14.11.2017 yildagi 913-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilg‘i-energetika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yoqilg‘i-energetika resurslariga jahon narxlarining o‘sishini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtobenzin va dizel yoqilg‘isi iste’moliga soliqni hisobga olgan holda quyidagi chakana narxlar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ulgurji-sotish narxlari (QQSni hisobga olgan holda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviakerosin — bir tonna uchun 4450 ming so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l bitumi — bir tonna uchun 2300 ming so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i mazuti — bir tonna uchun 2400 ming so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motor moylari — bir tonna uchun 4800 ming so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat moylari — bir tonna uchun 3400 ming so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2018-yil 1-apreldan boshlab tabiiy gaz uchun 1,1 baravarga va elektr energiyasi uchun 1,12 baravarga oshirilgan holda belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda import bo‘yicha olib kelinadigan va import (buyurtmachi tomonidan yetkazib beriladigan) xomashyosini qayta ishlashdan olingan Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 rusumli avtobenzini, dizel yoqilg‘isi (sifat va Yevropa standartlariga muvofiq), shuningdek aviayoqilg‘isi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali erkin tijorat narxlarida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2017-yil 15-noyabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zneftmahsulot” AJ neft bazalari tomonidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga sotiladigan avtobenzin va dizel yoqilg‘isi (transport vositalari uchun benzin va dizel yoqilg‘isi iste’moliga soliq chegirilgan holda) chakana narxining 10 foizi miqdorida chegirma belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yil 15-noyabrga qadar yangi chakana narxlar preyskurantlarini tasdiqlasin va barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zneftmahsulot” AJ va uning mintaqaviy tashkilotlari, shuningdek avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida avtobenzin sotishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2017-yil 15-noyabr holatiga avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida avtobenzin qoldiqlari qayta baholansin. Qo‘shimcha baholash summasi to‘liq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zneftmahsulot” AJga avtobenzinni sotishdan tushadigan tushumning 40 foizidan import xomashyo yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish va tijorat banklari kreditlarini qaytarish uchun maqsadli foydalanishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtobenzinning chakana narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-oktabrdagi 360-son va “Dizel yoqilg‘isining chakana narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2014-yil 30-iyundagi 174-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
913-son