16.10.2017 yildagi 832-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar yigʻilishini amalga oshirish uchun soliq inspektorlarini toʻlov terminallari bilan taʼminlash toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq inspektorlari oʻzlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajarishlari hamda ularning tegishli soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashini nazorat qilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq toʻlovlari hisobiga mablagʻlar elektron platformada ishlashga moslashtirilgan koʻp funksiyali maxsus toʻlov dasturlari yoxud toʻlov terminallari orqali bevosita bank plastik kartochkalari va naqd pul shaklida undirilishi tartibi belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga 2017-yil 1-noyabrga qadar uchastka soliq inspektorlari uchun 2190 ta zamonaviy koʻp funksiyali toʻlov terminallari ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlaridan toʻlov terminallari ajratish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan davrdan boshlab yetti ish kuni davomida ularni tegishli dasturiy taʼminotli zamonaviy koʻp funksiyali toʻlov terminallari bilan taʼminlasinlar, shuningdek ularni uchastka soliq inspektorlari tomonidan qoʻllash tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron platformada ishlashga moslashtirilgan koʻp funksiyali maxsus toʻlov dasturlari yoxud toʻlov terminallari orqali toʻlangan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlar boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaraqlariga keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan holda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining toʻlov terminallari orqali bank plastik kartochkalaridan davlat soliq xizmati organlariga va tijorat banklariga kelmasdan toʻlash imkoniyati mavjudligini aholi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
832-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/832/0120; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)