Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror ilovasi 1-bandining “e” kichik bandi yetmish sakkizinchi va yetmish toʻqqizinchi hatboshilari ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch oydan soʻng amalga kiritiladi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
837-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida:
a) oʻzbek tilidagi matnning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “aylantirish” soʻzi “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) Davlat korxonalari va davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga aylantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
oʻzbek tilidagi matndagi “aylantirish” soʻzi “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan” soʻzlari “belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun buyurtmanoma hududiy organga kelib tushgan taqdirda, oʻzgartirishni rad qilish uchun sabablar boʻlmaganda, hududiy organ buyurtmanoma (taklif) kelib tushgan paytdan boshlab oʻn besh ish kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Davlat raqobat qoʻmitasi (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hududiy organlarining rahbarlari kiradigan hududiy tanlov komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda hududiy tanlov komissiyasi deb ataladi) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda axborot yuboradi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Hududiy tanlov komissiyasi davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun berilgan buyurtmanomani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tasdiqlangan mezonlarga mos kelishini koʻrib chiqadi.
Agar davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinishi zarur boʻlsa, hududiy organ hududiy tanlov komissiyasining qaroriga asosan berilgan buyurtmanomani (taklifni) hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat raqobat qoʻmitasiga yuboradi”;
sakkizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun buyurtmanoma (taklif) Davlat raqobat qoʻmitasiga kelib tushgan taqdirda, oʻzgartirishni rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, buyurtmanoma (taklif) mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni shakllantirish uchun hududiy organga yuboriladi, hujjatlar oʻn besh ish kuni mobaynida hududiy organ tomonidan hududiy tanlov komissiyasiga taqdim etiladi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirish uchun kelib tushgan buyurtmanomalar (takliflar) asosida hududiy tanlov komissiyalari va Davlat raqobat qoʻmitasi har yili kamida bir marta tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xususiylashtiriladigan davlat tashkilotlari boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori boʻyicha xususiylashtiriladigan davlat tashkilotlari boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyalari tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritiladi.
Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan davlat tashkilotlarining roʻyxati hududlar yoki tarmoqlar boʻyicha shakllantirilishi mumkin.
Xususiylashtirish dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra oʻzgartiriladigan davlat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi”;
oʻzbek tilidagi matnning 22-bandi birinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “korxonasini” va “korxonasining” soʻzlari tegishli ravishda “tashkilotini” va “tashkilotining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 23-bandidagi “korxonasining” soʻzi “tashkilotining” soʻzi bilan almashtirilsin;
30-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan davlat tashkilotini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Davlat raqobat qoʻmitasi hayʼati yoki hududiy tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi (xususiylashtirish dasturiga koʻra oʻzgartirilayotgan davlat tashkiloti boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan qarorlar boʻyicha), oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining yuqori davlat organi bilan (yoki davlat tashkilotining muassisi bilan) kelishgan holda qabul qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari davlat tashkilotlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi”;
oʻzbek tilidagi matnning 33-bandida:
birinchi xatboshidagi “boʻyicha” soʻzi “toʻgʻrisidagi” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “aylantirilayotganda” va “prospekti” soʻzlari tegishli ravishda “oʻzgartirilayotganda” va “risolasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “aylantirilayotganda” soʻzi “oʻzgartirilayotganda” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 34-bandidagi “aksiya emissiyasi prospekti” soʻzlari “aksiyalar emissiyasi risolasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 37-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “aylantirish” soʻzi “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “prospektini” soʻzi “risolasini” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 40-bandidagi “aylantirish” soʻzi “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 41-bandida “oʻn kun ichida” soʻzlari “oʻn kun muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning VI boʻlimi nomidagi, 46-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 47 va 48-bandlaridagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Dublikat olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
“topilmalar stoli”dan maʼlumotnoma;
mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderining dublikati uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi bankning toʻlov hujjati.
Mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderining dublikati berilgandan soʻng Davlat raqobat qoʻmitasi yoki hududiy organ besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda davriy bosma nashrda yoʻqolgan mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderining haqiqiy emasligi toʻgʻrisida eʼlon beradi”;
Nizomning 1-ilovasida:
“1-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
oʻzbek tilidagi matnda:
belgilashlar va nomlanishidagi “aylantirish” soʻzi “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Tadbirlar” qatoridagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomning 2 — 10-ilovalaridagi belgilashlardagi “aylantirish” soʻzi “oʻzgartirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomning 10-ilovasida:
oʻzbek tilidagi matndagi “mulkiy huquqni” va “mulkka egalik qilish huquqi” soʻzlari tegishli ravishda “mulk huquqini” va “ga mulk huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“(ushbu orderni bergan davlat organi)” soʻzlari “(ushbu orderni bergan davlat organining nomi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
1-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyalarni olish, Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan”;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat aksiyalari savdosi (keyingi oʻrinlarda savdolar deb ataladi) — fond birjasi, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan yoki sotuvchi tomonidan tashkil etiladigan davlat aksiyalarini sotish boʻyicha savdolar;
birja bitimi — birja tomonidan savdoning qayd etilgan natijasi boʻyicha tuzilgan davlat aksiyalarining elektron shakldagi fond birjasi (keyingi oʻrinlarda birja deb ataladi) tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan oldi-sotdi shartnomasi;
davlat aksiyalarining birja savdolari (keyingi oʻrinlarda birja savdolari deb ataladi) — birja savdosi qoidalariga va ushbu Nizomga muvofiq birja tomonidan tashkil etiladigan davlat aksiyalarining savdolari;
davlat aksiyalarining birjadan tashqari savdolari (keyingi oʻrinlarda birjadan tashqari savdolar deb ataladi) — tashkilotchisi sotuvchi yoxud tegishli qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchisi huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblangan, qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tizimida amalga oshiriladigan davlat aksiyalari savdolari;
sotib olish toʻlovi — sotib olinayotgan davlat aksiyalari uchun xaridor tomonidan milliy va (yoki) erkin ayirboshlanadigan valyuta (EAV)da toʻlanadigan pul mablagʻlari;
Davlat tender komissiyasi — davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi;
Hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Davlat raqobat qoʻmitasi (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hududiy organlarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi;
emitent — ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyati;
investitsiyaviy majburiyatlar — davlat aksiyalarini sotib olishda xaridor tomonidan aksiyadorlik jamiyatiga (emitentga) investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
ijtimoiy majburiyatlar — davlat aksiyalarini sotib olishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
axborot memorandumi — aksiyadorlik jamiyatining hisobot sanasidagi holati boʻyicha tijoriy, tashkiliy va boshqa tavsiflari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotidan iborat boʻlgan hujjat;
lot — birja savdolariga qoʻyilayotgan va birjadan tashqari savdolar tizimidagi bir paketdagi davlat aksiyalarining miqdoriy oʻlchov birligi;
boshlangʻich narx — davlat aksiyalarini savdolarga qoʻyish uchun sotuvchi tomonidan belgilangan narx;
davlat aksiyalarining birjadan tashqari savdolari tashkilotchisi (keyingi oʻrinlarda birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi deb ataladi) — sotuvchi yoxud qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchisi huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va birjadan tashqari savdolar tizimida davlat aksiyalarining savdolarini tashkil qilayotgan yuridik shaxs;
birja savdolariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar — birja, sotuvchining (xaridorning) vositachisi, Markaziy depozitariy;
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) yoki uning hududiy organi (keyingi oʻrinlarda hududiy organ deb ataladi)
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tizimi (BTST) — qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchisi huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchisi (keyingi oʻrinlarda BTST tashkilotchisi deb ataladi) tomonidan tashkil etilgan, qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga oid buyurtmanomalarni toʻplash va qanoatlantirishni taʼminlaydigan qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari elektron tizimi;
sotuvchining (xaridorning, qatnashchining) vositachisi — qimmatli qogʻozlar bozorida investitsion vositachi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan, sotuvchi (xaridor) nomidan vakolat berilgan, shartnomaga asosan birja savdolarida va BTSTda davlat aksiyalarini sotish chogʻida vositachi boʻladigan yuridik shaxs;
talabgor — taklif etilgan yoki boshqa shartlarda tanlovda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarda oʻzining qatnashish niyati toʻgʻrisida ariza bergan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti) yoki uning vakolatli vakili;
xaridor — sotuvchi bilan qonun hujjatlariga muvofiq davlat aksiyalarining oldi-sotdi shartnomasini tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti)”;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari” soʻzlari “belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Birja savdolariga va BTST savdolariga chiqarilgan davlat aksiyalarini ularni savdoga qoʻyish narxi boʻyicha sotib olishga ikki oy mobaynida buyurtmanoma boʻlmagan taqdirda, har 15 kunda boshlangʻich savdoga qoʻyish narxining 10 foiz miqdorida, lekin boshlangʻich savdoga qoʻyish narxining 50 foizidan past boʻlmagan holda, savdoga qoʻyish narxini qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllaniladi, Davlat tender komissiyaning qarori bilan kelgusida qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllanilishi mumkin.
Birja savdolariga va BTST savdolariga chiqarilgan davlat aksiyalari narxini pasaytirish sotuvchi bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi.
Davlat aksiyalari boshlangʻich savdoga qoʻyish narxi 50 foizgacha pasaytirilgandan keyin bir oy mobaynida sotilmagan taqdirda, sotuvchi Davlat tender komissiyasiga kelgusida qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllash taklifini kiritadi. Bunda davlat aksiyalarini boshlangʻich savdoga qoʻyish narxidagi umumiy pasaytirish ularning nominal qiymatidan kam boʻlmagan miqdorida boʻlishi mumkin.”;
oʻzbek tilidagi matnning ikkinchi xatboshidagi “erkin muomaladagi valyuta (EMV)da” soʻzlari “EAV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Xalq isteʼmol tovarlari bilan savdo qilish respublika koʻrgazma-yarmarka savdo markazi” YAJ” soʻzlari “Xalq oziqa mollari koʻrgazma-yarmarka savdosi respublika markazi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida” soʻzlaridan keyin “va (yoxud) EAVda” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshidagi “chegirmalarni qoʻllash mexanizmi” soʻzlari “boshlangʻich savdoga qoʻyish narxini qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllaniladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning ikkinchi xatboshidagi “axborotni” soʻzi “elektron shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qoʻmitasiga” soʻzlari “Hududiy tanlov komissiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning yettinchi xatboshidagi “1-yanvardagi holatiga koʻra har yillik qayta baholashdan keyingi” soʻzlari “asosiy vositalarni 1-yanvardagi holatiga koʻra har yillik qayta baholashdan keyingi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Hududiy tanlov komissiyasi davlat aksiyalarini sotish boʻyicha arizani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimining xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish uchun tasdiqlangan mezonlarga muvofiq koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish zarur boʻlgan taqdirda hududiy organ hududiy tanlov komissiyasi qarori asosida ariza (taklif) boʻyicha tegishli maʼlumotlarni, hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat raqobat qoʻmitasiga yuboradi”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat aksiyalarini sotib olish uchun buyurtmanoma (taklif) Davlat raqobat qoʻmitasiga kelib tushganda, sotishni rad etish uchun sabablar boʻlmagan taqdirda, buyurtmanoma (taklif) ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun hududiy organga oʻn besh ish kuni mobaynida hududiy tanlov komissiyasida koʻrib chiqishga yuboriladi.”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Davlat aksiyalarini sotib olish uchun kelib tushgan buyurtmanomalar (takliflar) asosida hududiy organ yiliga kamida bir marotaba hududiy tanlov komissiyasiga xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlash boʻyicha takliflar kiritadi”;
quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Davlat aksiyalarini sotib olish uchun kelib tushgan buyurtmanomalar (takliflar) va hududiy tanlov komissiyalari qarorlari asosida Davlat raqobat qoʻmitasi yiliga kamida bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra sotilishi lozim boʻlganlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat aksiyalarini xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlash boʻyicha takliflar kiritadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan xususiylashtiriladigan davlat aksiyalarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tayyorlanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritiladi”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish dasturi” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
23-band matniga “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari qoʻshilsin;
28-banddagi “yoxud Davlat tender komissiyasining” soʻzlari “Davlat tender komissiyasining yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining vakolatlari doirasida qabul qilingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-banddagi “Sotuvchi” soʻzidan keyin “emitent” soʻzi qoʻshilsin;
30-banddagi “viloyatlar va Toshkent shahrining” soʻzlari “viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 35-bandidagi “EMV” qisqartmasi “EAV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 38 va 49-bandlaridagi “pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni” soʻzlaridan keyin “shakllantiradi va” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 40-bandi uchinchi xatboshidagi “EMV” qisqartmasi “EAV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “bitim” soʻzidan keyin “avval sotilgan” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avval sotilgan davlat aksiyalarining savdolar natijalari haqiqiy emas deb topilgan (bekor qilingan) yoki bitim bekor qilingan sanada shakllangan narxi boʻyicha, avval sotilgan davlat aksiyalari boʻyicha agar savdoga qoʻyish va birja bitimini bekor qilish sanasi orasidagi muddat ikki yildan oshmagan boʻlsa”;
uchinchi xatboshidagi “birja bitimi” soʻzlaridan keyin “avval sotilgan davlat aksiyalari boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin”;
44-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“agar davlat aksiyalari birja savdolariga boshlangʻich qoʻyish narxining 50 foizigacha qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllangandan keyin bir oy mobaynida sotilmaganda”;
quyidagi mazmundagi 441-band qoʻshilsin:
“441. Agar Davlat tender komissiyasining savdoga chiqarish boʻyicha nominal qiymatdan past boʻlmagan qiymatgacha qadamba-qadam pasaytirish mexanizmini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinsa, davlat aksiyalari avval chiqarilgan savdolarning bir xil savdo maydonchalarida sotilishi mumkin”;
45-bandning birinchi xatboshidagi “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzi “yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan vakolati doirasida qabul qilingan” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
oʻzbek tilidagi matnning 52-bandidagi “belgilangan narx” soʻzlari “belgilanadigan narx” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
54-banddagi “qoʻyish narxining 50 foizigacha chegirma qoʻllangandan” soʻzlari “qoʻyilgan boshlangʻich narxning aksiya nominal qiymatigacha pasaytirilgandan” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
VII — XI boʻlimlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat aksiyalarini sotish tartibi
SXEMASI
SXEMASI
g) Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari) dagi davlat ulushlarini sotish tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
uchinchi xatboshidagi “va auksion va tanlovlarni tashkil etish” soʻzlaridan keyin “shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron shaklda oʻtkaziladigan” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Davlat raqobat qoʻmitasi (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hududiy organlarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi”;
oʻn birinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻzbek tilidagi matnning oʻn sakkizinchi xatboshidagi “erkin muomaladagi valyutada (keyingi oʻrinlarda EMV deb ataladi)” soʻzlari “erkin ayirboshlanadigan valyutada (keyingi oʻrinlarda EAV deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan” soʻzlari “belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “yoki Davlat tender komissiyasi” soʻzlari “Davlat tender komissiyasi yoxud berilgan vakolatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning ikkinchi xatboshidagi “EMVda” qisqartmasi “EAVda” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Xalq isteʼmoli tovarlari bilan savdo qilish respublika koʻrgazma-yarmarka savdo markazi” YAJ soʻzlari “Xalq oziqa mollari koʻrgazma-yarmarka savdosi respublika markazi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “hududiy tanlov komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Hududiy tanlov komissiyasi davlat ulushini sotish boʻyicha arizani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimining xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun tasdiqlangan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish zarur boʻlgan taqdirda hududiy organ hududiy tanlov komissiyasi qarori asosida ariza (taklif) boʻyicha tegishli maʼlumotlarni, hujjatlarini ilova qilgan holda Davlat raqobat qoʻmitasiga yuboradi”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Davlat ulushini sotib olish uchun buyurtmanoma (taklif) Davlat raqobat qoʻmitasiga kelib tushganda, sotishni rad etish uchun sabablar boʻlmagan taqdirda, buyurtmanoma (taklif) ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun hududiy organ tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida hududiy tanlov komissiyasiga yuboriladi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Davlat ulushlarini sotish boʻyicha tushgan buyurtmanomalar (takliflar) asosida Davlat raqobat qoʻmitasi va hududiy tanlov komissiyasi buyurtmanomalarni (takliflarni) tushishiga qarab, yiliga kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat ulushlari boʻyicha xususiylashtirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida taklif kiritadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qaroriga koʻra xususiylashtiriladigan davlat ulushlarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlash uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritiladi”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish dasturi tasdiqlanadi” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
20-banddagi “yoxud Davlat tender komissiyasi” soʻzlari “yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining vakolatlari doirasida qabul qilingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 26-bandida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“auksionning sanasi va turini (ochiq yoki yopiq) belgilaydi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “hollari bundan mustasno” soʻzlari “hollaridan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “tuzadi” soʻzi “shakllantiradi” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning ikkinchi xatboshidagi “buyurtmanoma” soʻzi “buyurtmanomalar” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “viloyatlar va Toshkent shahri” soʻzlari “viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Sotuvchi tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan buyurtmanomani taqdim etgan yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi”;
oʻzbek tilidagi matnning 40-bandidagi “bosqichma-bosqich” soʻzlari “qadamba-qadam” soʻzlari bilan almashtirilsin;
46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Auksionlar birinchi auksion oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida har oʻn kunda bir marotaba oʻtkaziladi”;
oʻzbek tilidagi matnning 47-bandi beshinchi xatboshidagi ikkinchi jumlasidagi “Auksion” soʻzi “Tanlov” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 48-bandi birinchi xatboshidagi “auksion” soʻzi “tanlov” soʻzi bilan almashtirilsin;
49-bandning oltinchi xatboshidagi “viloyatlar va Toshkent shahri” soʻzlari “viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
53-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“53. Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili savdolar tashkilotchisiga ochiq tanlov toʻgʻrisidagi (yopiq tanlov toʻgʻrisidagi) xabarnomada belgilangan muddatlarda shaxsan yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:
nodavlat yuridik shaxslar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
jismoniy shaxslar uchun — pasportning nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
biznes-reja muhrlangan konvertda, shuningdek tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilingan sotib olish toʻlovlari summasi va uni toʻlash muddatlari, taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti).
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortigʻini tashkil etuvchi davlat ulushlari sotilayotganda talabgor yoki uning vakolatli vakili Davlat raqobat qoʻmitasining yoki hududiy organning mazkur davlat ulushlarini sotib olish uchun oldindan roziligini taqdim etishi shart.
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
59-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Tanlov savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi rasmiy eʼlon nashr etilgan kundan eʼtiboran 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, aniq belgilangan mezonlarga muvofiq, shu jumladan investitsiya hajmlari va yangi ish oʻrinlari yaratish shartlari asosida oʻtkaziladi”;
60-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Sotuvchi tanlov komissiyasi xulosasi boʻyicha tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan buyurtmanomani taqdim etgan yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzadi”;
65-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“65. Tanlovlar birinchi tanlov oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran bir oy mobaynida har oʻn ish kunida bir marta davriylikda oʻtkaziladi”;
69-banddagi “davlat ulushini sotib olish boʻyicha” soʻzlaridan keyin “shuningdek kelishuv va auksion yoki tanlov jarayonini buzuvchi boshqa xatti-harakatlarda qatnashish” soʻzlari qoʻshilsin;
71-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
“71. Ushbu Nizomning 46 va 65-bandlarida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan auksion (tanlov) boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgandan keyin, shuningdek tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan bitta xam buyurtmanoma kelib tushmagan holatlarda, auksion (tanlov) komissiyasining oxirgi bayonnomasi tasdiqlangan kundan boshlab bir oy muddatda sotuvchi davlat ulushlarini sotish boʻyicha ularni auksionga (tanlovga) qoʻyishda belgilangan boshlangʻich narxi boʻyicha oferta qilishga taklifnomani (keyingi oʻrinlarda taklifnoma deb ataladi) “Birja” gazetasida va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining davriy nashrlarida, shuningdek oʻzining veb-saytida chop etadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi xatboshidagi “har oyda” soʻzlari “har 15 kunda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
ikkinchi xatboshidagi “3 oy” soʻzlari “bir oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzbek tilidagi matnning 74-bandi sakkizinchi xatboshidagi “Jamiyat” soʻzi chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzbek tilidagi matnning 76-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “talabgor gʻolib deb eʼtirof etiladi” soʻzlari “talabgorga ustunlik beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
77-bandning birinchi xatboshidagi “auksion (tanlov) gʻolibi (ishtirokchisi) bilan” soʻzlardan keyin “tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan buyurtmanomani taqdim etgan yagona ishtirokchi tomonidan” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 78-bandi beshinchi xatboshidagi “mulkiy huquqning” va “mulkiy huquqni” soʻzlari tegishli ravishda “mulk huquqining” va “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
82-banddagi “savdolar boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻzbek tilidagi matnning 83-bandidagi “va investitsiyaviy majburiyatlarni va ijtimoiy majburiyatlarni” soʻzlari “hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
84-bandning ikkinchi xatboshidagi “ikki” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin;
85-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“85. Agar xaridor oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida sotib olish toʻlovlarini toʻliq amalga oshirsa, sotib olish toʻlovlari summasidan oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yillik qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorda chegirma beriladi.
Agar sotib olish toʻlovlari ushbu chegirmani hisobga olmagan holda amalga oshirilgan boʻlsa, sotuvchi tomonidan chegirma summasi belgilangan tartibda ortiqcha toʻlangan mablagʻ sifatida qaytariladi”;
oʻzbek tilidagi matnning 86-bandi uchinchi xatboshidagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
88-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi va hududiy organi” soʻzlari “sotuvi” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 89-bandidagi “Mulkiy huquqni” soʻzlari “Mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
91-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Dublikat berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
“topilmalar stolidan” maʼlumotnoma;
sertifikat dublikati berilgani uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Sertifikat dublikati berilgandan soʻng Davlat raqobat qoʻmitasi yoki hududiy organ besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda davriy bosma nashrda yoʻqotilgan sertifikatning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida eʼlon beriladi”;
oʻzbek tilidagi matnning 94-bandi beshinchi xatboshidagi “xaridorni” soʻzi “sotuvchini” soʻzi bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
“95. Agar auksionga (tanlovga) qoʻyilgan davlat ulushini boshlangʻich savdoga qoʻyish narxining 50 foizgacha pasaytirilganidan keyin bir oy mobaynida sotilmagan taqdirda, sotuvchi Davlat tender komissiyasiga kelgusida qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllash taklifini kiritadi. Bunda davlat ulushini boshlangʻich savdoga qoʻyish narxidagi umumiy pasaytirish ularning nominal qiymatidan kam boʻlmagan miqdorida boʻlishi mumkin”;
Keyingi tahrirga qarang.
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
“Agar davlat ulushi nominal qiymatgacha pasaytirilgandan soʻng 3 oy mobaynida sotilmasa, sotuvchi jamiyat ishtirokchisi sifatida jamiyatga davlat ulushini sotib olish talabi bilan jamiyatdan chiqishi toʻgʻrisida xabarnomani yuboradi”;
Keyingi tahrirga qarang.
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomning 1-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish
SXEMASI
SXEMASI
Nizomning 10-ilovasida:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzbek tilidagi matnning “Mulkiy huquq” va “egalik huquqi” soʻzlari “mulk huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
“chiqargan organ” soʻzlari “davlat organi chiqargan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
“_____ yil “___” ___________da _____-son oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi bitim tuzildi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
“(faqat order bergan davlat organi tomonidan kiritiladi)” soʻzlari “(faqat sertifikat bergan davlat organi tomonidan kiritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
d ) Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “rieltorlik tashkiloti” soʻzlaridan keyin “shuningdek, auksion va tenderlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron shaklda, tashkil etish va oʻtkazish uchun xizmat qiluvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Davlat raqobat qoʻmitasi (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hududiy organlarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi;”
oʻninchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2-bandning oʻn yettinchi xatboshidagi “erkin muomaladagi valyutada (keyingi oʻrinlarda EMV deb ataladi)” soʻzlari “erkin ayirboshlanadigan valyutada (keyingi oʻrinlarda EAV deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan” soʻzlari “belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlariga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “yoki Davlat tender komissiyasining” soʻzlari “Davlat tender komissiyasining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻz vakolati doirasida qabul qilingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “EMVda” qisqartmasi “EAVda” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi, “Xalq isteʼmoli tovarlari bilan savdo qilish respublika koʻrgazma-yarmarka savdo markazi” YAJ” soʻzlari “Xalq oziqa mollari koʻrgazma-yarmarka savdosi respublika markazi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qoʻmitasiga” soʻzlari “hududiy tanlov komissiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Hududiy tanlov komissiyasi davlat koʻchmas mulki obyektini sotish boʻyicha arizani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish uchun tasdiqlangan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish zarur boʻlgan taqdirda hududiy organ hududiy tanlov komissiyasi qarori asosida ariza (taklif) boʻyicha tegishli maʼlumotlarni, hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat raqobat qoʻmitasiga yuboradi”;
sakkizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) Davlat raqobat qoʻmitasiga tushgan taqdirda, xususiylashtirishni rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, ariza (taklif) ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni shakllantirish uchun hududiy organga yuboriladi va hududiy organ tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida hujjatlar shakllantirilib hududiy tanlov komissiyasiga taqdim etiladi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun tushgan buyurtmanomalar (takliflar) asosida Davlat raqobat qoʻmitasi va hududiy tender komissiyasi buyurtmanomalar kelib tushishiga qarab, lekin kamida bir yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlash yuzasidan takliflar kiritadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qaroriga asosan xususiylashtiriladigan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiya tomonidan tayyorlanadi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Xususiylashtirish dasturi, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari va hududiy tanlov komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda davlat mulkini xatlovdan oʻtkazish natijasida aniqlangan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxatidan tuzilishi mumkin”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi “Xususiylashtirish dasturi tasdiqlanadi” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
20-bandning oltinchi xatboshisida “sotilayotgan Davlat koʻchmas mulk obyekti savdolarini tashkil etish” soʻzlari “davlat koʻchmas mulk obyektini sotish boʻyicha tashkil etilayotgan savdolar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-banddagi “yoxud Davlat tender komissiyasining” soʻzlari “Davlat tender komissiyasining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻz vakolati doirasida qabul qilingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “d” kichik bandining oʻttiz ikkinchi — oʻttiz yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
30-bandning beshinchi xatboshidagi “tuzadi” soʻzi “shakllantiradi” soʻzi bilan almashtirilsin;
31-bandning uchinchi xatboshidagi va 52-bandning oltinchi xatboshidagi “viloyatlar va Toshkent shahar” soʻzlari “viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34 va 55-bandlardagi “15” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
43-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Sotuvchi tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan buyurtmanomani taqdim etgan yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolaydi”;
oʻzbek tilidagi matnning 44-bandidagi “bosqichma-bosqich” soʻzlari “qadamba-qadam” soʻzlari bilan almashtirilsin;
49-bandning ikkinchi xatboshidagi “olti oy” soʻzlari “birinchi auksion oʻtkazilgan sanadan soʻng ikki oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 50-bandi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sotuvchi, rieltorlik tashkiloti, balansda saqlovchi vakillaridan va zarur boʻlganda, shu jumladan shartnoma asosida jalb etiladigan mustaqil ekspertlar va maslahatchilardan tashkil topgan kamida besh kishidan iborat tarkibda doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan tanlov komissiyasini shakllantiradi. Tanlov komissiyasiga sotuvchining vakili boshchilik qiladi”;
56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“56. Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili savdolar tashkilotchisiga ochiq tanlov toʻgʻrisidagi (yopiq tanlov toʻgʻrisidagi) xabarnomada belgilangan muddatlarda shaxsan yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:
nodavlat yuridik shaxslar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
jismoniy shaxslar uchun — pasportining nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
biznes-reja muhrlangan konvertda, shuningdek tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilingan sotib olish toʻlovlari summasi va uni toʻlash muddatlari, taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti) bilan.
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
62-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tanlov savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi rasmiy eʼlon nashr etilgan kundan eʼtiboran 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, aniq belgilangan mezonlarga muvofiq, shu jumladan investitsiya hajmlari va yangi ish oʻrinlari yaratish shartlari asosida oʻtkaziladi”;
63-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Sotuvchi tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan buyurtmanomani taqdim etgan yagona ishtirokchi bilan tanlov komissiyasi xulosasiga asosan oldi-sotdi shartnomasini imzolaydi”;
ikkinchi xatboshidagi “tanlov takliflari” soʻzlaridan keyin “(biznes-reja)” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻzbek tilidagi matnda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
69-banddagi “olti oy” soʻzlari “birinchi tanlov oʻtkazilgan sanadan soʻng ikki oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 70-bandidagi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tanlov qatnashchilarining tanlov takliflarini, ular tanlov hujjatlariga va tanlovni oʻtkazish shartlariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, rad etish sabablarini koʻrsatib, tanlov qatnashchilarini xabardor qilgan holda, rad etish”;
74-banddagi “Davlat koʻchmas mulk obyekti” soʻzlaridan keyin “shuningdek, kelishuv va auksion yoki tanlov jarayonini buzuvchi boshqa xatti-harakatlarda qatnashish” soʻzlari bilan qoʻshilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
76-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“76. Auksionlar (tanlovlar) ushbu Nizomning 49 va 69-bandlarida nazarda tutilgan tartibda boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgandan keyin, shuningdek, tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan buyurtmanomani taqdim etgan yagona ishtirokchi boʻlmagan hollarda oxirgi auksion (tanlov) komissiyasining bayonnomasi tasdiqlangan kundan boshlab bir oy muddatda sotuvchi davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha ularni auksionga (tanlovga) qoʻyishda belgilangan boshlangʻich narxi boʻyicha oferta qilishga taklifnomani (keyingi oʻrinlarda taklifnoma deb ataladi) “Birja” gazetasida va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining davriy nashrlarida, shuningdek oʻzining veb-saytida chop etadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
77-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“77. Taklifnomada belgilangan talabgorlarning takliflarini qabul qilish sanasi tamom boʻlgandan keyin talabgorlardan takliflar kelib tushmaganda har 15 kunda davlat koʻchmas mulk obyektlarini tanlovga (auksionga) qoʻyish dastlabki narxidan 10 foizdan qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllaniladi, lekin ularni baholash sanasidagi qoldiq balans qiymatidan kam boʻlmasligi kerak.
Savdoga qoʻyish narxi dastlabki savdoga qoʻyish narxining 50 foizigacha pasaytirilganda, lekin ularni baholash sanasidagi qoldiq balans qiymatidan kam boʻlmasa bir oy ichida sotilmagan taqdirda, davlat koʻchmas mulk obyektlarini tasarruf etish ushbu Nizomning XII boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzbek tilidagi matnning 79-band yettinchi xatboshidagi “mustaqilligini” soʻzi “qobiliyatliligini” soʻzi bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzbek tilidagi matnning toʻrtinchi xatboshidagi “talabgor gʻolib deb eʼtirof etiladi” soʻzlari “talabgorga ustunlik beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Agar savdoga chiqarilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektining ijarachisidan taklif kelib tushganda va unga ijarachi tomonidan ijara obyektida asosiy fondlarni mukammal taʼmirlash va modernizatsiyalash ishlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasining tegishli organlaridan olingan ekspertiza xulosalari va mehnat organlarining savdoga chiqarilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektning ijarasi davrida ushbu obyektda tashkil qilingan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi boʻlgan taqdirda davlat koʻchmas mulk obyektining boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan mazkur Nizomning 77-bandiga asosan muzokaralar oʻtkazilgan sanaga belgilanib ijarachi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotda shartnomasi imzolanadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
82-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“82. Bayonnoma imzolangandan keyin yigirma kundan kechikmay, agar auksion (tanlov) toʻgʻrisidagi xabarnomada yoki oferta qilishga taklifnomada boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, auksion (tanlov) gʻolibi, tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan buyurtmanomani taqdim etgan yagona ishtirokchi yoki oferta shartlariga eng koʻp javob beradigan talabgor, oferta shartlariga javob beradigan sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektining ijarachisi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuziladi”;
oʻzbek tilidagi matnning 83-bandida:
oltinchi xatboshidagi “mulkiy huquqning” va “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqining” va “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “zarur boʻlgan” soʻzlari “zarurat boʻlganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “investitsiyaviy majburiyatlar va ijtimoiy majburiyatlarning” soʻzlari “investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni amalga oshirishning batafsil dasturini (reja-jadvalini) tayyorlash va xaridor tomonidan sotuvchi bilan kelishish uchun taqdim etishning, ularning bajarilishi monitoringini olib borishning muddati;
investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar asosiy bandlari mazmunining bayoni, xaridor tomonidan bajarilishi muddatlari, ularning amalga oshirilganligi holatini tasdiqlash tartibi va shartlari”;
oʻzbek tilidagi matnning 84-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“84. Davlat raqobat qoʻmitasi, hududiy organi tomonidan sotib olish toʻlovlarining tushishi, xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishi va ularning muddatlari yuzasidan doimiy monitoring amalga oshiriladi”;
87-banddagi “savdolar boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻzbek tilidagi matnda X boʻlimning nomlanishidagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 88-bandidagi “va investitsiyaviy majburiyatlar va ijtimoiy majburiyatlarni” soʻzlari “hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “ikki” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning ikkinchi xatboshidagi “hollari bundan mustasno” soʻzlari “hollaridan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
90-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“90. Agar xaridor oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida sotib olish toʻlovlarini toʻliq amalga oshirsa, sotib olish toʻlovlari summasidan oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yillik qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorda chegirma beriladi.
Agar sotib olish toʻlovlari ushbu chegirmani hisobga olmagan holda amalga oshirilgan boʻlsa, sotuvchi tomonidan chegirma summasi belgilangan tartibda ortiqcha toʻlangan mablagʻ sifatida qaytariladi”;
oʻzbek tilidagi matnning 91-bandning uchinchi xatboshidagi, 93-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi va 94 va 95-bandlardagi “mulkiy huquqni” va “mulkiy huquqqa” soʻzlari “mulk huquqini” va “mulk huquqiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Dublikat berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
“topilmalar stolidan” maʼlumotnoma;
mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderining dublikati berilgani uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderining dublikati berilgandan soʻng Davlat raqobat qoʻmitasi yoki hududiy organ besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda davriy bosma nashrda yoʻqolgan Mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderining haqiqiy emasligi toʻgʻrisida eʼlon beriladi”;
oʻzbek tilidagi matnning 97-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“97. Balansda saqlovchi sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar xaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida sotuvchining ishtirokida qabul qilish — topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini va sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti xaridorga topshirilishini taʼminlashi shart”;
oʻzbek tilidagi matnning 98-bandida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xaridorga sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektidan va xaridor tomonidan oʻzining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishiga bogʻliq boʻlgan ushbu obyekt toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini berish;
xaridorga oldi-sotdi shartnomasi va investitsiyalarni kiritish rejasiga muvofiq obyektda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilmaslik”;
99-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“99. Savdolarda sotilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha har yarim yillik yakunlariga koʻra Davlat raqobat qoʻmitasi yoki hududiy organlar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari va ularning balansda saqlovchilari bilan birgalikda davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati, ularni “nul” xarid qiymatida sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilish yoxud ularni buzish va boʻshab qoladigan yer uchastkalarini zaxira yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari bilan birgalikda hududiy tanlov komissiyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tasdiqlangan mezonlarga mos kelishini koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xususiylashtirilishi lozim boʻlgan savdolarda sotilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati, ularni “nul” xarid qiymatida sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilish yoxud ularni buzish va boʻshab qoladigan yer uchastkalarini zaxira yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari bilan Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi”;
oʻzbek tilidagi matnning 101-bandidagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
103-banddagi “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomning 1-ilovasidagi matn quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish
SXEMASI
SXEMASI
Nizomning 10-ilovasida:
oʻzbek tilidagi matndagi “mulkiy huquqni” va “mulkka egalik qilish huquqi” soʻzlari “mulk huquqini” va “ga mulk huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“tashkilotlar” soʻzi “davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“_____ yil “___” ___________ da _____-son oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi bitim tuzildi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Mazkur Nizomning amal qilishi erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashgan davlat mulk obyektlarini sotish munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi”;
quyidagi tahrirdagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“vakolatli vakil — tanlovda qatnashish uchun qatnashchi tomonidan ishonchnomaga asosan vakolat berilgan jismoniy shaxs”;
toʻqqizinch — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “toʻlov evaziga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Davlat mulki obyektini xaridor tomonidan investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish ushbu Nizomga 1-ilovaga binoan sxema boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlari (davlat mulki obyektlari roʻyxati) (keyingi oʻrinlarda xususiylashtirish dasturi deb ataladi) asosida sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ilgari qabul qilingan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq sotiladigan, savdolarda turgan davlat mulki obyektlari ushbu davlat mulki obyektlarini sotish muddatini uzaytirishda savdolardan olinmaydi.
Davlat mulki obyektini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻz vakolatlari doirasida alohida qarorlari asosida tanlov oʻtkazilmasdan investorning muayyan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari evaziga toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara olib borish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Davlat tender komissiyasi xorijiy investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi davlat mulki obyektlarini sotishlari mumkin”;
birinchi xatboshidagi “va (yoki) balansda saqlovchilar” soʻzlaridan keyin “shahar tashkil etuvchi va nostrategik korxonalar boʻlmagan davlat mulk obyektlarini sotish” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin:
uchinchi — oʻninchi xatboshilar, ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Hududiy tanlov komissiyasi tuman (shahar) hokimliklari va (yoki) balansda saqlovchilarning ishchi organga taqdim etgan takliflarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarini qabul qilish uchun tasdiqlangan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Hududiy tanlov komissiyasi davlat mulk obyektlarining tayyorlangan roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish zarur boʻlgan taqdirda hududiy tanlov komissiyasi davlat mulki obyektlarining tayyorlangan roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) taqdim etadi. Roʻyxat bilan birga Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha davlat mulki obyektlarining fotosurati (kamida toʻrtta) ilova qilingan pasporti taqdim etiladi.
Davlat raqobat qoʻmitasi ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha davlat mulki obyektlarining roʻyxatini tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Davlat tender komissiyasiga kiritadi.
Davlat mulki obyektlarining roʻyxatini koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Davlat tender komissiyasiga kiritishda kadastr hujjatlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori albatta mavjud boʻlishi kerak. Balansda saqlovchida ushbu hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda ularni rasmiylashtirish belgilangan tartibda balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi”;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Xususiylashtirish dasturi boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyalari, Davlat raqobat qoʻmitasi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq sotiladigan davlat mulki obyektlari boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori asosida sotilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlari boʻyicha davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturi boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlash uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritiladi.
Shuningdek, xususiylashtirish dasturlari Davlat raqobat qoʻmitasi (yoki hududiy organlar) va hududiy tanlov komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (hududiy organlari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda xatlov natijasida aniqlangan foydalanilmay boʻsh turgan davlat obyektlari roʻyxatidan shakllanishi mumkin”;
11-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “ishchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshidagi “tanlov sharti” soʻzlaridan keyin “davlat mulki obyektlari sotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq sotiladigan” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida sotilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlarining tanlov shartlari hududiy tanlov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi va tanlov hujjatlarida aks ettiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“sotilayotgan davlat koʻchmas mulki obyektini qaror qabul qilingunga qadar bir yildan kam boʻlmagan muddatda ijaraga olgan ijarachini yozma (shaxsan tilxat orqali yoki pochtadan topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) xabardor qiladi”;
uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali hududiy tanlov komissiyasining ishchi organiga tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:
nodavlat yuridik shaxslar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
jismoniy shaxslar uchun — pasportining nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
biznes-reja muhrlangan konvertda, shuningdek tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilingan sotib olish toʻlovlari summasi va uni toʻlash muddatlari, taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti).
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
22-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tanlov savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi rasmiy eʼlon nashr etilgan kundan eʼtiboran 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, aniq belgilangan mezonlarga muvofiq, shu jumladan investitsiya hajmlari va yangi ish oʻrinlari yaratish shartlari asosida oʻtkaziladi”;
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Tanlovda faqat bir qatnashchi mavjud boʻlgan taqdirda, hududiy tanlov komissiyasi uning tanlov takliflarini koʻrib chiqadi va ushbu qatnashchining tanlov takliflarining tanlov shartlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, mazkur qaror davlat mulki obyektini yagona qatnashchi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun asos hisoblanadi”;
ikkinchi xatboshidagi “tanlov takliflari” soʻzlaridan soʻng “(biznes-reja)” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Boshqa barcha takliflar teng boʻlgan taqdirda, sotilayotgan davlat mulki obyekti ijarachisiga ushbu obyektni sotib olishi uchun ustun huquq beriladi”;
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Hududiy tanlov komissiyasining tanlov natijalari toʻgʻrisidagi qarori asosida bayonnoma tasdiqlangandan keyin yigirma kundan kechikmay sotuvchi, balansda saqlovchi va:
tanlov gʻolibi deb eʼtirof etilgan qatnashchi;
tanlov shartlariga toʻliq mos keladigan buyurtmanomani taqdim etgan yagona ishtirokchi;
ijara obyektida asosiy fondlarni mukammal taʼmirlash va modernizatsiyalash ishlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasining tegishli organlaridan olingan ekspertiza xulosalari va mehnat organlarining sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektining ijarasi davrida ushbu obyektda tashkil qilingan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi boʻlgan taqdirda sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektini qaror qabul qilingunga qadar bir yildan kam boʻlmagan muddatda ijaraga olgan ijarachi bilan oldi-sotdi shartnomasi imzolanadi;
Agar tanlov gʻolibi bilan muzokaralar davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini imzolash bilan tugallanmasa, hududiy tanlov komissiyasi qarori bilan rezerv nomzod deb eʼtirof etilgan tanlov qatnashchisi ular tomonidan tanlov takliflari uchun taklif qilingan davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzish boʻyicha muzokaralarga taklif qilinadi.
Gʻolib davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuzishni rad etgan taqdirda, hududiy tanlov komissiyasi tomonidan gʻolibning yozma rad etishi ilova qilingan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bunda davlat mulki obyekti belgilangan tartibda takroriy tanlovga qoʻyiladi.
Davlat raqobat qoʻmitasi (yoki hududiy organ) sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektini qaror qabul qilingunga qadar bir yildan kam boʻlmagan muddatda ijaraga olgan ijarachini ushbu davlat mulki obyektining sotuvga qoʻyilishi koʻzlanganligi haqida yozma (shaxsan tilxat orqali yoki pochtadan topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) xabardor qiladi”;
“oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan keyin” soʻzlaridan soʻng, “bunda baholash uchun qilingan xarajatlar investitsiya majburiyatlari qiymatiga qoʻshiladi va investitsiya majburiyatlarini qabul qilishda inobatga olinadi” soʻzlari qoʻshilsin”;
oʻzbek tili matnidagi “xaridorga” soʻzi “xaridor tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-bandning toʻqqizinchi xatboshi, 46-band, IX boʻlim nomi, 47, 48, va 49-bandlardagi oʻzbek tilidagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi oʻzbek tilidagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Dublikat berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
“topilmalar stolidan” maʼlumotnoma;
mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderining dublikati berilgani uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderining dublikati berilgandan soʻng Davlat raqobat qoʻmitasi yoki hududiy organ besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda davriy bosma nashrda yoʻqolgan Mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderining haqiqiy emasligi toʻgʻrisida eʼlon beriladi”;
53-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Investitsiya majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmagan taqdirda xaridor oldi-sotdi shartnomasida belgilangan miqdorda investitsiya majburiyatlarining bajarilmagan miqdori summasidan har bir kechiktirilgan kun uchun penya toʻlaydi.
Xaridor aybi bilan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinsa, shartnomada belgilangan miqdorda xaridor investitsiya majburiyatlarini bajarmaganligi uchun olgan investitsiya majburiyati mablagʻlarining 15 foizi miqdorida jarima toʻlaydi”;
birinchi xatboshidagi “investor” soʻzi “xaridor” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Shu bilan birga, xaridor tomonidan kiritilgan investitsiyalar va kompensatsiyalar har qanday koʻrinishda qaytarilmaydi”;
Nizomning 1-ilovasi “1-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi qarorlariga binoan sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
oʻzbek tilidagi matnning 2-bandida:
sakkizinchi xatboshidagi “vakil qilingan” soʻzlari “vakolat berilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “erkin muomaladagi valyutadagi (keyingi oʻrinlarda EMV deb ataladi)” soʻzlari, “erkin ayirboshlanadigan valyutadagi (keyingi oʻrinlarda EAV deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar” soʻzlaridan keyin “hokimliklari” soʻzi qoʻshilsin;
oʻzbek tilidagi matnning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ochiq tanlovni oʻtkazishda tanlov takliflari solingan konvertlar ochiladigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin “Birja” gazetasida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davriy matbaa nashrlarida, shuningdek oʻzining rasmiy veb-saytida ishchi organ tomonidan ochiq tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma (keyingi oʻrinlarda ochiq tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma deb ataladi) eʼlon qilinadi”;
oʻzbek tili matnidagi toʻrtinchi xatboshidagi “davlat mulki joylashgan joy” soʻzlari “uning joylashgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investitsiyaviy (kiritish shakli va shartlari yoyilmasi bilan) va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam hajmi”;
oʻzbek tilidagi matnning 8-bandida:
yettinchi xatboshidagi “mustaqilligini” soʻzi, “qobiliyatliligini” soʻzi bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “talabgor tomonidan muhrlangan va imzolangan” soʻzlari “talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 10-bandidagi “Ochiq (yopiq) tanlov toʻgʻrisidagi” soʻzlari “Ochiq tanlov toʻgʻrisidagi (yopiq tanlov toʻgʻrisidagi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 12-bandi birinchi xatboshiga “agarda” soʻzi qoʻshilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 16-bandidagi va 17-bandining birinchi xatboshidagi “ochiq (yopiq) tanlov toʻgʻrisidagi” soʻzlari “ochiq tanlov toʻgʻrisidagi (yopiq tanlov toʻgʻrisidagi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-banddagi “boshqa usulda” soʻzlaridan soʻng “nul xarid qiymatida sotish va toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomalar tuzishni hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning oʻzgarishlarini inobatga olgan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
z) Davlat mulki obyektlarini tanlov savdolarida va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek Davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻn oltinchi xatboshidagi “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tili matnidagi:
“investitsiyaviy majburiyatlar — pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan, obyektlarga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
ijtimoiy majburiyatlar — pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan, davlat mulki obyektini sotib olishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
investitsiyalash obyekti — davlat aksiyalari (ulushlari) sotilishi kerak boʻlgan xoʻjalik jamiyati (aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida), davlatga tegishli boʻlgan mulkiy majmua, binolar va inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish koʻrinishidagi koʻchmas mulk”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “qiymati” soʻzi, “bahosi” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “tender qatnashchilarini malakali tanlash va tender” soʻzlari “tanlov qatnashchilarini malakali tanlash va tanlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sotuvchi — Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari”;
oʻzbek tilidagi matnning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishining maqsadi ishlab chiqarishni va boshqaruv tizimlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar)ning hajmini koʻpaytirish va raqobatbardoshligini oshirish va (yoki) mahsulotlarning (xizmatlarning) yangi turlarini ishlab chiqarishni boshlash, ish oʻrinlarini yaratish (koʻpaytirish) yoʻli bilan investitsiyalash obyektining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash hisoblanadi”;
oʻzbek tilidagi matnning birinchi xatboshidagi “hollari bundan mustasno” soʻzlari “hollaridan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Xususiylashtirilgan davlat mulki obyektida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini hisoblash barcha ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilib va loyiha hujjatlari tasdiqlangandan keyin, lekin oldi-sotdi shartnomasi imzolangan sanadan olti oydan kech boʻlmagan muddatda amalga oshirilishi lozim”;
oʻzbek tilidagi matnning 7-bandidagi “sotuvchi tashkil etgan” soʻzlari “sotuvchi tomonidan tashkil etilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“vakolatli organlarning xulosalariga binoan davlat mulki obyekti negizida amalga oshirilmaydigan faoliyat turlarining roʻyxati aniqlanadi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Keyingi tahrirga qarang.
23-banddagi “ikki oy” soʻzlari “bir oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning oʻninchi xatboshidagi “komissiya tarkibiga shuningdek” soʻzlaridan soʻng “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 30-bandi birinchi xatboshidagi “protokol” soʻzi “bayonnoma” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 32-bandidagi “qoʻshimcha shartnoma” soʻzlari “qoʻshimcha kelishuv” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 33-bandidagi “protokolga” soʻzi “bayonnomaga” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 34-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “ajratib olish” soʻzlari “blokirovkadan chiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “mulkiy huquqni” soʻzlari “mulk huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
37-bandning birinchi xatboshidagi “tugashidan” soʻzi, “tugaganidan” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning 38-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlari shartnomada belgilangan muddatda, lekin ularni kiritishning oraliq muddatlarini buzgan holda toʻliq hajmda toʻlangan taqdirda, xaridorning tegishli murojaati asosida ushbu muddat buzilgani uchun hisoblab yozilgan penya summasi sotuvchi tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar summasiga, shartnomada nazarda tutilgan qabul qilingan investitsiyaviy majburiyatlarga qoʻshimcha sifatida, ularni bajarish muddatini uzaytirmasdan oʻtkazilishi mumkin”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 23-sentabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 84-modda) ilovasining 17-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi — oʻninchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)