19.10.2017 yildagi 853-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi faoliyatini yanada tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va salomatligini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi faoliyatini tashkil etishga doir vazifalarni amalga oshirishni davom ettirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3135-son qarori bilan “Xorazm shakar” AJ, “Angren shakar” MCHJ va bir qator xorijiy kompaniyalarning “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondiga, istisno tariqasida, Fondning vakolatli bank tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hisob raqamlariga xorijiy jismoniy va yuridik shaxslardan begʻaraz asosda mablagʻlar olishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi olingan mablagʻlardan Fondning ustavdagi vazifalariga qatʼiy muvofiq ravishda maqsadli va manzilli foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda ijro etuvchi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi K.K. Sharipova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
853-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2017-y., 09/17/853/0148)