Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov, tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev, investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-oktabr,
817-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 817-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“siyosiy hamkorlik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining xorijiy xizmat safarlari hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari boʻyicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni taʼminlaydi”;
oʻn oltinchi — oʻttiz toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn yettinchi — qirqinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 346-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandining “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining xorijiy xizmat safarlari hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari boʻyicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni taʼminlaydi”;
oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 415-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandining “d” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiyaviy hamkorlik sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining xorijiy xizmat safarlari hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari boʻyicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni taʼminlaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/817/0102)