Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son qaroriga muvofiq, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatidan, shuningdek xizmatlar koʻrsatishdan oladigan daromadlaridan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalarining. soliqlar va yigʻimlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar taqdim etilishi natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda JIEBB deb ataladi) jazoni ijro etish muassasalarining ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarini maxsus gʻazna hisobvaragʻida jamlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalarini 2019-yildan boshlab kommunal xarajatlarning alohida moddalari boʻyicha, keyinchalik esa, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi alohida jazoni ijro etish muassasalarini budjetdan moliyalashtirishdan toʻliq JIEBB Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan saqlashga bosqichma-bosqich oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-oktabr,
861-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 861-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Markazlashtirilgan jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markazlashtirilgan jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda — JIEBB) yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari JIEBBning maxsus gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
4. Quyidagilar Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatidan, shuningdek xizmatlar koʻrsatishdan oladigan daromadlaridan JIEBB tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalarining soliqlar va yigʻimlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar taqdim etilishi natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari.
Markazlashtirilgan jamgʻarmaga ajratmalar miqdori jazoni ijro etish muassasalarining oladigan daromadlariga bogʻliq ravishda har bir muassasa uchun alohida belgilanadi va moliya yili yakunlari boʻyicha JIEBB boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
5. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
JIEBB binolari va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, shuningdek qurilish materiallari xarid qilish, JIEBB, uning muassasalari va ular tashkilotlarining binolari va inshootlarini jihozlash;
jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash;
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi alohida jazoni ijro etish muassasalarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlariga moliyaviy yordam koʻrsatish;
avtotransport, aloqa vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika, jihozlar va xoʻjalik buyumlari xarid qilish, shuningdek ularni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
mahkumlar va qamoqqa olinganlarni qoʻriqlash va nazorat qilishning zamonaviy texnik vositalarini, shuningdek JIEBB, uning muassasalari va ular tashkilotlari uchun boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari xarid qilish;
jazoni ijro etish muassasalari joylashgan joylarda JIEBB va uning muassasalari xodimlarining (ishchilarining) egallagan lavozimda boʻlish muddati davomida yashashi uchun moʻljallangan xizmat turar joylari (kvartiralar) qurish (xarid qilish), shu jumladan ikkilamchi bozorda xarid qilish;
konsalting va boshqa xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
JIEBB xodimlarini (ishchilarini) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlarini qoplash;
davriy bosma nashrlar, maxsus adabiyotlar, kitob mahsulotlari, kanselyariya buyumlari, tashqi targʻibot-tushuntirish vositalari (bannerlar va boshqalar) xarid qilish;
JIEBB va jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga (ishchilariga) moddiy yordam koʻrsatish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, profilaktik, madaniy va tantanali tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek boshqa ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Moddiy yordam JIEBB va jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga (ishchilariga) ularning yozma ariza orqali murojaatlari yoki tegishli muassasaning kasaba uyushmasi qoʻmitasining iltimosnomasi asosida istisno holatlarda (nikoh toʻyi, yaqin qarindoshlarning oʻlimi, ogʻir jarohat olish, kasallik, oiladagi ogʻir moddiy sharoit, tabiiy ofat oqibatlarida) koʻrsatiladi. Bunda koʻrsatiladigan moddiy yordam miqdori bir yilda lavozim maoshining ikki barobaridan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — JIEBB boshligʻi (keyingi oʻrinlarda JIEBB boshligʻi deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi JIEBB tomonidan, qonun hujjatlarida budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha belgilangan tartibda tuziladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
10. Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi moliyaviy mablagʻlar kelib tushishining prognozidan kelib chiqib va keyingi yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tuziladi.
11. Daromadlar va xarajatlar prognozini tayyorlash, Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari tahlili hamda monitoringini amalga oshirish, Markazlashtirilgan jamgʻarma boʻyicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni qabul qilish va tahlil etish JIEBB Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi va Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Markazlashtirilgan jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi moliyaviy yilga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
4-bob. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
13. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish JIEBB tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari JIEBB boshligʻi, JIEBB boshligʻining oʻrinbosari — Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻining qarori bilan sarflanadi, Markazlashtirilgan jamgʻarmadan eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ortiq summadagi mablagʻlarni sarflash esa — JIEBBning Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Komissiya tarkibi 5 kishidan kam boʻlmagan aʼzo, shuningdek kotibdan iborat boʻlib, JIEBB boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
JIEBB boshligʻi Komissiya raisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Xolislik, ochiqlik va qarorlar qabul qilishda oshkoralik Komissiya ishining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
17. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markazlashtirilgan jamgʻarma ishlarini tashkil etish va uning mablagʻlarini tasarruf etish;
Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini doimiy monitoring qilish;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratish haqidagi buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va umumlashtirish, nisbatan dolzarb boʻlgan va asoslantirilgan buyurtmanomalarni tanlash;
ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan holatlar aniqlanganda ajratilgan mablagʻlarni undirish va moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyish choralarini koʻrish;
Markazlashtirilgan jamgʻarma faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish.
18. Komissiya Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlar uchun foydalanish masalasini koʻrib chiqadi va qarorlar qabul qiladi.
19. Komissiya majlislari zaruratga koʻra oʻtkaziladi.
Komissiya majlislari uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning majlisida ishtirok etgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya aʼzolarining ovozlari teng boʻlib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
20. Komissiya qarori Komissiya majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi, Komissiyaning raisi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda JIEBBning muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Komissiya raisi:
Komissiya ishida xolislik va ochiqlikni;
Komissiya tomonidan oʻzining zimmasiga yuklangan vazifalarning toʻliq bajarilishini;
Komissiya tomonidan Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha qarorlar qabul qilishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
22. Komissiya kotibi:
JIEBBning tegishli xizmatlari va jazoni ijro etish muassasalaridan Komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va materiallarni soʻrab oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya majlisini oʻtkazish uchun zarur axborotlarni tayyorlaydi va majlisdan kamida uchun kun oldin ularni Komissiya raisi va aʼzolariga taqdim etadi;
Komissiya majlisi bayonlarining rasmiylashtirilishi, Komissiya hujjatlarining yuritilishi va saqlanishini taʼminlaydi.
23. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, taʼmirlash hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga mablagʻ ajratish uchun Komissiyaga mavjud muammolar va ularning yechimi, mablagʻlarni sarflash maqsadlari va kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan tushuntirish xati, zarur jihozlar va ehtiyot qismlar roʻyxati, soʻralayotgan summaning hisob-kitobi, shuningdek bajariladigan ishlar hajmi koʻrsatilgan taʼmirlash boʻyicha kamchiliklar dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar taqdim etiladi.
5-bob. Hisob va hisobot
24. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va ularni sarflash hisobi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotni yuritish JIEBBning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va ularni sarflash haqida hisobot budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan JIEBBning keyingi yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlashda Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari majburiy tartibda inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi alohida jazoni ijro etish muassasalarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatidan olgan foydasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
27. JIEBB va jazoni ijro etish muassasalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi, buxgalteriya hisobining toʻgʻri yuritilishi, mablagʻlarning tushumi va sarflanishi toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarning tuzilishi va taqdim etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilmagan holatlar aniqlanganda belgilangan maqsadda foydalanilmaganligi aniqlangan barcha summa aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli javobgarlik choralarini qoʻllagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
28. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Nazorat-taftish inspeksiyasi va boshqa sohaviy xizmatlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/861/0157; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 23.05.2020-y., 09/20/318/0644-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)