Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Qarori
“Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2761-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 6-yanvardagi 27-son “Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2761, 2016-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 51-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-oktabr,
9-mh-son
Kelishilgan:
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 2-oktabr
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2017-yil 2-oktabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2017-yil 2-oktabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q. RAFIKOV
2017-yil 2-oktabr
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 2-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2017-y., 10/17/2761-1/0183-son)