1-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlarning nomlanishi | Sarf-xarajatlar (mlrd soʻm) | Moliyalashtirish manbalari | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. YANGI ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARINI YARATISH, QISHLOQ XOʻJALIGI, SHU JUMLADAN CHORVACHILIK TARMOGʻINI HAMDA XIZMAT KOʻRSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASH | |||||
| 1. | Sanoat sohasida 144 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 4,7 mingtadan koʻproq yangi ish oʻrinlarini yaratish. | 681,4 | Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | Navoiy viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari |
| 2. | Xizmatlar va servis infratuzilmasini rivojlantirish sohasida 154 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 932 tadan koʻproq yangi ish oʻrinlarini yaratish. | 47,9 | |||
| 3. | Qishloq xoʻjaligi sohasida 72 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 884 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. | 48,1 | |||
| 4. | Birinchi navbatda xorijiy investorlarni jalb qilish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy korxona tashkil etish. | Biznes rejaga muvofiq | Xorijiy investitsiyalar, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | 2017 — 2019-yillar | “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, Davlat geologiya qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi, tijorat banklari |
| 5. | Korxonalarga tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asbob-uskunalarni taqdim etish orqali ularda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish. Shu jumladan: Tomdi tumanida — 50 ta; Uchquduq tumanida — 250 ta; Konimex tumanida — 100 ta; Nurota tumanida — 100 ta; Zarafshon shahrida — 500 ta. | Hisob-kitoblarga muvofiq | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK mablagʻlari | 2018 yil | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi, Navoiy viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| Ushbu maqsadlar uchun Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida binolar (ishlab chiqarish maydonlari)ni ajratish. | 2017 yil | ||||
| II. CHORVACHILIK TARMOGʻINI, SHU JUMLADAN TUYACHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH, CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI RAGʻBATLANTIRISH | |||||
| 6. | Tomdi tumanida 1,5 ming bosh tuya va 10 ming bosh qoʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik komplekslarini tashkil etish. Bunda tuya va mayda shoxli hayvonlarni chetdan, jumladan quyidagilarni tashkil etish orqali olib kelish: | ||||
| 500 bosh tuya va 3000 bosh qoʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik kompleksi; | 4,0 | “Qizilqumsement” AJ mablagʻlari | 2017-2018-yillar | “Qizilqumsement” AJ, Navoiy viloyati hokimligi | |
| 500 bosh tuya va 3000 bosh qoʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik kompleksi; | 4,0 | “Navoiyazot” AJ mablagʻlari | “Navoiyazot” AJ, Navoiy viloyati hokimligi | ||
| 500 bosh tuya va 4000 bosh qoʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik kompleksi. | 4,5 | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK mablagʻlari | 2017-2018-yillar | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, Navoiy viloyati hokimligi | |
| 7. | Chetdan olib kelingan 1000 bosh tuyalarni agrofirmalar orqali sotib olish uchun aholiga imtiyozli kreditlar ajratish. | 10,0 | AT Xalq banki mablagʻlari | 2017-2018-yillar | AT Xalq banki, Navoiy viloyati hokimligi |
| 8. | Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarining suv taʼminotini 87 ta yangi suv quduqlarini qazish orqali yaxshilash. | Hisob-kitoblarga muvofiq | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar mablagʻlari | 2018-2019-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| III. YOʻL-TRANSPORT, MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA VA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH | |||||
| 9. | 51,6 km yoʻlni kapital taʼmirlash, 54,12 km yoʻlni joriy taʼmirlash. | 27,5 | Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻi | 2017 — 2019-yillar | Navoiy viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi. Respublika yoʻl jamgʻarmasi |
| 10. | Ayrim hududlarning yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish. Hududlarning aholi punktlarini bogʻlovchi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish qilish rejasini ishlab chiqish. Ishlab chiqilgan rejaga muvofiq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va qurish. | Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Respublika yoʻl jamgʻarmasi, respublika va mahalliy budjet mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 11. | Dagistov, Xolmurod, Momiqchi aholi punktlarini, shuningdek fosforit zavodi hududini mobil aloqa tarmogʻi bilan qamrab olishni taʼminlash: 12 km optik tolali aloqa liniyasini qurish; past kuchlanishli 34 ta raqamli teleuzatkichlarni oʻrnatish. | 3,2 | Mobil aloqa operatorlari, “Oʻzbektelekom” AK | 2017 — 2019-yillar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 12. | Hududlarning elektr uzatish liniyalari tarmogʻini qurish va modernizatsiya qilish. | Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | “Oʻzbekenergo” AJ va mahalliy budjet mablagʻlari | 2017-2018-yillar | “Oʻzbekenergo” AJ, |
| 13. | Muqobil energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan quyosh va shamol energiyasi asosida energiya tizimlarini rivojlantirish. | Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | “Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | “Oʻzbekenergo” AJ, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 14. | 86,9 km suv quvurlari tarmogʻini qurish. | 17,2 | Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Toza ichimlik suvi” jamgʻarmasi mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, |
| 15. | 46 ta umumtaʼlim maktabi va 28 ta maktabgacha taʼlim muassasalarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda ularni rekonstruksiya qilish. | 74,4 | Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi. Iqtisodiyot vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 16. | Maktablarni qozoq tilidagi oʻquv materiallari va kitoblari bilan taʼminlash hamda oʻqituvchilar bilan butlash. | 0,1 | Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 17. | Tomdi agroiqtisodiyot kolleji negizida 100 nafar oʻquvchiga moʻljallangan maktab-internatni tashkil etish. | 0,1 | Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2018-yil | Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 18. | 19 ta sogʻliqni saqlash muassasalarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda ularni rekonstruksiya qilish. | 31,0 | Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, |
| IV. HUDUDNING HAYVONOT VA OʻSIMLIK DUNYOSI NOYOB TURLARINI SAQLAB QOLISH VA ULARNING SONINI KOʻPAYTIRISH ORQALI EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH | |||||
| 19. | Hududlarning hayvonot va oʻsimlik dunyosi noyob turlarini saqlab qolish va ularning sonini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish. | Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | 2017-2018-yillar | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 20. | Turistlarni jalb qilish uchun zarur infratuzilmani tashkil qilgan holda ekoturizmni rivojlantirish, mehmon uylari (oʻtovlar)ni tashkil qilish. | Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | 2017-2018-yillar | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Ipoteka bank” ATIB, “Asaka” ATB |
| 21. | Ov faoliyatini tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish. | Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | 2017 — 2019-yillar | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 22. | Ayrim hududlarning diqqatga sazovor joylari va turistik salohiyatini televideniyeda yoritish. | 2018-yil | Milliy teleradiokompaniya, Navoiy viloyati hokimligi | ||
| V. AYRIM HUDUDLARNING BAND BOʻLMAGAN AHOLISINI HUNARMANDCHILIK VA BOSHQA MUTAXASSISLIKLARGA OʻQITISH HAMDA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH | |||||
| 23. | Band boʻlmagan aholini hunarmandchilik va boshqa mutaxassisliklarga oʻqitish, ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish. | 0,1 | Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 24. | Har yili 500 nafar band boʻlmagan aholini jamoat ishlariga jalb qilish. | 0,6 | Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari | 2017 — 2019-yillar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
2-ILOVA
|
1. |
A.J. Ramatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, respublika ishchi guruhi rahbari |
|
2. |
K.B. Tursunov |
— |
Navoiy viloyati hokimi, respublika ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari |
|
3. |
S.X. Bekenov |
— |
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, respublika ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari |
|
4. |
A.A. Xaitov |
— |
bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
|
5. |
A.K. Shadmanov |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri |
|
6. |
U.I. Inoyatov |
— |
xalq taʼlimi vaziri |
|
7. |
A.Ya. Haydarov |
— |
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
D.A. Nazarmuxamedov |
— |
ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
9. |
T.A. Ishmetov |
— |
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
|
10. |
B.R. Parpiyev |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
|
11. |
A.A. Abduvaliyev |
— |
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi |
|
12. |
B.T. Qoʻchqorov |
— |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi |
|
13. |
R.A. Gulyamov |
— |
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
14. |
A.X. Abdullayev |
— |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi |
|
15. |
A.X. Toʻxtayev |
— |
qurilish vaziri |
|
16. |
K.S. Sanaqulov |
— |
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori |
|
17. |
U.M. Mustafoyev |
— |
“Oʻzbekenergo” AJ raisi |
|
18. |
A.S. Mustafayev |
— |
“Oʻztransgaz” AJ raisi |
|
19. |
M.Yu. Fayziyev |
— |
“Oʻzneftmahsulot”AJ raisi |
|
20. |
D.S. Azimov |
— |
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
21. |
B.K. Zaripov |
— |
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi |
|
22. |
M.B. Jumaniyazov |
— |
Vazirlar Mahkamasi ATD mudiri, respublika ishchi guruhi kotibi |
|
23. |
lavozim boʻyicha |
— |
tijorat banklari (AT Xalq banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Ipoteka bank” ATIB, “Asaka” ATB) rahbarlari |