Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 23.10.2017 yildagi 862-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 23.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish tadbirlari dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qaroriga muvofiq va Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida tegishli sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2018 — 2022-yillarda Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarini (keyingi oʻrinlarda YPX deb ataladi) bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — buyurtmachilar etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihalashtirish va pudratchi tashkilotlar — belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari modernizatsiya qilingan YPX postlari, shuningdek yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yagona markazlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish hisobga olingan holda, YPX statsionar postlari qulay joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek YPX statsionar postlarining tasdiqlangan namunaviy sxemalarga qatʼiy muvofiq ravishda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va optik aloqa liniyalarini oʻtkazish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari tashkil etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda trassalarni topografik suratga olish ishlarini hamda tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari berilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida optik aloqa liniyalari oʻtkazish ishlarini bajarish uchun pudratchi tashkilotlarni belgilangan tartibda aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar uzatish xizmatlari koʻrsatsin va zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini barpo etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili tasdiqlanadigan mablagʻlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2018-yildan boshlab, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilish uchun kapital mablagʻlar limitlarini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
862-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/862/0158-son, 22.05.2018-y., 09/18/377/1258-son)