11.10.2017 yildagi 812-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, joylardagi harbiy qismlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar, shu jumladan chegarachilarning,(keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun har yili may-dekabr oylarida jami oʻquv yuklamasi 190 soatdan iborat boʻlgan mashgʻulotlar (keyingi oʻrinlarda mashgʻulotlar deb ataladi) oʻtkazish dasturini (har bir fandan 50 soatdan oshmagan tarzda) ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir harbiy qismda tashkil etiladigan mashgʻulotlar boʻyicha 5 ta fandan koʻp boʻlmagan fan yoʻnalishlarini aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir harbiy qismga unga yaqin joylashgan oliy,oʻrta-maxsus va kasb hunar, oʻrta taʼlim muassasasini biriktirishni taʼminlasin hamda harbiy qismda shaxsiy tarkib soni va oʻquv guruhlari tarkibidan kelib chiqqan holda mazkur taʼlim muassasalaridan mashgʻulot oʻtkazuvchi oʻqituvchilarni tayinlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan foydalanish uchun harbiy qism kutubxonalarini ushbu taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlari tarmoqlariga ulanishi va axborot olish imkoniyatidan samarali foydalanishi boʻyicha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlarga biriktirilgan taʼlim muassasalarining axborot resurs markazlari imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida aholi punktidan 50 kilometrdan uzoqda joylashgan harbiy qismlar kutubxonalarida elektron bazalar (elektron kutubxonalar)ni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulotlar oʻtkazgan oʻqituvchilarga ularning oʻquv yuklamasiga koʻra tegishli taʼlim muassasasining rahbarlari tomonidan umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 50 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar belgilanishi nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulotlar uchun tayinlangan oʻqituvchilarning harbiy qismlar hududiga kelib-ketishi tegishli harbiy qism tomonidan ajratiladigan transport vositalari orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismda hamda aholi punktidan 50 kilometrdan uzoqda joylashgan harbiy qismlarda masofaviy oʻqitish shaklida olib boriladigan mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli fanlar boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlar asosida tayyorlangan audio va videoleksiyalar orqali tashkillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda harbiy xizmatchilarning bilimlarini oshirish va mustahkamlash, mashgʻulotlar oʻtkazish uchun harbiy qism kutubxonalarini oʻquv adabiyotlari va elektron shakldagi qoʻllanmalar (audio va videoleksiyalar) bilan taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda harbiy qismlarda fan, taʼlim, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa sohalarning taniqli vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va mazkur dastur asosida muntazam tadbirlar oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov, Xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
812-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 812-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan chegarachilarning (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlikkoʻrishlari uchun tashkil etiladigan mashgʻulotlar boʻyicha fan yoʻnalishlarini aniqlash (har bir harbiy qismda 5 ta fandan koʻp boʻlmagan tarzda).

1. Harbiy qismlarda yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish hamda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun tashkil etiladigan mashgʻulotlar boʻyicha fan yoʻnalishlarini aniqlash (har bir harbiy qismda 5 ta fandan koʻp boʻlmagan tarzda).

2. Harbiy xizmatchilar bilan suhbat davomida aniqlangan maʼlumotlarni umumlashtirish hamda ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalariga yetkazish.

Har yili
1-aprelgacha






Har yili
10-aprelgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar

2.

Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun may-dekabr oylarida jami 190 soatli mashgʻulotlar oʻtkazish dasturini ishlab chiqish (har bir fandan 50 soatdan oshmagan tarzda).

1. Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha fan yoʻnalishlarini (har bir harbiy qismda 4-5 ta fan hamda 50 soatli dars hajmidan koʻp boʻlmagan tarzda) aniqlash.

2. Har bir harbiy qismga yaqin joylashgan taʼlim muassasasini biriktirish hamda har bir fandan mashgʻulot oʻtkazuvchi taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini tayinlash.

Har yili
10-aprelgacha





Har yili
20-aprelgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar

3.

Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun mashgʻulotlar oʻtkazish reja-jadvalini tuzish.

1. Har bir fandan mashgʻulotlar oʻtkazish kunlari va vaqtlarini aniqlashtirish.

2. Harbiy qismlarda mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkil etish boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlash.

3. Har bir harbiy qismda mashgʻulotlar oʻtkazish jadvalini tuzish va uni umumlashtirish uchun hududiy Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim boshqarmalariga yetkazish.

Har yili
10-aprelgacha

Har yili

20-aprelgacha

Har yili

20-aprelgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari

4.

Harbiy xizmatchilarning bilimlarini oshirish, fanlardan bilimlarini mustahkamlash hamda seminar mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun harbiy qismlar kutubxonalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash.

1. Mashgʻulotlar oʻtkazilishi boʻyicha harbiy xizmatchilarga daftar va oʻquv qurollarini yetkazib berish.

2. Harbiy qismlarga fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oʻquv adabiyotlari va darsliklar sonini aniqlash.

3. Fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oʻquv adabiyotlari va darsliklar soni boʻyicha buyurtma berish.

Har yili
1-aprelgacha

Harbiy qismlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari hamda harbiy qismlar oʻrtasida fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazilishi boʻyicha shartnomalar tuzish.

1. Har bir harbiy qismga mashgʻulotlar oʻtkazilishi lozim boʻlgan guruhlar (20 — 100 nafar tinglovchilar) va oʻqituvchilar soni koʻrsatilgan buyurtmalar tayyorlash.

2. Mashgʻulotlar oʻtkazilishi boʻyicha oʻquv koʻrgazma vositalari, prezentatsiya va adabiyotlarni tayyorlash.

3. Oʻqituvchilarni mashgʻulotlar joyiga kelib-ketishi uchun ajratiladigan avtotransport haqida maʼlumotlar tayyorlash va masʼullarga yetkazish.

Har yili
20-aprelgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar

6.

Taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan bevosita foydalanish uchun harbiy qism kutubxonalarini taʼlim muassasalari tarmoqlariga ulash va axborot olish imkoniyatini yaratish.

1. Harbiy qism kutubxonalarini taʼlim muassasasi tarmoqlariga ulash va axborot olish imkoniyatini yaratish boʻyicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Axborot resurs markazlari imkoniyatlaridan bevosita foydalanish uchun harbiy qism kutubxonalarini taʼlim muassasasi tarmoqlariga ulash.

1-oktabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar

7.

Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻtkaziladigan mashgʻulotlar yakunida yoʻnalishlar boʻyicha tanlovlar tashkil etish.

1. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻtkaziladigan mashgʻulotlar yakunida yoʻnalishlar boʻyicha tanlov oʻtkazish nizomini ishlab chiqish.

2. Mashgʻulotlar yakunida yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov nizomini qoʻshma qaror bilan tasdiqlash.

1-noyabrga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mudofaa vazirligi

8.

Harbiy xizmatchilarni oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun beriladigan tavsiyanoma topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun beriladigan tavsiyanoma topshirish nizomini qayta koʻrib chiqish va qoʻshimchalar kiritish uchun ishchi guruh tuzish.

2. Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun beriladigan tavsiyanomani topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2017-yil
20-noyabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi

9.

Harbiy qismlarda fan, taʼlim, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa sohalarning taniqli vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish tizimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ushbu tadbirlarning oʻtkazib borilishini taʼminlash.

1. Harbiy qismlarda tadbirlar oʻtkazish rejasini ishlab chiqish hamda uni Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinma raisiga yetkazish.

2. Rejalashtirilgan tadbirlarning Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinmalari orqali tizimli ravishda amalga oshirilishini taʼminlash.

Har

chorakda

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tarkibidagi mintaqaviy boʻlinma raislari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman (shahar) boʻlinmalari

10.

Harbiy xizmatchilarni hamda ularning oila aʼzolarini madaniy maskanlarga, tarixiy joylarga sayohatlarini tashkillashtirish.

1. Tarixiy va madaniy maskanlarga sayohatlar uyushtirish rejasini tuzish.

2. Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinmasiga sayohatlar rejasini yetkazish hamda uni yuqori saviyada amalga oshirilishini taʼminlash.

Rejaga asosan

Harbiy qismlar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy boʻlimlari

11.

Joylarda amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini harbiy xizmatchilarga toʻlaqonli tushuntirish, harbiy xizmatchilarni ushbu jarayonlarga keng jalb etish maqsadida “Vatan kelajagi sening qoʻlingda!” shiori ostida “Qoʻmondonlik va yoshlar” uchrashuvlarini tashkillashtirish.

1. Harbiy qismlarda qoʻmondonlik ishtirokida uchrashuvlar tashkillashtirish rejasini ishlab chiqish va harbiy xizmatchilarga yetkazish.

2. Harbiy xizmatchilarni qiziqtirayotgan masalalar boʻyicha uchrashuv rejasini ishlab chiqish va uni qoʻmondonlikka yetkazish.

3. Uchrashuvlarga davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinma aʼzolarini taklif qilish.

Har chorakda

Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, garnizonlar, harbiy qismlar

12.

Harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun chuqur bilimga ega boʻlishi, shuningdek kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida qismlarda “Men sevib oʻqigan kitob” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. “Men sevib oʻqigan kitob” koʻrik-tanlovi nizomini ishlab chiqish va uni qoʻshma qaror bilan tasdiqlash.

2. Harbiy qismlarda tanlovni tashkil qilish boʻyicha tashkiliy va ishchi guruhlarni tuzish hamda bosqichma-bosqich oʻtkazilishini taʼminlash.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, harbiy qismlar

13.

Harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻzaro hurmat, izzat, eʼtibor, gʻamxoʻrlik, yordam kabi xislatlarni mustahkamlash maqsadida harbiy qismlarda har oyda bir marotaba “Maʼnaviyat kuni”ni oʻtkazish.

1. “Maʼnaviyat kuni” rejasini ishlab chiqish.

2. Tadbirlarni sifatli va mazmunli oʻtkazish maqsadida hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yordamida mutaxassislarni taklif qilish.

3. Mavzuga oid hujjatli filmni tanlash va uning muhokamasi oʻtkazilishini taʼminlash.

Har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni

Harbiy qismlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

14.

Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilardan tashkil topgan “Zakovat”, “Bilimdon” kabi intellektual klublarini tashkil etish hamda uni bosqichma-bosqich oʻtkazib borilishini tashkil etish.

1. Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilardan tashkil topgan “Zakovat”, “Bilimdon” intellektual klublarini tashkil etish.

2. Bosqichma-bosqich intellektual oʻyinlar oʻtkazib borilishini tashkil etish.

3. Tanlovlarning oʻtkazilish jarayoniga davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini taklif etish.

Oʻquv yili davomida

Harbiy qismlar, Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinmasi

15.

Isteʼdodli va qobiliyatli harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish, turli tanlovlarda ishktirok etishini taʼminlash hamda ragʻbatlantirish, davlat mukofoti bilan taqdirlash boʻyicha yuqori qoʻmondonlikka tavsiyalar kiritib borish.

1. Isteʼdodli va qobiliyatli harbiy xizmatchilarning roʻyxatini shakllantirish va ularning amalga oshirgan ishlari monitoringini olib borish.

2. Isteʼdodli harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori qoʻmondonlikka tavsiya kiritish.

Har

chorakda

Harbiy qismlar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va uning hududiy boʻlimlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 812-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha namunaviy ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, ishchi guruh raisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshliqlari, ishchi guruh raisi oʻrinbosari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimi rahbarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari raislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinmasi raislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi harbiy garnizon boshliqlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chegara qoʻshinlari mintaqaviy shtab boshligʻining kadrlar va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan holda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/812/0098-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)