Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 65-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2589-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 7-yanvardagi 2-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2589-4, 07.01.2020-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 13-maydagi 332-V, 40, 69 va 01/22-26/75-son qarori (roʻyxat raqami 2589, 2014-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 22-son, 263-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 65-bandidan “auksion va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-noyabr,
332-V-2-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-noyabr,
152-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 15-noyabr,
150-son
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-noyabr,
01/16-1-10/28-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 10/17/2589-2/0277-son)