16.10.2017 yildagi 831-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, muqaddas qadamjolarini obod qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini (keyingi oʻrinlarda majmua deb ataladi) barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuada Zahiriddin Muhammad Bobur haykalini oʻrnatish, turli tarixiy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladigan meʼmoriy ansamblni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda majmua qurilishi uchun zarur yer uchastkasining belgilangan tartibda ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmua qurilishi uchun ajratilgan hududda koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlgan taqdirda, ularning egalari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslarga pul kompensatsiyalarini Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq toʻlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Majmuani saqlash, uning ish faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Namangan viloyati hokimligi muassisligida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda direksiya deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuani lozim darajada muhofaza qilish, but saqlanishini taʼminlash va belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan arxeologlar tomonidan arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish, chuqur ilmiy arxeologiya tadqiqot natijalari asosida majmuaning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadimiy Axsikent shahriga oid respublikamiz va xorijda saqlanayotgan manbalarni malakali mutaxassis va ekspertlar, olimlarni jalb etgan holda atroflicha tadqiq etish, ular haqidagi batafsil maʼlumotlar bazasini yaratish va muntazam yangilab borish, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish, nashr materiallarini tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy-ilmiy asoslar boʻyicha qadimiy Axsikent shahrining maketlarini tayyorlash, arxeologiya ashyolari, qadimiy qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar. osori-atiqalar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va toʻplamlar, video va foto hujjatlar kabi boshqa manbalar hisobidan muzeylashtirilgan ekspozitsiya-koʻrgazma yaratish, yuqori texnologiyalarga asoslangan axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, tarixiy koʻrinishni saqlagan holda majmuaning muhofaza hududidan tashqarisida zamonaviy kompleks dam olish maskanlarini tashkil etish va majmuaning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Madaniyat vazirligi va Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda direksiyani malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiyaning xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan oʻzaro madaniy aloqalarini oʻrnatilishida amaliy yordam koʻrsatilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadimiy Axsikent shahri tarixi va madaniyatiga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarning asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan taqdirda (qaytarilganida), zarur ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilganidan soʻng, ularni direksiyaga tekin berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Namangan viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiya ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur aloqa turlari va vositalari, shuningdek butunjahon Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Majmuani tashkil etish, qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va uning faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Namangan viloyati hokimligida maxsus jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuani saqlash xarajatlari uchun Namangan viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi asosida ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grant mablagʻlari;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi direksiyaga madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2018 — 2021-yillar uchun tasdiqlanadigan davlat buyurtmasida belgilangan ilmiy tadqiqotlar uchun Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan majmua obyektida arxeologiya tadqiqotlarini olib borish uchun maqsadli grantlar ajratilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi majmuani barpo etish loyihasini amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda direksiya faoliyatini tashkil etish, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid, xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarning maʼlumotlar bazasi — reyestrini yaratish, ularning koʻchirma nusxalari, foto va video tasvirlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish, turli anjuman, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan aloqalar oʻrnatilishiga amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ majmuani tegishli tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Namangan viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi majmuaga mahalliy hamda xorijiy ziyoratchilar va sayyohlarning keng koʻlamli tashriflarini tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga majmuani barpo etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi Gʻ.S. Murodxoʻjayev zammasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
831-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/831/0119-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)