Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1477-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 12-maydagi 10/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1477, 2005-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 163-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-oktabr,
29/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 28-oktabrdagi 29/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 11-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) agar qimmatli qogʻozlar blankalari prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlariga qoʻshib qoʻyilgan boʻlsa;”.
2. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Dalolatnoma bank Boshqaruvi raisining imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr qoʻyiladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1477-2/0268-son)