Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yagona investitsiya siyosatini olib borish, respublikaning iqtisodiy salohiyati toʻgʻrisida xorijiy investorlarga keng maʼlumot berish uchun xalqaro konferensiyalar, seminarlar, yirik investitsiya forumlari tashkil etish yoʻli orqali xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, biznes yuritish uchun qulay-shart sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va “Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJ boshqaruv organlari hamda “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy birlashmasi — davlat korxonasining:
“Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJ va “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy birlashmasi — davlat korxonasini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tuzilmasiga oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 1076-uyda joylashgan “ToshkentPlaza” savdo markazi “Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJ balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining “Oʻzsanoateksport” AJ balansiga oʻtkazish;
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chimyon” qishloq fuqarolar yigini hududida joylashgan “Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJning dam olish maskani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining “Oʻztreyd” AJ balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (E.M. Gʻaniyev), Toshkent shahri hokimi (R.D. Usmonov), Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A.I. Axmedxodjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R.A. Gulyamov), “Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJ boshqaruv organlari hamda “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashki iqtisodiy birlashmasi — davlat korxonasi (B.A. Zufarov) bir oy muddatda yuqorida qayd etilgan obyektlarni qabul qilish — topshirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, “Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJning ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketi boʻyicha aksiyadorlik funksiyalari, shuningdek, “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy birlashmasi — davlat korxonasi mablagʻlarining saqlash va foydalanish, moliyaviy faoliyatini nazorat qilish funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini baholashni hamda jamiyatning ustav kapitalida davlatning ulushi 51 foiz miqdorida saqlanib qolinishini nazarda tutgan holda savdoga qoʻyilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmadxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
PQ-3326-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3326-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRISHLAR
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2887-son qarori 1 va 2-ilovalaridan “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ” va “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi direksiyasi” bloklari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3067-son qarorining 2-ilovasidagi:
a) 85-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) 86-pozitsiyadagi “Oʻztadbirkoreksport” AJ” soʻzlari “Oʻztreyd” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 90-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
|||
|
90. |
“Xalqaro hamkorlik markazi” AJ |
Toshkent shahri |
”. | |
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 07/17/3326/0113-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)