Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarning 16-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2873-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 27-martdagi 17-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2873, 2017-yil 10-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tovar belgilari davlat reyestriga yoki Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestriga kiritiladi va Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. FAYZULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-noyabr,
21-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2873-1/0270-son)