyalanishini taʼminlaydi;
tizimdagi maʼlumotlarning oʻzaro almashinuvini nazorat qiladi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tizimning texnik va dasturiy vositalarining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi;
tizimidan foydalanuvchilarni roʻyxatga olishni va ularning yagona axborot tizimiga ulanishini taʼminlaydi.
29. Hududiy boshqarmalarga yagona axborot-maʼlumot tizimiga hudud boʻyicha tegishli maʼlumotlarni kiritish va ulardan foydalanishi uchun Markaz tomondan tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi.
30. Hududiy boshqarmalarda yagona axborot-maʼlumot tizimiga hudud boʻyicha tegishli maʼlumotlarni kiritish va ulardan foydalanish uchun masʼul shaxs tayinlanadi.
31. Sportchining sport pasportidagi yangilangan maʼlumotlarni yagona axborot-maʼlumot tizimiga kiritish axborotni kriptografik himoyalash vositalaridan, shu jumladan elektron raqamli imzodan foydalangan holda maʼlumot uzatish vositalari (aloqa kanallari, Internet tarmogʻi) orqali amalga oshiriladi.
32. Sport pasportiga kiritilgan maʼlumotlarni yagona axborot-maʼlumot tizimiga kiritib borish davriyligi uch oydan oshmasligi kerak.
6-bob. Yakuniy qoida
33. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2017-yil 24-oktabr
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 24-oktabr
Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Kitobcha shakldagi sport pasportining
ShAKLI
Keyingi tahrirga qarang.
Kitobcha shakldagi sport pasportining
TAVSIFI
Kitobcha shakldagi sport pasporti 10 x 145 millimetr oʻlchamga ega tashqi va ichki tomonli muqovadan hamda raqamlangan 16 ta betdan iborat. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi.
Sport pasporti koreshogi boʻylab tikiladi.
Sport pasportining muqovasi eyilishga chidamli, koʻk rangli materialdan tayyorlanadi. Muqovaning tashqi tarafi oʻng tomonining yuqori qismida ikki qatorda “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QO`MITASI” degan soʻzlar, oʻrta qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri hamda “SPORT PASPORTI” degan soʻzlar yozilgan. Yozuvlarning rangi — toʻq koʻk.
Keyingi tahrirga qarang.
Muqovaning ichki tarafi koʻk rangli boʻlib, chap tarafi oʻrta qismi fonida koʻk rangli Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining emblemasi aks ettirilgan, oʻng tomonida esa Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomdan quyidagi mazmundagi qisqacha eslatma keltirilgan:
Keyingi tahrirga qarang.
“ESLATMA
Sport pasportidan asosan quyidagi hollarda foydalaniladi:
sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga o`tishida;
sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro`yxatga olishda;
sportchining tibbiy tekshiruvdan o`tishida;
sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur bo`lgan normalar hamda talablar bajarilishida;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Sport pasportida tegishli ma`lumotlar sportchi mansub bo`lgan tegishli jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan kiritib (yangilab) boriladi.”
Pastki qismida “Ushbu sport pasporti raqamlangan 16 ta betdan iborat” degan soʻzlar koʻrsatilgan.
Yozuvlar rangi — toʻq koʻk.
Sport pasportining ichki qismi barcha betlari rangi — och koʻk. Birinchi beti raqamlanmaydi, qolgan betlarning pastki qismida (tegishlicha oʻng va chap tarafda) betlar raqami qoʻyiladi. Ichki qismining betlari zichligi 150 — 180 g/m2 qogʻozdan tayyorlanadi.
Birinchi betning yuqori qismida ikki qatorda toʻq koʻk rangda “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QO`MITASI” degan soʻzlar va betning oʻrtasida “SPORT PASPORTI” degan soʻzlar xamda pastki qismida sport pasportining Tartib raqami (uchta harf va oltita raqamdan iborat) aks ettirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ikkinchi betning yuqori qismida ikki qatorda toʻq koʻk rangda “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QO`MITASI” degan soʻzlar, ulardan pastda esa, ikki qatorda “SERTIFIKATSIYALASN VA KOMPYUTERLASNTIRISN MARKAZI” degan soʻzlar, keyin qizil rangda “SPORT PASPORTI” degan soʻzlari yozilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ikkinchi betda sportchining fotosurati uchun joy nazarda tutilgan. Toʻq koʻk rangda sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, sport pasportining tartib raqami va sport pasporti berilgan sana koʻrsatiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazining muhri qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uchinchi betda sportchi toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar, toʻrtinchi betdan oʻn oltinchi betgacha esa, Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni qayd qilish uchun jadvallar keltiriladi.
Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Plastik shakldagi sport pasportining
ShAKLI
Keyingi tahrirga qarang.
Plastik shakldagi sport pasportining
TAVSIFI
Plastikdan tayyorlangan sportchining sport pasporti oʻlchami 54 x 86 millimetrni tashkil etadi. Sport pasportining rangi — koʻk. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Tartib raqami uchta harf va oltita raqamdan iborat, qizil rangda.
Sportchining sport pasporti old tomonida yuqori qismida, koʻk rangda “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QO`MITASI” va “SERTIFIKATSIYALASN VA KOMPYUTERLASNTIRISN MARKAZI” hamda qizil rangda “SPORT PASPORTI” degan soʻzlar yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sport pasportining old tomonida, chap qismida sportchining fotosurati uchun joy nazarda tutilgan. Shuningdek toʻq koʻk rangda sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi va sport pasportining amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzbek va ingliz tillarida koʻrsatiladi.
Sport pasportining old qismi pastida sportchining yagona axborot-maʼlumot tizimidagi tegishli maʼlumotlarga boʻlgan havolani oʻzida aks ettiruvchi shtrix-kod va QR-kodlar boʻladi.
Sport pasportining orqa tomonida, Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomidan quyidagi mazmundagi qisqacha eslatma keltiriladi:
“ESLATMA
Sport pasportidan asosan quyidagi hollarda foydalaniladi:
sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga o`tishida;
sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro`yxatga olishda;
sportchining tibbiy tekshiruvdan o`tishida;
sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur bo`lgan normalar hamda talablar bajarilishida;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Sportchi respublika sport terma jamoasi hamda respublika sport terma jamoasi zaxirasidan chiqarilganda (a`zoligi tugatilganda) plastik shakldagi sport pasportini bevosita yoki u mansub bo`lgan jismoniy tarbiya-sport tashkiloti orqali tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga topshirilishini ta`minlaydi.”
Keyingi tahrirga qarang.
Yozuvlar toʻq koʻk rangda boʻladi.
Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
|
SPORTChINING | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Sportchining F.I.O. ________________________________________________________ | |
Sportchining fotosurati | ||||||||||||||||||||||
| Jinsi: ___________________________________________________________________ | | |||||||||||||||||||||||
| Tugʻilgan sana (kun, oy, yil): __________________________________________________ | | |||||||||||||||||||||||
| Yashash manzili: ____________________________________________________________ | | |||||||||||||||||||||||
| Telefon (uy.): _________________________ (mobil): _____________________________ | | |||||||||||||||||||||||
| Taʼlim muassasasi (agar taʼlim muassasasida tahsil olayotgan boʻlsa):_________________ _________________________________________________________________________ |
| |||||||||||||||||||||||
| Ota-onasi haqida maʼlumot: | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||
| Otasining F.I.O.: _________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Onasining F.I.O.: _________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Treneri haqida maʼlumot: | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||||
| Trenerining F.I.O.: _______________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomasi raqami: _____________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Trenerning ish joyi: ______________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchining tanlagan sport turi yoki turlari va sport turi tarmoqlari: _____________________________________ ________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchining sport razryadi (sport unvoni): _____________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sport tyri bilan shugʻullanishni boshlagan sanasi: _______________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchi mansub boʻlgan jismoniy tarbiya-sport tashkilotining nomlanishi: __________________________________ ________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchining sport terma jamoasiga aʼzoligi (respublika, milliy, viloyat, shahar, tuman) _______________________ ________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchining sport musobaqalardagi ishtiroki va erishilgan yutuqlari haqida maʼlumot: | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
T/r |
Sport musobaqasining nomi |
Sana |
Koʻrsatilgan natija |
Erishilgan oʻrin | ||||||||||||||||||||
|
1. |
|
| | | ||||||||||||||||||||
|
2. |
| | | | ||||||||||||||||||||
|
… |
| | | | ||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Sportchi imzosi: ________________________ | | | | | | | | | | | | | | | | |||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Sportchi treneri imzosi: _________________ | | | | | | | | | | | | | | | | |||||||||
Keyingi tahrirga qarang.
Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
|
SPORTChINING | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Sportchining F.I.O. ________________________________________________________ | |
Sportchining fotosurati | ||||||||||||||||||||||
| Jinsi: ___________________________________________________________________ | | |||||||||||||||||||||||
| Tugʻilgan sana (kun, oy, yil): __________________________________________________ | | |||||||||||||||||||||||
| Yashash manzili: ____________________________________________________________ | | |||||||||||||||||||||||
| Telefon (uy.): _________________________ (mobil): _____________________________ | | |||||||||||||||||||||||
| Taʼlim muassasasi (agar taʼlim muassasasida tahsil olayotgan boʻlsa):_________________ _________________________________________________________________________ |
| |||||||||||||||||||||||
| Ota-onasi haqida maʼlumot: | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||
| Otasining F.I.O.: _________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Onasining F.I.O.: _________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Treneri haqida maʼlumot: | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||||
| Trenerining F.I.O.: _______________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomasi raqami: _____________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Trenerning ish joyi: ______________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchining tanlagan sport turi yoki turlari va sport turi tarmoqlari: _____________________________________ ________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchining sport razryadi (sport unvoni): _____________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sport tyri bilan shugʻullanishni boshlagan sanasi: _______________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchi mansub boʻlgan jismoniy tarbiya-sport tashkilotining nomlanishi: __________________________________ ________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchining sport terma jamoasiga aʼzoligi (respublika, �illiy, viloyat, shahar, tuman) _______________________ ________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Sportchining sport musobaqalardagi ishtiroki va erishilgan yutuqlari haqida maʼlumot: | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
T/r |
Sport musobaqasining nomi |
Sana |
Koʻrsatilgan natija |
Erishilgan oʻrin | ||||||||||||||||||||
|
1. |
|
| | | ||||||||||||||||||||
|
2. |
| | | | ||||||||||||||||||||
|
… |
| | | | ||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Jismoniy tarbiya-sport tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumotlar | ||||||||||||||||||||||||
| Tashkilotning nomi: _______________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Yuridik manzili: __________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Idoraviy mansubligi (agar mavjud boʻlsa): _____________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Rivojlantirilayotgan sport turlari: __________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Tashkilot rahbarining F.I.O. _____________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| Tashkilot rahbarining imzosi _____________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | M.Oʻ. (agar muhr mavjud boʻlsa) | | |||||||
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 21-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻiga asosan izoh bilan toʻldirilgan (roʻyxat raqami 2949-1, 11.03.2020-y.) — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 10/20/2949-1/0294-son)
Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Sport pasportini olish uchun kelib tushgan arizalarni hamda berilgan sport pasportlarini qayd qilish
JURNALI
|
T/r |
Murojaat |
Ariza kelib tushgan sana |
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Markazga yuborilgan sana |
Markazdan sport pasporti kelib tushgan sana |
Sport pasporti murojaat etuvchiga topshirilgan sana |
Sport pasporti olinganligini tasdiqlovchi murojaat etuvchining imzosi |
Izoh |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 | |
|
1. |
|
||||||
|
2. |
|
Izoh: jurnalning 7-ustunida ariza murojaat etuvchiga kamchiliklar boʻyicha tushuntirish berilgan holda qaytarilganligi (pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali kamchiliklar koʻrsatilgan xat yuborilganligi), Markaz tomonidan sport pasportini berish rad etilganligi va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2949/0286-son; 11.03.2020-y., 10/20/2949-1/0294-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 06.09.2022-y., 10/22/2949-2/0798-son)