Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2828-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-fevraldagi 50-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori)”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qarori (roʻyxat raqami 2828, 2016-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tuzni yodlashda qoʻllaniladigan mikronutriyentlarni xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni, shu jumladan chet el valyuta mablagʻlarni jamlash maqsadida Markaziy byuroga xizmat koʻrsatuvchi bankda 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” maxsus hisob raqamlari ochiladi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-sentabr,
111-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-sentabr,
136-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-sentabr,
340-V-1-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 20-sentabr
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2017-yil 20-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 10/17/2828-1/0125-son)