19.10.2017 yildagi 852-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamentining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament xodimlarining shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentni yuklangan vazifalarning yuqori tashkiliy va professional darajada bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan butlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Departament faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Departament Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent koʻchasi, 92-uy manziliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boʻstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Departament hududiy boʻlinmalari tegishli tuman (shahar) hokimliklari binolarida joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tavsiyasiga koʻra belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga turistik yoʻnalishlar va asosiy yoʻl yoqalarida yoʻlboʻyi turistik infratuzilma obyektlari qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan, keyinchalik ular tarkibida axborot markazlarini bepul joylashtirish sharti bilan yer maydonlari ajratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Departamentga 4 ta avtotransport vositasini, shu jumladan 1 ta yengil va 3 ta maxsus (yoʻltanlamas) avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda yoʻlboʻyi turistik infratuzilma obyektlariga qoʻyiladigan hamda turistlar uchun barcha zarur qulayliklar majburiy boʻlishini nazarda tutadigan namunaviy talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Toshkent viloyati hokimi Sh.X. Babayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
852-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 852-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi*

* Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 35 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 852-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamentining (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Departament Toshkent viloyati hokimligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida hokimlikka hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Toshkent viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Departament yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan muvofiqlashtiradi, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Departament yuridik shaxs hisoblanadi, Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Departament davlat mulki boʻlgan va unga berilgan mol-mulkni operativ boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlari marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tarixiy-madaniy merosni teng targʻib qilishga yoʻnaltirilgan turizm sohasida faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish, Toshkent viloyatining turistik imiji jalb etuvchanligini saqlash va rivojlantirish, Toshkent viloyatining turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turistik bozorlarga jadal yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasini kompleks rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish monitoringini olib borish, Toshkent viloyatida turistik xizmatlar va turizm oʻz turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish hamda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan zamonaviy turistik infratuzilmani tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq turistik infratuzilma obyektlarining sanitariya holatini qoʻllab-quvvatlash va saqlash, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha obodonlashtirish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida turistik faoliyatni rivojlantirishni taʼminlash, Toshkent viloyati hududida yangi turistik yoʻnalishlar tashkil etilishiga koʻmaklashish, turizm obyektlari va turizm yoʻnalishlarining yagona reyestrlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, Toshkent viloyati hududi boʻylab harakatlanish vaqtida turistik xizmatlarni tashkil etish va koʻrsatishda turistlarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm obyektlariga tashrifni tashkil etish, Toshkent viloyatida mehmon uylari reyestrini yuritish, mehmon uylari va ularning xizmatlari belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish yuzasidan vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirishga, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini ragʻbatlantirishga toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, Toshkent viloyatida turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Departament yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toshkent viloyatining turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi amalga oshirilishini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va prognozlarini muntazam tahlil qilishni hisobga olgan holda qisqa muddatli, oʻrtacha va uzoq muddatli istiqbolda Toshkent viloyatida turizm tarmogʻini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarini belgilashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, turizm faoliyati subyektlari bilan oʻzaro hamkorlikda turizm sohasida yagona siyosatning amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik faoliyat subyektlarining amaliyotini umumlashtiradi va faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek, mintaqada turizm sohasida ular ishini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, turistik namoyish qilish obyektlarini tashkil etish uchun turistik klasterlar hududlarini va boshqa joylarni aniqlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlari marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tarixiy-madaniy merosni teng targʻib qilishga yoʻnaltirilgan turizm sohasida faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish, Toshkent viloyatining turistik imiji jalb etuvchanligini saqlash va rivojlantirish, Toshkent viloyatining turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turistik bozorlarga jadal yoʻnaltirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlar oqimining potensial va istiqbolli bozorlari va yoʻnalishlarini oʻrganadi, turizm sohasida reklama-axborot siyosatini jadal rivojlantirishning samarali usullari va mexanizmlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik tegishli takliflarni tayyorlash uchun hududlarning turizm salohiyatini rivojlantirish va targʻib qilish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy va ichki turistlarning afzalliklarini oʻrganishga va turizm mahsulotlarining eng koʻp talab etiladiganlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan marketing tadqiqotlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va mintaqaviy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro va mintaqaviy turistik bozorlarga jadal yoʻnaltirilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik faoliyatning mintaqaviy subyektlarini jalb etgan holda xalqaro turizm yarmarkalari, koʻrgazmalar va biznes-uchrashuvlarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi, Toshkent viloyatining turizm salohiyatini xalqaro va mintaqaviy turistik bozorlarda targʻib qilishda turizm faoliyati subyektlari va boshqa manfaatdor shaxslarning ishtirokini faollashtirish maqsadida ularni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat muassasalari bilan birgalikda festivallar, bayramlar va boshqa madaniy-ommaviy tadbirlarni, teatrlashtirilgan tomoshalarni, shou-dasturlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik faoliyat subyektlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari ishtirokida mintaqada axborot turlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) turizm sohasini kompleks rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish monitoringini olib borish, Toshkent viloyatida turistik xizmatlar va turizm oʻz turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish hamda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan zamonaviy turistik infratuzilmani tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning mavjud turizm salohiyatini, turizm va logistika sohasida turistik xizmatlar bozori va infratuzilmaning joriy holatini va rivojlantirish istiqbollarini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasini kompleks rivojlantirishning mintaqaviy dasturi ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm industriyasini rivojlantirish, turistik xizmatlar infratuzilmasini, eng avvalo, mehmonxonalarni va boshqa shunga oʻxshash joylashtirish vositalarini, transport-logistika va yoʻlboʻyi infratuzilmalarni, asosiy turizm yoʻnalishlari boʻyicha umumiy ovqatlanish obyektlarini va turistik infratuzilmaning boshqa obyektlarini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida, shu jumladan, yer uchastkalari ajratish, tijorat banklarining kreditlarini, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni va xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlarini jalb etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish borasida tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmni rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dasturlar bajarilishi natijalarining samarali monitoringini taʼminlaydi, turizmni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish boʻyicha vakolatli organlarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq turistik infratuzilma obyektlarining sanitariya holatini qoʻllab-quvvatlash va saqlash, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha obodonlashtirish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlarning tashrifi uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar yuzasidan turistik namoyish qilish obyektlarining va turistik infratuzilmaning holatini oʻrganadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqish majburiy boʻlgan soʻrovlar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlarga turistik namoyish qilish obyektlari va turistik infratuzilma hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha soʻrovlar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy standartlarga muvofiq amaldagi jamoat va boshqa sanitariya-gigiyena uzellarini (hojatxonalarni) taʼmirlash va yangilarini qurish tashabbusi bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik namoyish qilish obyektlari va turistik infratuzilma hududlarida, shuningdek, ularga olib boruvchi yoʻllarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish va yoʻq qilishning joriy holati boʻyicha soʻrovlar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, koʻchalar qiyofasini yaxshilash va yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Toshkent viloyatida turistik faoliyatni rivojlantirishni taʼminlash, Toshkent viloyati hududida yangi turistik yoʻnalishlar tashkil etilishiga koʻmaklashish, turizm obyektlari va turizm yoʻnalishlarining yagona reyestrlarini shakllantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hududida turistik faoliyat subyektlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda sayyor va ichki turizm sohasida boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, turizm sohasi subyektlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yangi turizm yoʻnalishlari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik faoliyatning belgilangan standartlariga muvofiq turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm obyektlari va ularga olib boradigan turistik yoʻnalishlar reyestrlarini yuritishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga va boshqa tashkilotlarga turizm sohasini yanada kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, Toshkent viloyati hududi boʻylab harakatlanish vaqtida turistik xizmatlarni tashkil etish va koʻrsatishda turistlarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm obyektlariga tashrifni tashkil etish, Toshkent viloyatida mehmon uylari reyestrini yuritish, mehmon uylari va ularning xizmatlari belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish yuzasidan vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylarini tashkil etishga va ularning zarur tarzda faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashadi hamda mehmon uylari reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari xizmatlarining sifati va xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni shakllantirish maqsadida mehmon uylari tomonidan xizmatlar koʻrsatilishi jarayoni va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatidan turistlarning qoniqishi darajasi ustidan monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning chekka hududida joylashgan turistik namoyish qilish obyektlariga turistlarning tashrifiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida tegishli maʼlumotlarni joylashtirish orqali Toshkent viloyatining muayyan vaqtda tashrif etish turistlarning xavfsizligiga tahdid qiladigan joylar toʻgʻrisida vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirib turizm faoliyati subyektlari va qatnashchilarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirishga, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini ragʻbatlantirishga toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mexanizmlar va ragʻbatlarning samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida qonun hujjatlari normalariga rioya qilinishi ustidan samarali monitoring olib borilishini taʼminlashda va turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari orasida tushuntirish ishlari olib borishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik faoliyat subyektlarining turizm sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilishini taʼminlash va ular faoliyati rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm bozori rivojlanishi tendensiyalari va unda yuz berayotgan oʻzgarishlar monitoringini olib borishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, Toshkent viloyatida turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining turizm sohasida bandligini tadqiq etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida, ayniqsa menejment va marketing, gidlar (ekskursovodlar)ni tayyorlash sohasida mutaxassislarni professional qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Departament unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan turizm masalalari boʻyicha axborotni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga turizm sohasida kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida, shu jumladan turistik namoyish qilish va infratuzilma obyektlarida turistlar uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan takliflar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari va ularning xizmatlarining mehmon uylari reyestrini yuritishda belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish yuzasidan vakolatli organlarning harakatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari koʻrsatishning sifati va xavfsizligini taʼminlashga vakolatli organlarni jalb etish, koʻrsatiladigan xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida ulardan xulosa soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, kengashlar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm zonalarini va togʻ turistik klasterlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga idoraviy mansub tashkilotlarda Toshkent viloyatining turizm salohiyatini targʻib va namoyish qiluvchi reklama mahsulotlarini (audio-videomateriallar, broshyuralar, xaritalar, flayerlar, bukletlar, yoʻl koʻrsatkichlar va shu kabilarni) yaratishga va nusxalarini koʻpaytirishga buyurtmalarni, shu jumladan, tenderlar (tanlovlar) oʻtkazmasdan joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylariga xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlaridan turizm sohasida qonun hujjatlariga va belgilangan talablarga rioya qilishni talab etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Departament unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Departamentga Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda Toshkent viloyati hokimi tomonidan tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Toshkent viloyati hokimligining mustaqil boshqarmasi boshligʻiga, xodimlar esa boshqarmaning tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Departament direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament ishini yillik va choraklik rejalashtiradi, shuningdek, bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Toshkent viloyati hokimligiga yillik hisobotlarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka boshchilik asosida Departament faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, shu jumladan, uning manfaatlarini ifodalaydi, Departament nomidan belgilangan tartibda bitimlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning unga boʻysunuvchi xodimlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni, lavozim yoʻriqnomalari buzilganligi uchun javobgarlik darajasini taqsimlaydi, qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat moliya boshqarmasi bilan kelishgan holda Departamentning har yilgi xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlar doirasida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradi va mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va qonun hujjatlariga muvofiq zarur tarzda hisobga olinishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament direktori oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarni ijro etishda Departament manfaatlarini koʻzlab ish koʻradi va majburiy toʻlovlar budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga oʻz vaqtida toʻlanishi, ish haqi toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar qondirilishi, bevosita Departament faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlar uchun pul mablagʻlarini oʻtkazish taʼminlanmaganligi, uning harakati (harakatsizligi) tufayli, shu jumladan Departamentga berilgan davlat mulki yoʻqotilgan taqdirda Departamentga yetkazilgan zararlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Departament faoliyati ustidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Departament faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Departament faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Departamentga ajratiladigan mablagʻlardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Departament xodimlari mehnatiga haq toʻlash, shu jumladan, ish haqiga tenglashtirilgan barcha toʻlovlarni, shuningdek, mukofotlar toʻlashga sarf-xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan ish beruvchilarga ajratmalarga sarf-xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanselyariya sarf-xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament xodimlari xizmat safarlari sarf-xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlarga, oʻzining yoki ijaraga olingan binolar va xonalarni saqlashga sarf-xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa xizmatlariga sarf-xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat yengil avtotransporti va yoʻltanlamaslar, asbob-uskunalar, tashkiliy texnikadan foydalanish va ularni sotib olish yoki ularni ijaraga olish sarf-xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish (bajarish) bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni, shu jumladan, turizm infratuzilmasining yangi obyektlarini loyihalashtirishga, shuningdek, turli tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazishga xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Departament xodimlarini qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlarida taqiqlanmagan budjetdan tashqari manbalar hisobiga belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Departamentning mol-mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Departamentning mol-mulki operativ boshqarish huquqi bilan unga biriktirilgan mol-mulk hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Departamentning mol-mulki boʻlinmaydi va garovga qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Departament qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 852-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari mehnatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
razryadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomlari

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Departament direktori

14

Departament direktorining birinchi oʻrinbosari*

Departament direktorining oʻrinbosari

13

Boʻlim boshligʻi

12

Shuʼba mudiri*

Bosh yuriskonsult

11

Bosh buxgalter

12

Bosh mutaxassis

10

Yetakchi mutaxassis

9

Kadrlar boʻyicha inspektor (birinchi toifali)

8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Departament direktori va boʻlim boshligʻi lavozim maoshidan 5 foizga kam.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2017-y., 09/17/852/0147-son; 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)