Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2329-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi F-4977-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 14-avgustdagi F-5022-son “Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu va 7-son qarori (roʻyxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan belgilanadigan energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasidagi elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlarni hisobga olish asboblarini ulashni taʼminlash uchun uyali aloqa kompaniyalari tomonidan ajratilgan raqamlar.”;
b) 4-band quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar toʻlov obyekti hisoblanmaydi”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. UMAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
154-mh-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
134-son
Kelishilgan:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2017-yil 22-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son)