21.11.2017 yildagi PQ-3402-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-sonli Farmoniga muvofiq “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti taʼsis etilganligi munosabati bilan mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizga munosib boʻlgan, mardlik va jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlarga ega mard oʻgʻlonlarimizni tarbiyalash hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, shijoatli va fidoyi yigitlarni ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga har yili “Yoshlar kuni” arafasida topshirish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan koʻrib chiqiladi. Uning natijalariga koʻra Komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida belgilanadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy oʻquv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yoʻnalish boʻyicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti koʻkrak nishonining tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini berish, uning koʻkrak nishonlari va diplomlarini tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan tegishli mablagʻlarni ajratsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya bir oy muddatda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3402-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti (keyingi oʻrinlarda — Davlat mukofoti) oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat mukofoti har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 ta beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mukofoti bilan taqdirlash har yili “Yoshlar kuni” arafasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat mukofotiga talabgorlar boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va boshqa tashkilotlarning takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalari asosida kiritiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tarkibidan hamda harbiylashtirilgan oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan yigitlar orasidan tavsiya etilayotgan talabgorlar boʻyicha takliflar Komissiyaga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining taqdimnomalari asosida kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgorlarning hujjatlarini rasmiylashtirish, taqdim etish va ularni tanlash Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlarga koʻkrak nishonlari va belgilangan namunadagi diplomlar tantanali vaziyatda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida belgilanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy oʻquv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yoʻnalish boʻyicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mukofoti sohiblari qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa imtiyozlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat mukofotining koʻkrak nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat mukofoti takroran berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti koʻkrak nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotining koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va sakkiz qirrali boʻrtma yulduz shaklida boʻladi. Yulduzning har bir qirrasi oltita boʻrtma nurlardan tashkil topgan boʻlib, nurlarning qarama-qarshi uchlari oraligʻi — 38 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining oʻrta qismi diametri 25 millimetr boʻlgan doira shaklidagi boʻrtma gardish bilan oʻralgan. Doiraning markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida vatanparvarlik va jasorat timsoli sifatida tulpor ustidagi mard oʻgʻlon tasviri hamda yurtimizning goʻzal va betakror tabiatini ifodalovchi ulugʻvor togʻlar, ikki daryo va koʻrkam vodiylar aks ettirilgan. Suvoriy tasvirining yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining hilpirab turgan, rangli emaldan ishlangan tasviri mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining pastki qismida aylana boʻylab ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida “MARD OʻGʻLON” yozuvi joylashgan. Harflarning balandligi 1,8 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning boʻyi — 16 millimetr, eni — 25 millimetrdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻich eni 22 millimetrli koʻk rangli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning chetlaridan 1 millimetr masofada eni 2 millimetr boʻlgan ikkita oq rangli vertikal yoʻl oʻtgan. Oq rangli yoʻllar oʻrtasidagi oraliq 1 millimetrni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 07/17/3402/0285-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)