Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qarori va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-avgustdagi PF-5134-son Farmoniga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq qayta koʻrib chiqib, yangi tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-noyabr,
PQ-3374-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3374-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi*
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 50 — 55 nafar.
* Toshkent viloyatidan tashqari.
** Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlariga tegishli
*** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hududlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi”.
2. 2-ilovada “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul xodimi” bloki “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya kotibi” bloki bilan almashtirilsin.
3. 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarini cheklangan soni — 18 — 23 nafar.
* Bekobod, Xonobod, Shirin va Quvasoy shaharlari hokimliklariga tegishli.
** Xiva va Shahrisabz shaharlarida hokimning iqtisodiyot, tadbirkorlik, sanoatni va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.
*** Quvasoy shahar hokimligiga tegishli.
**** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni viloyatga boʻysunuvchi shaharlarning toifasidan kelib chiqqan xolda belgilanadi”.
4. 2b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarini cheklangan soni — 19 — 25 nafar.
* Taxtakoʻpir, Moʻynoq, Qoʻngʻirot. Toʻrtkoʻl, Amudaryo, Nukus, Shumanay, Taxiatosh, Xoʻjayli. Izboskan, Paxtaobod, Jalaquduk, Xoʻjaobod, Buloqboshi, Marhamat. Olot, Qorakoʻl, Mirzachoʻl, Forish. Baxmal, Yangiobod, Dehqonobod, Gʻuzor, Mirishkor, Shaxrisabz, Kitob, Uchquduq, Tomdi, Pop, Chust, Kosonsoy, Yaigiqoʻrgʻon, Chortoq, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Bulungʻur, Urgut. Mirzaobod, Oqoltin, Xovos, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Termiz, Muzrabot, Sherobod, Boʻstonliq, Qibray, Zangiota, Toshkent, Ohangaron, Yangiyoʻl, Chinoz, Bekobod. Boʻka, Piskent, Dangʻara, Furqat, Beshariq, Oʻzbekiston, Quva, Fargʻona, Oltiariq, Rishton, Soʻh, Bogʻot, Yangiariq, Xiva Qoʻshkoʻpir, Shovot, Gurlan tumanlari hokimliklariga tegishli (jami — 71 ta).
** Kegeyli, Mirishkor, Chiroqchi. Sherobod. Payariq. Pastdargʻom, Xovos, Qiziriq tumanlariga tegishli.
*** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni qishloq tumanlarining toifasidan kelib chiqqan xolda belgilanadi”.
5. 2v-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alohida tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi*
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 23 — 25 nafar.
* Qoʻrgʻontspa, Romitan, Zomin, Nishon, Hazorasp, Sirdaryo, Sariosiyo, Asaka hokimliklariga tegishli.
** Asaka tumani hokimligidan tashqari.
*** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni qishloq tumanlarining toifasidan kelib chikkan xolda belgilanadi”.
6. 2g-ilovada “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul kotibi” bloki “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya kotibi” bloki bilan almashtirilsin.
7. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
|
T/r |
Hududlar nomi |
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni |
|
I toifali hududlar boʻyicha | ||
|
1. |
Andijon viloyati |
53 |
|
2. |
Qashqadaryo viloyati |
53 |
|
3. |
Samarqand viloyati |
55 |
|
4. |
Toshkent viloyati* |
64 |
|
5. |
Fargʻona viloyati |
53 |
|
II toifali hududlar boʻyicha | ||
|
6. |
Buxoro viloyati |
55 |
|
7. |
Navoiy viloyati |
53 |
|
8. |
Namangan viloyati |
53 |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
53 |
|
10. |
Xorazm viloyati |
55 |
|
III toifali hududlar boʻyicha | ||
|
11. |
Jizzax viloyati |
50 |
|
12. |
Sirdaryo viloyati |
50 |
|
Toifadan tashqari | ||
|
13. |
Toshkent shahri ** |
59 |
|
Jami |
706 | |
* Turizmni rivojlantirish departamenti (35 nafar) hisobga olinmagan xolda.
** Kapital qurilish boshqarmasi (8 nafar), Investitsiyalar va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish boshqarmasi (6 nafar) hamda Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (40 nafar) hisobga olinmagan holda”.
8. 3a-ilovada:
a) quyidagi mazmundagi 13-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|||
|
13. |
Nurafshon |
24 | |
|
”; | |||
b) “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “330” raqami “354” raqami bilan almashtirilsin.
9. 3b-ilovada:
a) quyidagi mazmundagi 16 va 17-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|||
|
16. |
Ohangaron |
18 | |
|
17. |
Yangiyoʻl |
18 | |
|
”; | |||
b) “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “303” raqami “339” raqami bilan almashtirilsin.
10. 3v-ilovada:
a) “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimida:
“I toifa” kichik boʻlimining “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida:
2-pozitsiyadagi “25” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|||
|
8. |
Taxiatosh |
20 | |
|
”; | |||
14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
|||
|
15. |
Jami |
307 | |
|
”; | |||
b) “Qashqadaryo viloyati” boʻlimida:
“I toifa” kichik boʻlimining “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida:
1-pozitsiyadagi “23” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin;
13-pozitsiyadagi “262” raqami “258” raqami bilan almashtirilsin;
v) “Toshkent viloyati” boʻlimida:
“I toifa” kichik boʻlimining “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida:
3-pozitsiyadagi “23” raqami “21” raqami bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyadagi “25” raqami “21” raqami bilan almashtirilsin;
“II toifa” kichik boʻlimida:
1-pozitsiyaning “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “25” raqami “21” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 10-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|||
|
10. |
Toshkent |
19 | |
|
”; | |||
14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
|||
|
15. |
Jami |
300 | |
|
”; | |||
g) “Xorezmskaya oblast” boʻlimida:
nomidagi “Xorezmskaya oblast” soʻzlari “Xorazm viloyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“I toifa” kichik boʻlimining “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida:
2-pozitsiyadagi “23” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin;
10-pozitsiyadagi “203” raqami “199” raqami bilan almashtirilsin;
d) 157-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
|||
|
159. |
Respublika boʻyicha jami |
3200 | |
|
”. | |||
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3374-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 07/17/3374/0208-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)