20.11.2017 yildagi 920-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash davlat tizimi tashkilotlarini kadrlar bilan taʼminlashni yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash davlat tizimi tashkilotlari tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, respublika aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, sogʻliqni saqlash davlat tizimi tashkilotlari xodimlari boʻsh oʻrinlar va tegishli malaka mavjud boʻlgan taqdirda amalda ishlangan vaqt uchun mehnatga haq toʻlangan holda oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisida shartnomalar tuzishlari mumkin. Bunda oʻrindoshlik boʻyicha ish vaqtining davom etishi sogʻliqni saqlash davlat tizimi tashkilotlari vrach xodimlari uchun — ish vaqtining bir oylik normasidan va xodimlarning boshqa toifalari uchun — oylik normaning yarmidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012, 10-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va mazmunini tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri B.A. Xoʻjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
920-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 4-bandning uchinchi xatboshiga “shunday shart-sharoitdagi ishlarda ishlash” soʻzlaridan keyin “(sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 7-bandning birinchi xatboshiga “yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas” soʻzlaridan keyin “(sogʻliqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida oʻsha kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishlarni bajarish xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini koʻpaytirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga shunday kasb va lavozim boʻyicha boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlganda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yoʻq boʻlgan xodimning vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻyiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 21, 23, 24-bandlardagi va 26-bandning birinchi xatboshidagi “oʻrindoshlik” soʻzi “bir necha kasb va lavozim” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim boʻyicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va budjet tashkilotlarining mehnatga haq toʻlash fondida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida toʻlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjet tashkilotlarida bir necha kasbda va lavozimda ishlayotganlik uchun qoʻshimcha haq shunday kasb va lavozimdagi ish asosiy ish boʻyicha mehnat majburiyatlariga kiritilgan hollarda belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb (lavozim) boʻyicha bir necha kasb va lavozim asosida bajariladigan ishlarni bir necha xodim oʻrtasida taqsimlashga yoʻl qoʻyiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va boshqa pedagog xodimlari (rahbarlaridan tashqari) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda mehnat haqi toʻlash boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va masterlari, taʼlim muassasalaridagi konsertmeysterlar va akkompaniatorlar, maktabgacha taʼlim muassasalari va “Mehribonlik” uylari pedagog xodimlarining (rahbarlaridan tashqari) aynan shu muassasada belgilangan mehnat normasidan ortiq boʻlgan, lekin ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan koʻp boʻlmagan ishi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)