24.10.2017 yildagi 866-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agrokompleks faoliyatini kengaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, hududda eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish hamda ushbu yoʻnalishga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agrokompleks faoliyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi qishloq xoʻjaligi texnikasini saqlash, ularga servis xizmati koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan “Boyovut tezkor madad” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda jamiyat deb ataladi) Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda “OʻzRTXB” AJ deb ataladi) tomonidan 2,8 mlrd soʻmlik moliyaviy yordam koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzRTXB” AJning moliyaviy yordam mablagʻlari uning jamiyat ustav fondidagi ulushi sifatida kiritilishi toʻgʻrisida jamiyatning qarori qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “OʻzRTXB” AJ tomonidan jamiyatga ajratilgan moliyaviy yordam mablagʻlari jamiyatning ustav fondiga yoʻnaltirilishi yoʻli bilan “OʻzRTXB” AJ jamiyatning ishtirokchisi boʻlishiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “OʻzRTXB” AJ Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda jamiyatning taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “OʻzRTXB” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat negizida zamonaviy agrokompleks tashkil qilishni va yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, konservatsiya qilish hamda saqlash loyihalari amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokompleksning eksport salohiyatini yanada oshirish va yangi ish oʻrinlar yaratish boʻyicha 2017-2018-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sirdaryo viloyati hokimligi jamiyat negizida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida qoʻshimcha yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.R. Nagayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
866-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2017-y., 09/17/866/0169)